Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazi O`zbek tili va adabiyot yo`nalishi 3-kurs 303-guruh talabasi Xoliddin Muhammadiyning Tarix fanidan Amir Temur hayoti haqida tayyorlagan taqdimoti



Download 0,53 Mb.
bet1/2
Sana22.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#836910
  1   2
Bog'liq
Amir Temur


Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazi O`zbek tili va adabiyot yo`nalishi 3-kurs 303-guruh talabasi Xoliddin
Muhammadiyning Tarix fanidan Amir Temur hayoti haqida tayyorlagan taqdimoti

Reja:

  • 1. «Temur tuzuklari» asarining tuzilishi. Asar hukumronlarining turmushi, odob axloq qoidalari majmii sifatida.
  • 2. Asarda Amir Temurning buyuk davlat arbobi, fan-

  • madaniyat va din homiysi sifatidagi faoliyati.
  • 3. Davlatni idora qilish qoidalari.
  • Qo`shin boshliqlariga xos fazilatlar bayoni.

Amir Temur ma'naviyat masalalari tomomdan XIV-XV asrlarda yozilgan bo'1ib, dastlab turk tilida
chop etilgan. 1783-yilda ing1iz tilida nashr qilingan. Birinchi marta o'zbek tiliga 1967-yilda forschadan tarjima qi1ingan.
«Temur tuzuk1ari»da Amir Temur, Movarounnahrning 1342-1405-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, qo'shni mam1akatlar va xalqlar bilan bo'lgan o'zaro munosabatlar haqida hikoya qilinadi. «Temur tuzuklari»da Amir Temurning asosiy doktrinasi -jamiyatga, ijtimoiy- siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va ax1oqiy tamoyillari
Jfodalangan. «Temur tuzuklari» podshohlarning turish-turmushi va odob-axloq me'yorlarini belgilovchi risoladir.
Asar 2 qismdan iborat.
Birinchi qismda jahon tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste'dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning 7 yoshidan to vafotiga qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqrog'i, uning Movarounnahrda Markaziy hokimiyatni qo'lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish, qo'shni yurt va mam1akatlarni, masalan, Eron hamda Afg'onistonni o'z tasarrufiga kiritish, oltin O'rda hukmdori To'xtamishxon (1376-1395), butun Yevropaga qo'rquv va dahshat solgan Turkiya su1toni Boyazid Yildirim (1389-1402) ga qarshi va, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarboyjon, Gruziya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan.
Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o'ziga xos vasiyat va pand- nasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora qilishda kim1argtayanish, bosh1iqlarni saylash, sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va bosh1iqlarning burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldidagi alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi.
Amir Temur davlatni boshqarishda o'zidan avval o'tgan hukmdorlardan farq qilib, davlat va mamlakatni boshqarishda 1 yoki 2 tabaqaga emas, balki aholining barcha tabaqalariga suyandi.
Amir Temur davlatida asasiy qanun vazifalarini bajargan musulmon huquqi islam ta'limatiga asaslangan. Imam Buxariy, Termiziy, Bahauddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Burhaniddin Marg'inaniylarning asarlarida Qur'an ta'rifi bilan birga musulmon huquqi sharhi berilgan. Shariat - keng va mukamma ishlangan huquq qomusi, unda turmushning turli-tuman sahalari: diniy- oilaviy, xalqaro, fuqarolik, jinoiy, axloqiy normalar ifodalangan.
Shariatda huquq ilmi yaxshi ishlangan bo'lib, u asasan: I) diniy qoidalarni, mohiyatni o'rganuvchi va 2) tarkibiy huquq ilmining turli sohalariga tegishli bo'lgan qoidalarni o'rganuvchi ikki qismdan iborat. Unda davlat va huquqning paydo bo'lishi va mohiyati i1ohiy kuchga bog'langan holda o'rgani1adi. Davlat va qonunlarni yaratuvchi Alloh bo'lsa, uning yerdagi vakili davlat boshlig'i - shohdir.
Bu qoidaga, asosan, avval ilohiy qonunlarning mavjudligi va undan kelib chiqadigan, inson tomonidan qabu qi1ingan qonunlar to'g'risidagi g'oyalar o'rganiladi.
Amir Temur shaharlarda ilm- fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko'plab ilmiy muassasalar qurishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan baravar matematika, me'morchilik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan.
«Temur tuzuklari»da aytilishicha, musulmonlarga diniy madrasalarda ta'lim berish, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilingan. Talabalarga o'z davrining yirik allomalari dars berganlar.
Madrasa mudarrislariga ko'p maosh to'langan, ular farovon hayot kechirganlar. «Temur tuzuklari»da
«Sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, tarixchilarni e'tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo'ydim. Ular bilan qimmatli
fikrlashdim»,- deb yozadi.
Garchi Turon zaminida olim1ar, muhandis1ar, usta1ar yetar1i bo'lsa-da, Amir Temur Hindiston, Iroq va Erondan ham olim-u fuzalolarni Samarqandga olib ke1gan. Amir Temur qaysi mam1akatni ega11asa, uning noyob o'ljasi shu o'lkaning rassom1ari, mohir usta1ari hisob1angan. U o'sha yer1ik olimu u1amolarga mehribonlik ko'rsatgan. Albatta, bu tadbir1ar juda yaxshi natija1arga olib ke1gan. Xilda Xukxemning e'tirof etishicha, «Temur dunyoga ke1gan yurtda fa1safa, tibbiyot, matematika, astronomiya, geografiya, tarix, adabiyot soha1arida 01amshumu1 asar1ar yarati1di. Bu asar1ar keyincha1ik Yevropa Uyg'onish davriga turtki bo'ldi va Yevropa ,fanining uzoq asr1ar davomidagi taraqqiyotiga asos bo'1ib xizmat qildi. O'n beshinchi asrni Temuriy1ar Renessansi davri deb atash mumkin». Temur davridagi ilm-fanga g'amxo'r1ik U1ug'bek davriga ke1ib o'z mevasini berdi va Samarqandni dunyoga mashhur qildi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish