1. Saroymulkxonim Samarqandda o‘z hashamati bilan o‘sha davrdagi boshqa inshootlardan ajralib turgan madarasani qachon qurdirgan?
A 1401-yilda B 1402-yilda C 1403-yilda D 1404-yilda
2. Hirot hududida nechta madrasa bo‘lgan?
A 30 ta B 36 ta C 40 ta D 56 ta
3. Hirot tevaragida joylashgan qaysi madarasa va xonaqohi ayniqsa shuhrat qozongan edi?
A amir Feruzshoh B Ixlosiya B Xalosiya D Xoniya
4.Ulug‘bek farmoni bilan Buxoroda qachon madarasa qurilgan?
A 1417-yilda B 1420-yilda C 1433-yilda D 1424-1429-yillarda
5. “Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir”, degan xitobnoma qaysi madarsa peshtog’iga o‘yib yozib qo‘yiladi?
A Samarqand B Buxoro C G’ijduvon D Hirot
6. Ulug’bekning qaysi madrasasi ikki qavatli, ellik hujrali bo‘lgan?
7. Qaznoq nima? A omborxona B yotoqxona C darsxona D qabulxona
8. Samarqand madrasasini yetakchi mudarrisi kim bo‘lgan?
A Qozizoda Rumiy B G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy
CAlouddin Ali Qushchi D Shamsiddin Muhammad Xavofiy
9. Madrasada ta’lim necha yil davom etgan?
A 15–16 yil B 10-12 yil C 8-10 yil D 6-8 yil
10.Mirzo Ulug‘bek qachon shahar yaqinidagi Obirahmat anhori bo‘yida rasadxona qurdirdi?
A 1417-yilda B 1420-yilda C 1433-yilda D 1424-1429-yillarda
11. Rasadxona imoratning balandligi necha metr edi?
12.Osmon yoritqichlarining balandligini belgilash uchun mo‘ljallangan ko‘zgu – qaytargichli asbob nima deyiladi? A Sekstant B Observatoriya C Rasadxona D Zij
13. Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli nechta qo‘zg‘almas (turg‘un) yulduzlarning o‘rni va holati aniqlanib, ularning astronomik jadvali tuziladi?
A 1010 ta B1018 ta C 1028 ta D 1033 ta
14. Ulug‘bekning shoh asari “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” (Ko‘ragoniyning yangi astronomik jadvali) necha qismdan iborat? A ikki B uch C to’rt D besh
15. Ulug’bek musiqa ilmiga bag‘ishlangan nechta risola yozgan? A 4 ta B 5 ta C 6 ta D 7 ta
16.Ulug‘bek tevaragida uyushgan olimlarning soni nechta bo’lgan?
A 50 dan ortiq B 100 dan ortiq C 150 dan ortiq D 100 dan ortiq
17.”……… Balxda tug‘ilgan bo‘lsa-da, umrining deyarli ko‘p qismini Hirotda o‘tkazadi. Mirxondning ota-bobolari asli buxorolik bo‘lib, fiqh ilmida zamonasining yetuk olimlari sifatida shuhrat topganlar” Ushbu so’zlar kim haqida?
A Mirxond B Mahmud Muzahib C Kamoliddin Behzod D Durbek
18. Mirxond haqida ayrim ma’lumotlarni kim yozib qoldirgan?
A Xondamir B Durbek C Navoiy D Sultonali Mashhadiy
19. “Ravzat ussafo” asarini kim tugatgan?
A Xondamir B Durbek C Navoiy D Sultonali Mashhadiy
20 Qaysi asarda dunyoning yaratilishidan to 1523-yilgacha bo‘lgan O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar keng bayon etilgan? A “Ravzat ussafo” B “Majolis unnafois” C “Habib ussiyar” D “Zafarnoma”
21. Navoiy Xondamir haqida quyidagilarni qaysi asrda yozib qoldirgan: “Mavlono Xondamir Mirxondning farzandidir va salohiyatli yigitdir. Tarix ilmida moharati bordir”.
A “Ravzat ussafo” B “Majolis unnafois” C “Habib ussiyar” D “Zafarnoma”
22. Xondamir qalamiga mansub asar qaysi?
23. Sultonali tomonidan ko‘chirilgan kitoblardan nechtasi hozirgi vaqtgacha yetib kelgan?
A 50 dan ziyod B 50 ga yaqin C 40 dan ziyod D 40 ga yaqin
24. “Qiblat ul kuttob” (Kotiblar qiblasi) va “Sulton ulxattotin” (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topgan hattot kim?
A Mirali Tabriziy B Sultonali Mashhadiy C Kamoliddin Behzod D Durbek
25. Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyida Behzodga bag‘ishlab o’tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada qaysi davlatlarning san’atshunos olimlari ishtirok etdi?
A Buyuk Britaniya B Turkiya, Hindiston C Ozarbayjon, Tojikiston D barcha javoblar to’g’ri
Do'stlaringiz bilan baham: |