Abstraktsiya o'zi nima?
Abstraktsiya obyektga yo'naltirilgan dasturlash (OOP) tillarining asosiy tushunchalaridan biridir. Uning asosiy maqsadi foydalanuvchidan keraksiz ma'lumotlarni yashirish orqali murakkablikni boshqarishdir. Bu foydalanuvchiga barcha yashirin murakkablikni tushunmasdan, undan foydalanishga imkon yaratadi.
Abstraktsiya faqatgina dasturlashga taaluqli bo'lgan tushuncha emas, uni real hayotimizda ham ko'p javhalarda kuzatishimiz mumkin. Keling bo'lmasa, abstraktsiya tushunchasini, kundalik hayotimizda uchrab turadigan bankomatlardan pul yechish mavzusiga bog'lab ko'ramiz.
Abstraktsiya va bankomatdan pul olish
Tasavvur qiling siz talabasiz va bugun sizning bank kartangizga stipendiya tushdi. O'zingizni - o'zingiz mehmon qilish maqsadida, kartadagi mablag'ni naqd ko'rinishga keltirish uchun bankomatga tashrif buyurdingiz. Bankomatdan o'zingizga kerakli bo'lgan summani belgilab, uni naqd ko'rinishida qabul qilib oldingiz.
Ushbu jarayonda siz bilishingiz kerak bo'lgan ish bu - bankomat aparatiga kartani solib, yechilgan pulni qabul qilish. Sizga bankomat aparati o'zi qanday ishlaydi va pulni naqdlash jarayoni qanday bo'ladi - bu ahamiyatsiz. Kimdir bundan xavotirlanib, bankomat aparatini yaratdi, endi u abstrakt vazifasini bajaradi va sizga taaluqli bo'lmagan tafsilotlarni yashiradi. Siz shunchaki ichki dastur haqida hech qanday bilim talab qilmaydigan oddiy interfeys bilan o'zaro aloqada bo'lasiz.
Dasturlashda ham shu kabi tushunchalar o'rinli. Endigi navbatda C# dasturlash tilidan foydalanib mavzuni yanayam mustahkamlaymiz.
C# dasturlash tilida abstraktsiya
Abstraktsiya tushunchasi asosan sinf va metodlar uchun foydalaniladi va abstract kalit so'zi yordamida quriladi.
Abstrakt sinf- bu sodda qilib aytganda cheklangan sinf. Ya'ni undan obyekt olish taqiqlangan. Unga kirish uchun, undan voris sinf olish lozim.
Abstrakt metod - bu tanasi mavjud bo'lmagan, hamda faqatgina abstrakt sinfda ishlovchi metod hisoblanadi. Uni tanasi esa, voris sinfda taqdim etiladi.
Endi misollar bilan tanishib chiqamiz.
Example 1
using System;
// abstrakt class 'Hayvonlar'
public abstract class Hayvolar
{
// abstrakt metod 'Ovoz()'
public abstract void Ovoz();
}
// class 'Hayvolar' dan olingan voris class 'Sigir'
public class Sigir : Hayvolar
{
// Qayta ishlangan 'Ovoz()' metodi
public override void Ovoz()
{
Console.WriteLine("Moo");
}
}
class Program
{
static void Main(string[] args)
{
// Sigir obyektini yaratish
Sigir sigir_obj = new Sigir();
// abstrakt metodni chaqirish
sigir_obj.Ovoz();
}
}
Do'stlaringiz bilan baham: |