Abdulla qodiriy nomidagi



Download 0,79 Mb.
bet1/8
Sana01.05.2022
Hajmi0,79 Mb.
#601064
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Turli millat ayrim kamonli cholg’ulari




ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAGISTIRATURA BO’LIMI
MUSIQIY TA’LIM” YO’NALISHI
CHOLG’USHUNOSLIK FANIDAN

МUSTAQIL ISHI


Mavzu: Turli millat ayrim kamonli cholg’ulari


Bajardi: Ibragimova.N.M
Qabul qildi: P.F.N. Fayzullayev E.M
Jizzax 2021
.


Reja:


  1. O’zbek milliy kamonli chog’ular

  2. Jaxon kamonli cholg’ularning turlari(skripka va violanchel)

  3. Biz bilgan va bilmamagan kamonli cholg’ular




  1. O’zbek milliy kamonli chog’ular

G’ijjak
Oʻrta asr musiqa risolalarida bayon etilgan rivoyatlarga koʻra gʻijjakni (gʻipchak nomi bilan) Forobiy yaratgan, Ibn Sino dastlabki 2 torini kvartaga soxtagan,Qulmuhammad Udiy esa Gʻijjakka 3-torni qoʻshgan. Ungacha 2 simli gʻijjakda ipakdan eshilgan yoki simli aks-sado beruvchi torlar soni 8-11 tagacha boʻlgan.
Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois“ asarida aytilishicha, gʻijjakni chala bilish barcha saroy sozandalari uchun shart boʻlgan. Oʻrta asrda Alijon Gʻijjakiy, Xoʻja Oʻzbek Gʻijjakiy kabi sanʼatkorlar mashhur boʻlgan.
Gʻijjakning kosaxonasi ustidagi teri sovuq, nam sharoitida choʻkib ketishi, ingichka simlarining ovozi noqisligi tufayli Oʻzbekiston (ayniqsa Andijon)da 19-asr oxiridan gʻijjak oʻrniga anʼanaviy ansambllar tarkibida skripka ishlatila boshladi. Ammo keyinchalik asbob mukammalashtirildi va undan yana keng qo'llanila boshlandi. 1940-yillarda gʻijjakning oʻzbek xalq cholgʻulari orkestrida ishlatiladigan alt, bas va kontrabas turlari yaratilgan. Mazkur orkestrlar tarkibida Gʻijjakchilar guruhi xuddi simfonik orkestrdagi kamonli sozlar guruhi (skripka, alt, violonchel, kontrabas) kabi yetakchilik qiladi. Hozir xalq cholgʻu orkestrida Gʻijjak-bas oʻrniga qoʻbiz-bas (yoki violonchel), Gʻijjak-kontrabas oʻrnigab kontrabasning oʻzi ishlatiladi. Gʻijjakning inson ovoziga yaqin, nozik va dardli tovushi, qochirimlarga boy, xonaqoiy ijro uslubi tufayli milliy mumtoz musiqa ansambllarida asosiy oʻrin tutadi.
G’ijjak musiqa cholg’usi boshqa cholg’ular qatori juda qadimgi musiqa cholg’usi hisoblanadi. O’rta Osiyo halqlari, xususan o’zbeklar orasida qadimdan keng tarqalgan, kamoncha bilan chalinadigan torli cholg’u asbobdir. O’tmishda g’ijjakning kosasi qovoqdan, kokos yong’og’i (norjil yong’og’idan) yasalib, ichini kovak qilib o’yib yasalgan. Kosasinning ustiga baliq terisi va pufak qoplangan. Dastasi tut yoki yong’oq va o’rik daraxtlarining yog’ochlaridan ishlangan.
Dastlabki davrda g’ijjakda ikkita tor kvarta oralig’ida sozlangan, ba’zan ashulachilarning ovoziga moslashtirib sozlashgan. Kosaning pastki qismiga tayoqcha o’rnatilib, ijrochining tizzasiga qo’yib, o’tirgan holda chalingan.
Dastasi dumaloq bo’lib, kosaga yaqinlashib borgan sari kengaytirilib ishlangan. O’sha davrda g’ijjak unison, yakka tartibda, ansambl jo’rligida ham ijro etilgan. Kamonchasining qillari (otning dumidan ishlanadi) chalish vaqtida o’ng qo’l barmoqlari bilan tortib chalingan.
Abduqodir Marog’iy (G’oyibiy XV asr) "Musiqa ilmida ohanglar to’plami" risolasida kamoncha, yetti torli g’ijjak kabi bir turdagi, musiqa cholg’ulari borligi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitdi.
Darvish Alining musiqiy risolasi (XVI-XVII asrlar) O’rta Osiyo musiqasini o’rganishda qimmatbaho manbadir. Mazkur asarda mashhur xonandalar va cholg’uchilar, bastakorlarning ijodiy tarjimai hollari bayon etilgan. Risolaning beshinchi va oltinchi boblarida o’sha davrda ko’pgina Sharq mamlakatlarida qo’llashgan halq cholg’u asboblari haqida ma’lumotlar batafsil bayon qilingan. Darvish Ali ta’rif bergan cholg’ulardan yettasi o’sha davrda keng tarqalgan. Ular tanbur, chang, qonun, ud, rubob, qobiz va g’ijjaklardir.
O’sha paytdagi eng yetuk ijrochi bo’lgan Ustoz Zaytuniy-G’ijjakiy, Shayx Ahmadiy Qobiziy, Amir Mastiy Hirotiy (Qobiz) lar halq cholg’u ijrochiligida muhim o’rin tutganlar.
Zahiriddin Muhammad Bobirning (1483-1530) e’tirof etishicha, Alisher Navoiy o’z davrida ko’plab ijrochilarni, shu jumladan ud chaluvchilarni, naychilar, g’ijjakchilarni o’z iste’dodlarini namoyon etishiga ko’maklashgan. Bobirning ta’kidlashicha o’sha davrda mohir g’ijjak cholg’uchisi Shoh Quliy G’ijjakiy alohida o’rinda turadi.
XX asr boshlarida cholg’u ijrochilik san’ati ancha yuqorilab ketdi. Musiqa o’quv yurtlari, Toshkent Davlat konservatoriyasi tashkil qilinib, cholg’uchilik ancha ilgarilab ketdi. Yangi-yangi sozlar paydo bo’la boshladi. 1948 yilda Toshkent Davlat konservatoriyasida orkestr sinfi ochilib, bu yerda bir necha mutaxasislar har turdagi musiqa cholg’ularidan saboq bera boshladilar.



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish