AKT va EHM
Ma’ruzachi: R.Ro`ziqulov
Axborot texnologiyasi deganda, hajmi oshib borayotga=n axborot oqimini
yig’ish, saqlab turish, ishlov berish va uzatishni EHMlar yordamida amalga
oshiradigan usullarni majmuasi tushuniladi. Ushbu usullarni turli ko’rinishda
ishlatilishi insonga zarur axborotlarni olish uchun EHM bilan muloqotda bo’lishni
taqozo etadi.
EHM deganda axborotlar va hisoblashlarni algoritm asosida ishlov berishni
tezlashtiradigan yoki avtomatik tarzda amalga oshiradig an qurilmani tushunamiz.
Shunday silib «Hisoblash mashinasi» tushunchasi «axborot» va «algoritm»
tushunchalari bilan chambarchas bog’liq. Odatda «axborot» so’zi ma'lumotning
mazmuni va ahamiyati bilan birlashtirib yuboriladi. Masalan: kelish kuni haqidagi xat,
gar bu kun haqida allasachon bilsak hech qanday axborot bermaydi.
Olimlar aytishiga qaraganda, bizni o’rab turgan olamni bilish haqidagi bilimlar
hajmi 10 yilda 2 marta, sayta ishlanishi zarur axborot hajmi 1 yilda kvadrati marta
oshmosda. Ma'lumki, mamlakatimizda 1 yilda 60 mlrd xat - hujjat yaratiladi. Har bir
xatni sayd silish uchun 5 dasisa sarflansa har kuni, 8 soatdan ishlab 1 yil davomida 1,7
mln. odam shuђullanishi kerak. Har bir xatni tayyorlashga o’rtacha bir soat sarflansa,
yil davomida (dam olishsiz) 21 mln. odam shuђulanishi kerak.
Lekin mehnat unumdorligini shu darajada oshirishi nafasat hisoblash ishlarini
avtomatlashtirish, balki axborotni yiђish, saslab turish va uzatish ishlarini ham
avtomatlashtirish kerak.
Axborotni abstrakt tushunchalar satoriga, masalan, matematik formulalar
satoriga quyish mumkin, lekin u har doim moddiy quvvat shaklida fizik asosiga ega
bo’lgan holda namoyon bo’ladi va shuning uchun ham uni o’lchash mumkin.
Kundalik hayotimizda uzlukli axborotni bir so’zlar orqali o’zlashtirib kelamiz.
So’zlar esa o’z navbatida harflar va maxsus belgilardan tashkil topadi. Bu turdagi
axborotlar matnli axborot deb ataladi. Sayta ishlayotgan axborot turiga sarab, hisoblash
texnikasi vositalari uch turga bo’linadi:
1) Uzluksiz (analog) elektron hisoblash mashinalari (AEHM), bu xildagi
mashinalarda vaqt birligi ichida uzluksiz ustida hisoblash ishlari bajariladi.
2) Rakamli (diskret) elektron hisoblash mashinalari (REHM), bo’larda vaqt birligi
ichida rasamlardan tashkil topgan diskret (uzlukli) siymatlar ustida amallar bajariladi.
3) Aralash (gibrid) elektron hisoblash mashinalari (GEHM) bu xildagi mashinalar
AEHM larni axborotlarni uzluksiz kiritib-chisarish, REHMlarni esa axborotlarni katta
tezlikda ishlov berish kabi xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan.
Axborot noaniqligini teng ikki martaga kamaytiradigan ma'lumot, axborot o’lchov
birligi bit deb ataladi.
Uzatish tezligi 1 sekundiga uzatiladigan bitlar soni bilan o’lchanadi (masalan
19200 bitG`sek). Bir sekundda bajara oladigan amallar soni EHMning hisoblash tezligi
deb ataladi (masalan 500000 amalG`sek). Ikqilik ma'lumotlardagi axborot misdorini
o’lchash uchun bit va baytlardan tashsari, quyidagi kattaroq birliklardan ham
foydalaniladi.
Informatsiyaning eng kichik birligi - bu bit(b). 8 bit 1 Bayt hisoblanadi va bitta
simvol yoki harf bilan ustma-ust tushishi mumkin.
1 Kilobayt(KB)= 1024 B
1 Megabayt(MB)=1024 KB
1 Gigabayt(GB)=1024 MB
1 Terabayt(GB)=1024 TB
Operativ xotiraning o’rtacha hajmi 4-2048 MB
Qattiq disk uchun 0,6-1000 GB
Egiluvchan magnitli disk uchun 1,4-4 MB
Kompakt disk (yoki DVD disk) uchun 0,6-18 GB
Strimmer uchun 0,6-400 GB
Magnitooptik disk uchun 1-1000 GB
O’xshatish uchun, agar 1 bit=1,25 mm desak, bayt=sm, kbayt=1000 sm,
mbayt=10 km, gbayt=10.000 km ga teng bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |