Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali at-Termiziy



Download 25,75 Kb.
Sana20.04.2022
Hajmi25,75 Kb.
#564740
Bog'liq
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali at


Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali at-Termiziy (750 - 760 - yillarda, Termiz, - 869, Termiz) - Sharqiy sufizmning mashhur namoyondasi, 80 dan ortiq asarlar muallifi. At-Termiziy chuqur ilm va keng dunyoqarashga ega boʻlgani uchun "Al-Hakim"(dono) degan tahallusni olgan.

Hayoti[
Bu allomaning toʻliq ismi — Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir (ayrim manbalarda Bishr) al-Hakim at-Termiziy. Hakim at-Termiziyning ilmiy va ijodiy faoliyati haqida maʼlumot Tojiddin Subkiy ("Tabaqot ash-shafi`-iyya al-Kubro"), Xotib al-Bagʻdodiy ("Tarixi Bag`dod"), Ibn Hajar al-Asqaloniy ("Lison al-miyzon"), as-Sulamiy ("Tabaqot as-sufiyya") va boshqa bir qator olimlar asarlarida keltirilgan. Hakim at-Termiziy oʻz hayoti toʻgʻrisida oʻzining "Bad`u sha`ni Abu Abdulloh" asarida bayon etadi. Bu asar 1965-yilda Bayrutda Yahyo Ismoil tomonidan olimning "Xatmul avliyo" asari bilan birga chop etilgan. Hakim at-Termiziyning tavalludi va vafoti sanalari yozma manbalar hamda hozirgi adabiyotlarda turlicha keltiriladi. Baʼzi mualliflar, masalan, Hoji Xalifa "Kashf az-zunun"da Hakim at-Termiziy vafoti yilini milodiy 869 yil deb ko`rsatgan. Allomaning qabr toshida ham shu sana keltirilgan. Hakim at-Termiziy yuz yildan oshiq vaqt umr ko`rganidan kelib chiqilsa, manbalarda ham u 112, 116, yoki hatto 120 yoshgacha umr ko`rgani keltiriladi, u holda alloma I taxminan 750 — 760 yillar oralig`ida tug`ilgan bo`lib chiqadi. Ayni mahalda bundan 30 yil oldin "Al-Hakim at-Termiziy va nazariyyatuhu fil valoyati" asarini yozgan misrlik mashhur olim Abdulfattoh Abdulloh Baraka Hakim at-Termiziy milodiy 820 yilda tavallud topib 112 yil yashab 932 yilda vafot etgan, deb yozgan. Allomaning bo-lalik va yoshlik yillari haqida manbalarda batafsil maʼlumot berilmagan. "Tarjimai hol" iga koʻra, u sakkiz yoshidan boshlab diniy ilmlar bilan jiddiy shugʻullangan, yigirma sakkiz yoshida esa Makkaga haj safariga joʻnagan. Safardan qaytgach, Hakim at-Termiziy sufiylik yoʻlini tutgan: xilvatga ketib, nafsi, ammorani yengib, sufiyona risolalarni oʻrgangan.
Uning otasi Ali ibn Hasan bilimdon muhaddis olim boʻlgan, ilm izlab Bagʻdodga borgan, oʻsha davrning taniqli olimlari bilan xadisning turli masalalari borasida ilmiy munozaralarda faol ishtirok etgan. Volidai muhtara-masi hamda togʻasi ham hadisi nabaviyyaning durust bilimdonlari hisoblanishgan. Binobarin, Hakim at-Termiziy oʻz dunyoqarashiga ulkan taʼsir koʻrsatgan bilimli va ilmiy muhitda voyaga yetgan.
Yozma manbalarda Hakim at-Termiziy ustozlari haqida ishonchli maʼlumotlar keltirilgan. Uning dastlabki ustozi otasi Ali ibn al-Hasan at-Termiziy boʻlgan. Al-Xotiyb al-Bagʻdodiyning "Tarixi Bag`dod" asarida bir muncha maʼlumot keltirilgan. Ustozlari orasida Qutayba ibn Saʼid as-Saqafiy al-Balxiy (798 — 888 yillar), Ibn Xib-bonning "Mashxur kishilar to`g`risida kitob" asarida ancha dilbar gaplar aytilgan Solih ibn Abdulloh at-Termiziy, bir qancha vaqt Termiz qozisi boʻlgan Solih ibn Muhammad at-Termiziy, Sufyon ibn Vakiy` (vafoti 860 yil), Hasan ibn Umar ibn Shafiq al-Bahriy (vafoti 840 yil), Ahmad ibn Hadravayh (vafoti 854 yil), Abu Turob al-Naxshabiy, Yahyo ibn Maoz ar-Roziylar (vafoti 875 yil) boʻlishgan.
Hakim at-Termiziy xayoti va faoliyatini tavsiflovchi yozma manbalar maʼlumotiga asoslangan holda uning uzun hayotini quyidagi bosqichlarga boʻlish mumkin.
Birinchi bosqich — sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalik yillari. Taassuflar boʻlsinki, uning hayotining bu davri haqida aniq maʼlumotlarga ega emasmiz. Shunday boʻlsa-da, u oʻz tengdoshlaridan farqli ravishda, shu yoshga xos turli oʻyinlarga koʻngil koʻymagan, balki oʻzini istiqboldagi ilmiy hayotga tayyorlab borgan — ustozlaridan koʻproq dars olgan, turli ilmlarni (ayniqsa kalom ilmini) oʻrgangan, sirli maʼnaviy hayotga oʻzini chogʻlagan, deb aytish mumkin.
Ikkinchi bosqich Hakim at-Termiziyning sakkiz yoshdan yigirma sakkiz yoshgacha boʻlgan hayotini oʻz ichiga oladi. Bu davrda u turli shayxlardan bilim oʻrgangan. Ilm izlab Sharqning boshqa shaharlariga borgan, Makkada boʻlib, Baytullohni ziyorat qilgan. Hayotining shu davrida u hadis oʻrganishga hamda fiqh masalalariga koʻproq eʼtibor bergan.
Alloma hayotining uchinchi bosqichida Qur`oni karimni chuqur oʻrganish bilan mashgʻul boʻlgan. U kalomullohni, uning mohiyatini chuqur oʻrganish, roʻza tutish, ibodat qilish, taqvo va hokazolar bilan shugʻullangan. Al-Antokiyning "Qalb muolajasi" falsafiy-tasavvufiy asari unga ayniqsa qattiq taʼsir koʻrsatgan.
Hakim at-Termiziyning shogirdlari ham koʻp boʻlgan. Bular: Abu Muhammad Yahyo ibn Mansur al-Qoziy (vafoti 960 yil), Abu Ali Mansur ibn Abdulloh ibn Xolid az-Zuhliy al-Hiraviy, Abu Ali al-Hasan ibn Ali al-Jurjoniy, Ahmad ibn Muhammad ibn Iso, Abu Bakr Muhammad ibn Umar al-Hakim al-Varroq, Muhammad ibn Jaʼfar ibn Muhammad ibn al-Xaysam ibn Umron ibn Burayda va boshqalardir.
Hakim at-Termiziyning ilmiy-ijodiy faoliyati uning boshqa mamlakatlar va shaharlarga sayohati bilan chambarchas bogʻliq. U Balxda, Nishopurda boʻlgan, fan va madaniyat yuksak rivojlangan Bagʻdodga borgan. Bu shaharlarda u mashxur olimlar bilan uchrashgan, ilmiy munozaralarda qatnashgan. Shunday boʻlsa-da, Hakim at-Termiziyning ilmiy-ijodiy hayotida uning ona shahri — Termiz juda muhim rol oʻynagan, oʻzining asosiy asarlarini alloma shu yerda yaratgan. Uning mavʼizayu xutbalari, shuningdek ayrim asarlari va, eng avvalo mu-sulmonlik marosimlari, Allohga oshiqlik, sufiylarning ayrim toifalari, "xotamul anbiyo" bilan bir qatorda boʻlgan "xatmul avliyo" toʻgʻrisida mulohaza yuritilgan "Xatmul-avliyo", "Ilal ash-shari`a" faqihlar va arboblarning maʼlum qismida norozilik uygʻotgan. Hakim at-Termiziy badxohlar taʼqibidan qutulish uchun Balxga, soʻng Nishopurga ketishga majbur boʻlgan. U yerlarda allomani kuvonch bilan kutib olishgan. Keyinchalik u yerlarda tarafdorlari va izdoshlari koʻpaygan.
Asarlari
Hakim at-Termiziy qalamiga mansub asarlar soni toʻgʻrisida yozma manbalarda turli raqamlarkeltirilgan. Baʼzi mualliflar uning asarlari adadi toʻrt yuzga boradi, deyishgan. Biroq koʻpchilik mualliflar uning asarlari soni saksonga yaqin, deb hisoblashadi. Abdulfattox Abdulloh Baraka yozishicha, Hakim at-Termiziyshshg toʻrt yuz asaridan oltmishga yaqini yetib kelgan. Eng muhimi, bizgacha allomaning ilmiy-maʼnaviy merosining asosini tashkil qiluvchi asarlari yetib kelgan (2). Ular orasidan, eng avvalo, 291 hadisni oʻz ichiga oluvchi "Navodir al-usul fi ma`rifat axbor ar-Rasul" nomli asarini koʻrsatib oʻtish zarur. Bu asarda Hakim at-Termiziy dunyoqarashi muayyan darajada bayon etilgan. "Navodir al-usul"ning bir qo`lyozma nusxasi Toshkentda, O`zbekiston musulmonlari diniy idorasining kutubxona fondida saqlanadi. Allomaning nashr etilgan boshqa asarlaridan "Kitob xaqiqat al-odamiya", "Adab an-nafs"ni sanab o`tish lozim. Hakim at-Termiziy asarlarining katta qismi bizgacha qo`lyozma tarzida yetib kelgan hamda jahondagi turli qo`lyozma fondlarida saklanmokda. Chunonchi, alloma asarlarining qo`lyozmalari Parij, Qohira, Damashq, Iskandariya, Istambul va Londonda saqlanmoqda. Parij Milliy kutubxonasida (arab bo`limida 5018-inventar ostida) Hakim at-Termiziyning kuyidagi asarlari saqlanmoqda:
1. Kitob as-salot va maqosidiho. 
2. Kitob al-hajj va asrorihi. 
3. Kitob al-Ehtiyotot. 
4. Kitob al-Jumal al-lozim ma`rifatiho. 
5. Kitob al-Furuq va man` at-taroduf. 
6. Kitob haqiqat al-odamiyya. 
7. Kitob Urs al-muvahhadiyn. 
8. Kitob al-Aʼzo val-nafs va yusammo kazalika gʻavr al-umur. 
9. Kitob Manozil al-ibod min al-ibodati. 
10.Kitob al-Aql val-havo. 
11.Kitob al-Amsol min al-Kitob vas-Sunna. 
12.Kitob al-Manohiy.
Damashkda, az-Zohiriyya kutubxonasida Hakim at-Termiziyning ikki asari va besh risolasi qoʻlyozmalari (tasavvuf turkumi, 104-raqami ostida); Misrdagi Iskandariya shahrida uch risolasi (Maktabat al-baladiyya, 3585-raqami ostida) saqlanmoqda. Allomaning Londonda saqlanayotgan asarlari roʻyxatida beshta risola koʻrsatilgan. Qohirada, "Dor al-kutub al-ilmiyya"da "Ilal al-u`budiyya" asarining qoʻlyozma nusxasi mavjud. "Kitob as-salot" asarining qisqartirilgan varianti boʻlgan bu risola koʻproq "Ilal ash-shariy`a" nomi bilan mashhur.
 ал-Ҳаким ат-Термизий вафотини ҳижрий 255 (мелодий 869) йил деб кўрсатган. Шунингдек, алломанинг Термиз шаҳри яқинида жойлашган мақбараси устида ўрнатилган қабртошдаги битикларда ҳам унинг ҳаёти ҳақида баъзи маълумотлар келтирилиб, вафот этган санаси ҳижрий 255 (мелодий 869) деб ёзилган. Бошқа баъзи манбаларда ҳам унинг мазкур санада вафот этганлиги қайд этилади. Ал-Ҳаким ат-Термизийнинг узоқ — 116 ёинки 120 йил умр кўрганлигини эътиборга олсак, аллома саккизинчи асрнинг ўрталарида (тахминан 750—760 йиллар оралиғида) таваллуд топганлиги аён бўлади
Download 25,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish