Amaliy ish 1



Download 404,14 Kb.
bet1/2
Sana14.07.2022
Hajmi404,14 Kb.
#795394
  1   2
Bog'liq
Yursunov Dilyorbek Bilimlarga asoslanga tizimlar fanidan 1-amaliy ishi


Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Fan nomi : Bilimlarga asoslangan tizimlar




Amaliy ish - 1



Guruh : KBS001_L1
Bajardi : Yursunov Dilyorbek
Tekshirdi: Nazarov Azizbek


Toshkent -2021


1 - topshiriq



  1. Bilimlarga asoslangan tizimlar nazariyasi

2. Har bir talaba o’zining BMI temasidagi tizimni strukturasini bilimlardan foydalanib shakllantirish

Bilimlarga asoslangan tizimlar nazariyasi
Bilimlarga asoslangan tizimlar shunday intellektual kompyuter dasturlar bo‘lib, ular bilimlardan va xulosa prose-duralaridan foydalangan holda yechilishda shu soha ekspertini jalb qilishni zarur qilib qo‘yadigan masalalarni yechadi. Axborot tizimlari sohasida terminologiya hali to‘la turg‘unlashmaganligi sababli,Ekspert tizimlar” va “Bilimlarga asoslangan tizimlar” tushunchalari ekvivalent deb hisoblanadi. Bilimlarga asoslangan tizimlarda konkret predmet sohasidagi muammoni yechish qoidalari (evristikalar) bilimlar bazasida (jamlanmasi) saqlanadi. Tizim oldiga muammo faktlar mujmal ko‘rinishida qo‘yiladi va tizim shu faktlar asosida bilimlar bazasidan xulosa chiqarishga xarakat qiladi. Evristikalar – xulosa qoidalari bo‘lib, ular ma’lum faktlar asosida yechimni topishga xizmat qiladi.




Masalan, tibbiy tashhis qo‘yish vaqtida bemor haqida quyidagi faktlar ma’lum: yuqori xarorat, ko‘z yoshlanishi, bosh og‘rig‘i. Bu faktlar bo‘yicha vrach bemorni gripp kasali deb tashhis qo‘yadi. Bilimlarga asoslangan tizimning funksional tizimi. Xuddi shu tashhisni bilimlarga asoslangan kompyuter tizimi qilishi mumkin, agarda undagi bilimlar bazasida kerakli qoida va evristikalar mavjud bo‘lsa. Aytish mumkinki BATlarning sifati BBning o‘lchami va sifati bilan aniqlanadi.
Tizim quyidagi takrorlanuvchi tartibda ishlaydi: tahlil natijalari yoki berilganlarni tanlash (so‘rash), kuzatishlar, natijalar interpretasiyasi, yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirish, qoidalar yordamida vaqtincha gipotezalarni keltirib chiqarish va yana berilganlar va tahlil natijalarni tanlash. Jarayon oxirgi xulosa uchun yetarli ma’lumotlar olish uchun yetarli bo‘lganda to‘xtaydi.



Hozirgi vaqtda soha bir tomondan, mutaxas-sislar tomonidan berilgan katta hajmdagi bilimlardan foydalana oladigan, ikkinchi tomondan, muloqotga kirishadigan va o‘z xulosa-larini tushuntira oladigan axborot tizimlarini talab qiladi. Bu katta hajmli va yaxshi tuzilgan bilimlar bazasi, bilimlarning turli darajalari o‘rtasida-gi qat’iy farq, qoidalar uchun ko‘plab qulay tasvirlarning mavjudligi, predikatlar yoki prototiplar sxemalari hamda turli manbalar o‘rtasida ma’lumot almashish uchun aniq belgilan-gan jarayonlarning mavjudligini nazarda tutadi.
Kompyuter tizimlarida bilimlarni ifodalash va qayta ishlash 1977 yilda E.Feygenbaum tomonidan kiritilgan bilimlar injeneringi sohasidagi tadqiqotchilar tomonidan amalga oshiriladi. Har qanday masalani shakllantirish va hal qilish muayyan predmet sohasi bilan bog‘liq. Shunday qilib, metall kesish dastgohlarida qismlarga ishlov berishni rejalashtirish masalasini hal qilishda biz predmet sohasiga aniq mashinalar, detallar, vaqt intervali kabi ob’yektlarni va “stanok “, “detal”, “stakok tipi” va boshqalar kabi umumiy tushunchalarni jalb qilamiz.
Predmet sohalarini tavsiflash uchun mo‘ljallangan tillar, bilimlarni ifodalovchi tillar deb ataladi. Bilimlarni ifodalashning universal tili tabiiy tildir. Ammo mashina bilimlarini ifodalash tizimlarida tabiiy tildan foydalanish bir qancha to‘siqlarga duch keladi, ularning asosiysi tabiiy tilning formal semantikasining yo‘qligidir. Bundan tashqari, “bilim” va “ma’lumotlar” nima ekanligini aniqlash kerak. Ma’lumotlar – predmet sohasi ob’yektlari, jarayonlari va hodisalarini, shuningdek ularning xususiyatlarini tavsiflovchi haqiqiy xarakterdagi axborotlardir.
Kompyuterda qayta ishlash jarayonida ma’lumotlar quyidagi transformasiya bosqichlaridan o‘tadi: ma’lumotlar mavjudligining dastlabki shakli (kuzatishlar va o‘lchovlar natijalari, jadvallar, ma’lumotnomalar, diagrammalar, grafiklar va boshqalar); EXMda dastlabki ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar tavsifini maxsus tillarda ifodalash; kompyuterning saqlash vositalaridagi ma’lumotlar bazalari.


Download 404,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish