Abu Muin Nasafiy
Nasaf-yurtimizdagi qadimiy shaharlardan biri. Bu joydan yuzlab, minglab olimlar yetishib chiqqan. Ular qatorida Makhul Nasafiy, najmiddin Nasafiy, Shahobiddin Nasafiy va Mustag’firiy Nasafiy kabi ham diniy, ham dunyoviy ilmlarda benazir bo’lgan ko’plab allomlarni zikr etish mumkin.
Prezidentimizning “Qashqadaryoda-Abu Muin Nasafiy markazida aqida aqida ilmi maktabini tashkil etsak, o’ylaymanki, bu juda foydali bo’ladi. Kelgusida chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxasisslar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog’lom e’tiqodruhida tarbiyalashda bu maktablar tayanch bo’lib xizmat qiladi”, degan taklifi asosida bu yerda ana shu ilmiy maktab o’z faoliyatini boshladi.
Abu Muin Nasafiy (1027-1144) moturidiy aqidaviy ta’limotini dunyoga tanish, uning qarashlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, Qur’on va Sunnatga asoslangan mustaqil qarashlarga ham ega edi. U kezi kelganda Iroqda ahli sunna doirasida moturudiylik bilan bir vaqtda vujudga kelib, unga ayrim qarashlarda juziy ixtilof qilgan ash’ariylarga ham o’rinli raddiyalar bergan. Shu orqali yurtimiz ilmlar vatani, ajdodlarimiz haqgo’y va ishonchli allomlar bo’lganini ilmiy isbotlangan.
Nasafiy, shuningdek, asarlari orqali asosan o’rta asrlarda yolg’on, vayronkor, qarashlari bilan tanilgan adashgan oqimlarga qarshi kurashgan.
Kalom ilmining yirik namoyandalari Аbulhasan Аshʼariy va Аbu Mansur Moturidiy asarlaridan taʼlim olgan Аbu Muin Nasafiy kalom ilmida yetuk alloma sifatida kalomning turli masalalariga oid 15 ga yaqin asarlar yozgan. Ulardan quyidagilarni koʼrsatish mumkin:
1. “Аl-Umda fi usulil-fiqh” (“Fiqh usullari tayanchi”).
2. “Tabsiratul-adilla fi ilmil-kalom” (“Kalom ilmidagi dalillar koʼzgusi”).
3. “Аt-Tamhid li qavoidit-tavhid fiy ilmil-kalom” (“Kalom ilmidagi tavhid qoidalar uchun yagona kitob”).
4. “Olim va mutaallim” (“Olim va ilm oʼrganuvchi”).
5. “Izoh va mahajja li kavnil-aql hujjatan” (“Аql dalilligini izoh va hujjatlar bilan asoslash”).
6. “Manohijul-aimma fil-furuʼ” (“Imomlarning huquqshunoslik boʼyicha tutgan yoʼllari”).
7. “Muʼtaqidot” (Eʼtiqodlar). Bu asarning bir qoʼlyozmasi OʼzR FА Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda
8. “Bahrul-kalom” (“Kalom dengizi”). Bu asar alloma ijodining gultoji hisoblanadi. Аsar islom falsafasini tashkil qilgan kalom ilmi boʼyicha eng qimmatli manbadir. Uning qoʼlyozmalari Dubay, Damashq, Iskandariya kutubxonalarida saqlanmoqda.
Yuritimiz dovrug’i dunyoga taratgan Abu Muin Nasaviyning ilmiy-ma’naviy merosi bo’yicha talay ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Tabsiratul adilla”, At-Tamhid li qavoidit tavhid”, “Bahrul kalom” o’zbek tiliga tarjima qilindi.
“Bahrul kalom fi ilmil kalom” (Kalom ilmiga oid so’zlar dengizi)- Abu Muin Nasaviy ijodining gultoji. Unda olimning boshqa asarlarida uchramaydigan va kalom ilmida eng muhim sanalgan dolzarb mavzularsodda va haqchil tilda izchil tahlil qilingan.
Allomaning qabri joylashgan Qovchin qishlog’i obod qilinib, uning, maqbarasi batamom qayta bunyod etildi. Bunda Qashqadaryo vohasiga, xusussan, Abu Muin Nasaviy ziyoratgohiga oid arxeologik topilmalar tadqiq qilinib, ayrimlari asl holatida tiklandi. Bularning barchasi majmua tarkibida tashkil etilgan muzey ekspanatlari hamda naqshu nigorlarida aks ettirildi.
Haqiqatan, ilmsiz taraqqiyyot yo’q. Buni to’g’ri anglash, hayotiy shiorga aylantirish ayni manfatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |