AFG'ON RUBOBI tarixi va ijrochilik uslubi.
Reja:
Afg’on rubobi haqida ma’lumot.
Afg’on rubobining mashhur sozandalari
Afg’on rubobining turlari.
Afg’on rubobining sozlanishi.
Afg'on rubobi O'zbek milliy musiqa ijrochiligida asosan Buxoroda qo'llaniladi. Abdurauf Fitrat "Rubob" deb bu cholg'u to'g'irisida ma'lumot bergan. Lekin bu ma'lumot Qoshg'ar rabobi haqidami yoki Afg'on rubobi haqida ekanligi faqat berilgan ma'lumotnomadek izoh orqali tushunish mumkin. Chunki rabob sozining torlarini miqdori, tuzilishi albatta Afg'on rubobi haqidagi ma'lumotlar. Bu turdagi rubob Hindistonda, Pokistonda hamda Badaxshon viloyatida turlicha nomlanishlarda uchraydi. Ma'lurnki Afg'on rubobi Badaxshon viloyatining ba'zi mahalgohlari Afg'oniston hududida, ba'zilari Tojikiston hududida rflavjud. Shu bois bu rubob sozi Badaxshonda "Badaxshon rubobi", Afg'onistonda "Afg'on rubobi" deb ataladi.
Badaxshon rubobini kosaxona va dasta tuzilishi bir bo'lak yog'ochdan tayyorlanadi. Torlar o'rnashgan joy "Sarpanja" nomli bo'lagi alohida tayyorlanib biriktiriladi. Unda asosan beshta ichakdan tayyorlangan torlari bo'lib, ular turli xil yo'g'onlikda. Undan tashqari oq po'latdan tayyorlangan o'nikkita simli torlari ya'ni qo'shimcha sado beruvchi torlari dastasining orqa yon qismida o'rnatilgan.
Bu musiqa cholg'usining ijrosi ham o'zbek milliy cholg'ulari qatori barcha musiqa dargohlaridagi rubob sinflarida o'rgatiladi. Dastlabki ijrolari Ergash Shuknrullayev, hozirgi kunda Buxorodagi Muxtor Ashrafiy nomidagi musiqa bilim yurtida va Oliyaxon Sultonova rahbarligidagi "Sitorai Mohixosa" nomli fol'klor an'sambilining sozandasi To'ra Jo'rayev Afg'on rubobini ijrochisidir. Toshkent Davlat Konservatoriyasida esa Afg'on rubobi sinfi bo'yicha dotsent G'ulomqodir Ergashev ustozlik qiladi. Sozlanishi aynan Qoshg'ar rubobiga o'xshash.
Osiyoning ayrim xalqlari (xususan o`zbeklar, tojiklar) o`rtasida qadimdan keng tarqalgan torli tirnama cholg`u asbobi. O`rta osiyo xalqlariga nisbatan janubiy Xitoyning Sintzyan viloyatida yashovchi uyg`urlar o`rtasida keng tarqalgan turi Qashqar Rubobi deyiladi.
Buxoro, Tojikiston va Afg`onistonda tarqalgan Rubobning yana bir turi – Afg`on rubobi, tojik rubobi yoki Buxoro Rubobi deb ham ataladi. Bunda asosiy tordan tashqari rezonans beruvchi qo`shimcha torlar ham bor.
Badaxshon musiqa cholg‘usi
Afg’on rubobi Sharq xalqlarining o’tmishdan cholg’u asbobi hisoblanib kelingan. Ushbu afg’on rubobi Hindiston, Pokiston, Eron, Afg’oniston, O’zbekiston, Tojikistonda keng tarqalgan bo’lib, bizning davrimizgacha yetib kelgan qadimiy cholg’u hisoblanadi. Bu rubobning nomlanishi bir necha xil bo’lgan. Tojik rubobi, Buxoro rubobi, badaxshon rubobi deb ham ataladi. Ayrim risolalarda Hindiston rubobi deb yuritilgan.
Ushbu afg’on rubobi cholg’usi to’g’risida musiqashunos olim Al-Forobiy, Darvish Ali o’zlarining risolalarida ta’riflab o’tganlar. Afg’on rubobining mayin tovushi xuddi ud cholg’u asbobining tovushiga o’xshaydi, shakli esa boshqacharoq.
O’zbekistonda ushbu cholg’u asbobini afg’on rubobi deb yuritiladi. Bu cholg’u asbobi o’ziga xos shaklga ega bo’lib, chertib chalinadigan torli-mizrobli cholg’ular guruhiga kiradi. Ushbu cholg’uning yasalishiga kelsak, usti teri bilan qoplangan katta va chuqur o’yma kosasining toraytirilgan yon tomonlaridan yuqori qismiga yupqa qopqoq yelimlangandir. Odatda korpus bilan bir butun yo’niladigan yo’g’on dastasida ichakdan atigi to’rt parda bog’langan bo’lib, qolganlarining yog’och qopqog’i ustiga cho’p qalamchalar yopishtiriladi.
Odatda afg’on rubob beshta chalinadigan asosiy pay tor (shu jumladan, unison sozlanadigan 1-2-juft va 3-4 juft torlar) hamda yon quloq (go’shak) larga tortiladigan 10-11 ta aks sado beruvchi sim torlarga ega bo’lib, asosiy kuychan torlar o’zaro kvartaga sozlanadi. Aks sado beruvchi simlar esa, pog’onama-pog’ona ko’tariluvchi sekundalarni tashkil etadi. Afg’on rubobining diapozoni ikki oktava bo’lganiga qaramay, deyarli professional xalq sozandalari ansambllarda va yakkanavoz ijroda keng qo’llaniladi.
Afg’on rubobining qayta ishlangan turi rubob tenor deb nomlanadi. Unda beshta tor bo’lib, hammasi ichakdan. Sozi kvarta intervali oralig’ida. 5-tor katta oktavadagi si, lya tovushiga, 4 va 3 juft torlar kichik oktavadagi mi tovushiga (unison), 2 va 1 torlar kichik oktavadagi lya tovushiga (unison) sozlanadi. Umumiy ovoz hajmi katta oktavadagi si tovushidan ikkinchi oktavadagi do, lya tovushiga qadar. Notalar eshitilishiga nisbatan oktava yuqorida skripka kalitida yoziladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Dirijyorlik. Baxtiyor Otayev. Tashkent - 2003 yil.
2. O'zbek xalq cholg'u asboblarida ijrochilik tarixi. A.Odilov. Toshkent- 1995 yil.
3. Instrumentovedeniya. A.I.Petrosyans. Toshent*1990 yil.
4. Milliy musiqa cholg'ularni o'rganish. G'.Quchqorov. Toshkent-2002 yil.
5. O'zbek xalq eholg'ulari havaskorlik orkestri bilan ishlash uslubi. Karimjon Izomov. Toshkent-2002 yil.
6. Cholg'ushunoslik. M.Abdukarimov. Toshkent-2006 yil.
7. Cholg'ushunoslik. M.Toshmatov. Toshkent-2004 yil.
8. Musiqaning elementar nazariyasi. A.Vaxromeev. Moskva^ 1956 yil.
9. Musiqaning elementar nazariyasi. Sami Aziz o'g'li. Qarshi-2005 yil.
10. O'zbek xalq musiqasi. H.Nurmatov. Toshkent-1996 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |