Fizika
1. Avtomobil uzunligi 109 km bo’lgan aylanma yo’ldan ikki marta marta o’tdi. Avtomobil bosib o’tgan yo’l va uning ko’chishi nimaga teng?
A) 218 km: 0 B) 209km:109km C) 218km:218km D) 0:0
2. Taksida biz pulni yo’lga to’laymizmi yoki ko’chishgami?
A)Ko’chishga B) Yo’lga
3. Bola to’pni 1,5 m balandlikdan yerga tashladi. To’p yerga urilib, 0,5 m balandlikka chiqqanida bola uni ilib oldi. To’pning ko’chishini toping?
A) 1m B) 2m C) 3m D) 1,75m
4. Vertolyot gorizontal ravishda sharq tomon 10 km, so’ngra janub tomonga 8 km, undan keyin g’arb tomonga 12 km, shundan so’ng esa shimol tomonga 8 km uchdi. Vertolyotning ko’chishini toping?
A) 22 km B) 2 km C) 16 km D) 8 km
5. Quyidagi qaysi hollarda jismni moddiy nuqta deb qarash mumkin?
a) Poyezdning bekatga yaqinlashayotganda;
b) Poyezdning ikki shahar orasidagi harakatida;
c) Odamning honadagi harakatida;
d) Qishloq markaziga ketayotgan odamning harakatida;
e) To’pning futbol maydonidagi harakatida;
f) To’pning diametrini o’lchashda.
A) a,b,c,d B) a,d,f C) b,c,d,e D) b,c,e,f
6.Samalyot 30 km sharqga, keyin 40 km g‘arbga uchdi. Uning ko‘chishini toping (km)
A) 55 km B) 50 km C) 70 km D) 10 km
7.Avtomobil to‘g‘ri chiziqli yo‘l bo‘ylab avval 6 km g‘arbga, keyin 8 km janubga yurdi. Uning ko‘chishini toping (km).
A) 14 km B) 2 km C) 10 km D) 48 km
8.Quyidagi jumlaning mazmuniga mos ravishda gapni davom ettiring.” Faqat son qiymatiga ega bo’lgan kattaliklar …….kattaliklar deyiladi”.
A) vektor B) skalyar C) o’lchamsiz D) TJY
9. Quyidagi jumlaning mazmuniga mos ravishda gapni davom ettiring. “Jismning fazodagi vaziyatini vaqt o’tishi bilan boshqa jismlarga nisbatan o’zgarishi ……….. deyiladi”
A)moddiy nuqta B)ko’chish C)mexanik harakat D)TJY
10. Boying samalyoti to‘g‘ri chiziqli yo‘l bo‘ylab avval 50 km g‘arbga, keyin 120 km sharqga uchdi. Uning ko‘chishini toping (km).
A) 70 km B) 50 km C) 120km D) 170 km
11. “Qora akula” jangovor vertalyoti to‘g‘ri chiziqli yo‘l bo‘ylab avval 50 km g‘arbga, keyin 120 km shimolga uchdi. Uning ko‘chishini toping (km).
A) 70 km B)170 km C) 130km D) 50km
12. SU-35 jangovor samalyoti to‘g‘ri chiziqli yo‘l bo‘ylab avval 500 km g‘arbga, keyin X km shimolga uchdi. Bunda uning ko‘chishi 1300 km bo‘lsa, bosib o‘tgan masofasini toping (km).
A) 1700 km B) 1200 km C) 1800 km D) 500 km
13. Koptok yerdan yuqoriga otildi. U 20 m balandlikka ko‘tarilib qaytib tushayotganida yerdan 5 m balandlikda ushlab olindi. Koptokning ko‘chishini toping (m).
A) 25 m B) 15 m C) TJY D) 5 m
14. Vertolyot gorizontal ravishda sharq tomon 10 km, so’ngra janub tomonga 8 km, undan keyin g’arb tomonga 12 km, shundan so’ng esa shimol tomonga 8 km uchdi. Vertolyotning bosib o’tgan yo’lini toping?
A) 38 km B) 26 km C) 32 km D) 20 km
15. Kinematika so’zining ma’nosi nima?
A) kuch B) harakat C) muvozanat D)
tabiat