Termiz davlat universiteti Magistratura bo’limi
1-bosqich magistranti
Aliyorova Maftunaning
“Integratsiyalashgan ta’lim texnologiyasi” fanidan tayyorlagan
DARS ISHLANMASI.
MAVZU: O’zbekistondagi tabiiy boyliklar va tabiatni muhofaza qilish.
Darsning turi:Yangi bilim beruvchi.
Darsning metodi:Savol-javob,klaster
Darsningjihozi:Darslik, AKT,multimediya
DARSNING MAQSADI:
Ta’limiy: Mavzu haqida ilmiy bilimlar berish.TK4 Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
Tarbiyaviy:Tabiatni asrab-avaylashga o’rgatish. FK2. Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.FK 4. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
MAVZU:O‘ZBEKISTONDAGI TABIIY BOYLIKLAR
Inson dunyoga kelibdiki, tabiat quchog‘ida yashaydi. O‘z ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy boyliklardan foydalanadi.
Tabiiy boyliklar – odamlarning yashashi hamda moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishi uchun zarur bo‘lgan, uni o‘rab turgan tabiiy muhitning tarkibiy qismlaridir. Tabiiy boyliklarga Quyosh energiyasi, Yerning ichki issiqligi, suv, havo, yerosti boyliklari, o‘simliklar, tuproqlar, hayvonot dunyosi kiradi.
Tabiiy boyliklar uch turga bo‘linadi: tugaydigan, tugamaydigan va tugab yana qayta tiklanadigan. Tugaydigan tabiiy boyliklarga, asosan, yerosti boyliklari kiradi. oyliklarga, asosan, yerosti boyliklari kiradi.Tugamaydigan tabiiy boyliklarga Quyosh nuri, Yerning ichki issiqligi, havo, suv va boshqalar tegishlidir. Qayta tiklanadigan tabiiy boyliklarga esa o‘simliklar, hayvonlar, tuproqlar kiradi.
SAVOLLAR
1. Tabiiy boyliklar deb nimaga aytiladi?
2. Tabiiy boyliklarga nimalar kiradi?
3. Tugaydigan tabiiy boyliklarga misol keltiring.
4. Tugamaydigan tabiiy boyliklarga nimalar kiradi?
5. Qayta tiklanadigan tabiiy boyliklarni nima uchun muhofaza qilish kerak?
4-sinf tabiatshunoslik va 3- sinf tabiatshunoslik fanlarining ichki bog’lanish asosida integratsiyasi
Mavzu:O’zbekistondagi tabiiy boyliklar va Tabiat va inson
Qadimda yer yuzida o’rmonlar, dashtlar katta maydonlarni egallagan.O’rmonlarda daraxtlar o’zi ko’payib o’zi o’sgan.Qariganda qurib tanasi chirindiga aylangan.Udavrlarda insonning tabiatga ta’siri katta bo’lmagan.Insonning aql-zakovati va mehnati bilan keyingi 100-150 yil ichida fan –texnika misli ko’rilmagan darajada taraqqiy etdi.
Odamlar o’z ehtiyoji uchun nafaqat yer ustidagi ,balki yer ostidagi tabiatdan ham keng miqyosda foydalana boshladi.Yer ostida tabiiy ravishda millionlab yillar davomida hosil bo’lgan foydali qazilmalar qisqa davr ichida qazib olindi.Yer ostidan tortib olingan neft, gaz, ko’mir,turli rudali metallar v a boshqa tabiiy boyliklar inson ehtiyojini qondirish uchun sarflanmoqda.Yer ostidagi neft,tabiiy gaz va ko’mirlarning qisqa muddatda yoqilishi muammolarni keltirib chiqarmoqda.Ulkan pechlardan chiqayotgan yoqilg’I tutuni havoni ifloslantirmoqda.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. Klaster metodi
Tabiiy boyliklar:
Tuproq
O’simliklar
Hayvonlar
Ohaktosh
Neft
Gaz
Tugaydigan Tugamaydigan Qayta tiklanadigan
Havo
Yerning ichki issiqligi
Quyosh nuri
V.Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. O’zbekistondagi tabiiy boyliklar va inson va tabiat vavzularini integratsiya asosida o’qib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |