Yanvar oyida “Adabiyot kunlari” tadbirlari o’tkazildi.
O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 80-yilligiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.
Tadbirda yuqori sinf o’quvchilari ishtirok etishdi.
Abdulla Oripov- atoqli o’zbek shoiri va jamoat arbobi. Shoir O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi she’ri muallifidir. Abdulla Oripov 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, Neko’z qishlog’ida tug’ilgan.
Mashhur sovrinlari: O’zbekiston SSR Xalq shoiri, “WIPO Creativity Award” oltin medali.
Abdulla Oripov 2016-yil 5-noyabr (75 yoshda) Xyuston, Texas, AQSH da vafot etgan.
“ADABIYOT KUNLARI” TADBIRLARIDAN LAVHALAR
30-yanvar birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tavalludining 83-yilligiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.
Islom Abdug’aniyevich Karimov 1938-yil 30-yanvar Samarqand shahrida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topgan.
1945-yilda Samarqanddagi A.S.Pushkin nomidagi 21-maktabga o’qishga kirib, uni oltin medal bilan tamomlagan.
Islom Karimov ko’pgina nufuzli mukofotlarga sazovor bo’lgan.
U 2016-yil 2-sentabr kuni Toshkentda vafot etgan va Samarqand shahrining qadimgi Hazrati Hizr masjidida dafn etilgan. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov har doim qalbimizda o’chmas iz bo’lib qoldilar. U kishining hayotlari barchamiz uchun o’rnak bo’la oladi.
Fevral oyidagi “Adabiyot kunlari” tadbirlari
Buyuk bobokalonimiz, so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligiga bag’ishlangan tadbir o’kazildi.
XV asr jahon ma’naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kuni(1441 yil 9-fevral) da Hirotda tug’ilgan.
Alisher Navoiy 28-yoshida mukammal bilimlar egasi,yurtga tanilgan shoir va tajribali davlat arbobi darajasiga yetishgan edi.
Navoiyning buyuk asarlari va g’azallari qalbimizdan chuqur joy egallagan.Jumladan buyuk “XAMSA” barchaning sevimli asaridir.
Alisher Navoiy 1501 yilning boshida kasallikdan vafot etdi
Hozirgacha uning xotirasiga bag’ishlab butun Respublikamiz bo’ylab tadbirlar o’tkaziladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538-yilligiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur o’rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatiga o’ziga xos o’rin egallagan adib, shoir, olim bo’lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda, Farg’ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur ko’p asarlar, g’azallar yozgan. Ayniqsa, uning “Boburnoma” asari tarixiy va adabiy meros sifatida dunyo olimlarini hayratga solib kelmoqda.
Bobur 1530-yil dekabr oyida Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga ko’ra farzandlari uning xokini Kobulga olib kelib dafn etdilar. Buyuk shoirning yodi hamisha qalbimizdadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |