Abstrakt sinflar tashkil etish va ulardan foydalanish usullari.
Abstraksiya (lot. abstractio – ajratish, mavhumlash) – 1) butunning tomoni, momenti, boʻlagi, fragmenti, rivojlana olmagan, bir tomonlama, fragmentar (abstrakt) narsa; 2) bilishda ob’ektiv reallikdagi predmet, hodisalarning ikkinchi darajali, uncha muhim boʻlmagan ayrim xususiyatlari-dan xayolan uzoqlashtiruvchi va shu asosda ularning eng muhim, asosiy tomonlarini boʻrttirib koʻrsatuvchi fikriy model. Narsa va hodisalarning konkret tomon, belgilaridan uzoqlashish va muhim jihat, belgilarini ajratish jarayoni abstraksiyalash (mavhumlashtirish), shu jarayonning natijasi, yakuni, xulosasi esa A. deyiladi. A. bilishda tushuncha, kategoriya shaklida namoyon boʻladi. Mavhumlashtirish asosan tafakkoʻrning muhim xususiyati hisoblansada, lekin tasavvurda ham abstraksiyaning ayrim elementlarini uchratish mumkin. Abstraksiyalash jarayonida turli kategoriyalar, qonun, qonuniyat, sababiyat kabi mavhum tushunchalar vujudga kelib, bu tushuncha va kategoriyalar olamni bilishning muhim yakunlarini, natijalarini qurollarini tashkil etadi. Olamni oʻrganishda, hodisalarning mohiyatini ochishda, ular haqida toʻgʻri xulosalar chiqarishda A. ning ahamiyati katta. Abstraksiyalash miyaning sof ichki mahsuli emas, u reallikdagi hodisalar xususiyatini u yoki bu tarzda aks ettirishning hosilasidir. Reallikdagi har bir predmet bevosita yoki bilvosita boshqa predmet bilan bogʻliq va u bilan birga qandaydir umumiylikka ega. Shuning uchun har bir predmetning faqat oʻziga xos hislatlari bilan birga umumiy tomonlari ham borki, bular shu predmetning ma’lum tartibga, qandaydir umumiy qonuniyatga boʻysunishini koʻrsatadi. Shu umumiy tomonlarda bir turdagi qator predmetlarning hammasiga xos boʻlgan xususiyatlar ifodalanadi, buni faqat predmetning ayrim tomonlarini mavhumlashtirish, ulardan uzoqlashib, umumiy tomonlarini aniqlabgina bilish mumkin. A. jarayonida real predmetlardan ajralib qolish hodisalari ham koʻp uchraydi, bunda u asosli xulosalarga emas, balki xato natijalarga, quruq formula, sxemalarga olib keladi. A. ilm-fan, san’at uchun reallikni toʻgʻri va chuqur, har tomonlama bilish quroli boʻlib xizmat qiladi. Falsafa A. va abstraksiyalashning mohiyati, mazmuni, tabiati, ahamiyatini eng umumiy shaklda yoritib beradi. Aning turli xususiy tomonlari mantiq, psixologiyada ham tahlil etiladi. A. dialektika doirasida talqin etilganda, "konkretlikdan abstraktlikka oʻtish" va "abstraktlikdan konkretlikka oʻtish" degan dialektik bilish usullari asoslab beriladi
OOP(Object Oriented Programming) asoslarini o'rganish davomida, e'tiborimizni qaratishimiz lozim bo'lgan bir tushuncha bor. U - abstraktsiyadur(abstraction). Bugun shu haqida gaplashib o'tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |