Taxallusi; asl ismsharifi Gʻiyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy)



Download 23,71 Kb.
Sana24.07.2021
Hajmi23,71 Kb.
#127176
Bog'liq
UMAR XAYYOM


UMAR XAYYOM

UMAR XAYYOM (taxallusi; asl ismsharifi Gʻiyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy) (1048.18.5 Nishopur 1131.4.12) — matematik, astronom, faylasuf, hakim va mutafakkir shoir. Nishopurda boshlangich maʼlumotni olgach, Balx, Buxoro va Samarqandda tahsil koʻrgan. Malikshoh va Nizomulmulk (1019—92) daʼvati bilan 1074-y. da Isfahonda rasadxona qurdirgan va unga rahbarlik qilgan. Yulduzlar jadvali (zij), 1079-y. da yangi isloh qilingan taqvim (kalendar) tuzgan. Bu taqvim Yevropada undan 500-y. keyin joriy qilingan Grigoriy kalendaridan ham aniqroq boʻlgan.

Umar Xayyom ilmda ham, ijodda ham oʻzini shayx urrais Abu Ali ibn Sinoning hassos va sadoqatli shogirdi hisoblagan. Ibn Sino asarlarini tushunmagan kishilar ularni izohlash va sharhlashni undan soʻraganlar. U ustozining bir qator asarlarini arabchadan forschaga tarjima qilib, sharhlab bergan, uning gʻoya va qarashlarini davom ettirgan hamda targʻib qilgan. «Risolat ulkavn vattaklif» («Koinot va uning vazifalari haqida risola»), «Risola filvujud» («Borliq haqida risola»), «Risola fi kulliyoti vujud» («Borliqning umumiyligi haqida risola») kabi falsafiy asarlarida Ibn Sinoning vorisi va izdoshi sifatida namoyon boʻlgan. 1077-y. da u gonon olimi Yevklid kitobidagi bir necha geometrik shakllarni sharhlab yozgan «Risola fi sharhi mo ashkala min musodarat kitob ul-Iklidis» («Yevklid kitobi muqaddimalaridagi mushkulotlar sharhi haqida risola») asarida butun sonlarning ildizini topish yoʻllarini koʻrsatib bergan. «Risola filbarohiyn ala masoyil aljabr valmukrbala» [«Algebra va muqobala (qarshilik nazariyasi) isbotlari haqida risola»], «Mushkulot ulhisob» («Arifmetika mushkulotlari») asarlarida u yunon olimlarining aniq fanlarga oid fikrlarini arab tilida keng sharxlash bilan birga, ularning karashlarini rivojlantirgan, matematik, fizik tenglamalarning modellarini topgan. 12-a. fors nasrining nodir namunasi hisoblangan «Navroʻznoma» asarida Navroʻzning kelib chiqish tarixi, Sharq xalqlarining bu bayram bilan bogʻliq anʼana va marosimlari keng yoritilgan, koʻplab hikoyat va rivoyatlar keltirilgan.

Umar Xayyomga uning ruboiylari jaqonshumul shuhrat keltirgan. Ularda shoir dunyo, odam haqida, hayot mazmuni haqida fikr yuritadi. Ruboiylarida u materiyaning bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishi, eskining yemirilib, yangining paydo boʻlishini (kulol, koʻza, tuproq haqidagi ruboiylar va h. k.) ifodalaydi. Umuman, ishq va hayot, inson tafakkurining qudrati, umrning maʼnosi, insoniy fazilat va qusurlar, maʼrifat va jaholat kabi mavzular shoir ruboiylarining asosini tashkil etadi. Teztez uchrab turadigan may obrazi esa ilohiy muhabbat, hayot lazzatlarini ulugʻlash vositasidir. Firdavsiy masnaviyni, Hofiz gʻazalni qanchalik takomilga yetkazgan boʻlsalar, Umar Xayyom ham ruboiyni shunchalik yuksak mavqega koʻtardi. Umar Xayyom ruboiylari dunyoning deyarli barcha asosiy tillariga tarjima qilingan. Bu ruboiylar oʻzidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. 19-a. dan Gʻarbda ham mashhur boʻlgan. Aynan u tufayli ruboiy jahon soʻz sanʼatining mashhur janrlaridan biriga aylangan. U oʻzining falsafiy jihatdan teran va sermazmun ruboiylari bilan Sharq sheʼriyatida falsafiylikning chuqurlashuviga katta hissa qoʻshgan.

Amerikada Umar Xayyom asarlari asosida teatrlashtirilgan sahna asari, Londonda maxsus xayyomxonlar saroyi mavjud. Ularda shoir ruboiylari ham aslida, ham tarjimada badiiy soʻz ustalari, mohir notiqlar tomonidan oʻqiladi. Sharqda bunday sahna asari — «Oʻzoʻzim bilan suhbat» Tojikiston xalq artisti Mahmudjon Vohidov tomonidan yaratilgan. Sherali Joʻrayev, Farrux Zokirovlar ham Umar Xayyom ruboiylari asosida qoʻshiqlar yaratganlar.

Umar Xayyom ruboiylarini 20-a. boshlaridan oʻzbek tiliga tarjima qilishga kirishilgan. 1914-y. «Shoʻro» jur. ning bir necha sonlarida shoirning ruboiylari ilmiy sharhi bilan nasriy tarjimada eʼlon qilingan. Fitrat «Fors shoiri Umar Xayyom» nomli risolasida (1929) uning 35 ta ruboiysini nasriy tarjimada keltirgan. Keyinchalik F. Abdullayev uning 14 ta ruboiysini sheʼriy tarjima qilgan. Umar Xayyom ruboiylari tarjimasi asosan Sh. Shomuhamedov nomi bilan bogʻliq: shoir ruboiylari uning tarjimasida bir necha marta bosilib chiqqan. Soʻnggi yillarda Umar Xayyom ruboiylarining J. Kamol, E. Ochilovlar tomonidan aruzda qilingan yangi tarjimalari paydo boʻldi.

Adabiy asarlar xalq ommasiga katta ta’sir o‘tkazishi hammaga ma’lum. Ularning asosiy vazifasi insonlarning ma’naviy dunyosini boyitishdan iborat. Darhaqiqat, adabiyot kishilarda yuksak insoniy qadriyatlar, axloq-odob, yaxshi sifatlarni shakllantirishi, borlarini rivojlantirishi kabi ezgu niyat va ishlarga xizmat qilmog‘i darkor. Ammo hamma sohalarda buzg‘unchilik bo‘lganidek, ba’zi insonlar adabiyotdan mazkur oliy qadriyatlarga erishish yo‘lida emas, balki odobsizlik, fahsh ishlar, dahriylik va hokazo maqsadlarda foydalanishga urinib, buzg‘unchilik qilishgan va qilishmoqda.

Musulmon dunyosi o‘zining buyuk shoirlari bilan ham mashhur. Odatda mazkur shoirlar yuksak ma’naviy asarlari bilan dong taratishgan. Dunyoda musulmon shoirlar haqida gap ochilganda, purhikmat, insonni yuksak axloqiy va ma’naviy cho‘qqilarga chorlovchi she’riy asarlar haqida so‘z yuritilishini hamma tushunib qolgan.

Ammo ba’zi hollarda adabiyot dunyosida islomiy adabiyot haqidagi tasavvur buzildi. Bir paytlar hamma «Umar Xayyom ruboiylari» deb atalmish she’riy asarlar haqida keng miqyosda gapira boshladi. Bu ruboiylar dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilindi. Hamma joylarda o‘qila boshlandi. U ruboiylarga mashhur bastakorlar kuy bastalab, xonandalar qo‘shiq qilib aytishdi. Mayxo‘rlikning madhi va shunga da’vat, hayotlik chog‘ida maza qilib, iloji boricha lazzatlardan bahramand bo‘lish, bu borada hech kimga, hech narsaga e’tibor bermaslik kabi mazkur ruboiylarda kuylangan narsalar odamlarni o‘ziga rom qilishiga asosiy sabab edi. Shu bilan birga, bu ruboiylarda kufr, dahriylik va bir qancha buzuq mazhablarning mafkurasi ham o‘rin olgan edi. Mazkur mafkuraga berilgan va aysh-ishrat, mayxo‘rlikka moyil kishilar Umar Xayyomdek katta ustoz topganlaridan xursand bo‘lib, uning shuhratidan maqsadlari yo‘lida foydalanishdi. Bu beodoblikka qarshilar esa Umar Xayyomni kofir, dahriy, botiniy, shariatni oyoq osti qiluvchi deb fatvo chiqarishardi. Uchinchi bir toifa esa Umar Xayyomdek odam bunchalikka bormaydi, u so‘fiylik mazhabida ekan, yozgan she’rlari ramziy, buni tushunish uchun alohida tayyorgarlik kerak, deyishardi. Ammo bu fikrga hech kim e’tibor bermas, hamma Islom dini belgilagan chegaradan chiqqan shoir topib olganidan xursand bo‘lib, uni ko‘klarga ko‘tarib maqtash bilan birga, «Umar Xayyom ruboiyoti» deb nomlangan asarlarni keng tarqatishga, ulardagi chaqiriqlarga amal qilishga oshiqardi. Shu bilan birga, islomiy odob-axloq chegaralari parchalanib borar edi.

Bu ruboiyot eski sovet zamonida ham keng targ‘ib qilindi. Kitob holida qayta-qayta chop etildi. Chunki bu jamiyat dunyodagi eng mayxo‘r jamiyat edi. Ruboiylardagi mayxo‘rlik mavzusi ularga juda yoqardi. Shunday qilib, aroqxo‘r jamiyatning eng aroqxo‘r shoirlari «Umar Xayyom ruboiyoti» deb atalmish asarlarni turli tillarga, jumladan, o‘zbek tiliga ham tarjima qilishdi. Hech kim bu ruboiylar haqida jiddiy o‘ylamas, ilmiy asosda bahs qilishni xayoliga ham keltirmas edi.

Ammo vaqti yetib ana shunday insofli inson ham topildi. Bu kishi ulug‘ vatandoshimiz, alloma Abu Nasr Mubashshir Taroziy edilar. Alloma Taroziy birinchi bo‘lib «Bu ruboiyot Umar Xayyomniki emas, balki boshqalar tomonidan to‘qilib, u kishiga nisbatan berilgan», deb chiqdilar va bu fikrni arab tilida yozilgan «Kashful-lisam ar-ruboiyyat Umarul-Xayyom», ya’ni «Umar Xayyom ruboiylaridan pardani ochish» nomli kitoblarida ilmiy asosda bayon qilib berdilar. Alloma Taroziy bu kitobini hijriy 1375 yilning 13 jumadus-soniy kuni (1956 yil 26 yanvarda) yozib tugatganlar.

Mubashshir Taroziy o‘sha paytgacha Umar Xayyom haqida aytilgan fikrlarga e’tibor bermay, uning hayoti va faoliyatini avvalboshdan, asosiy va haqiqiy manbalardan o‘rganib chiqib, allomani mashhur qilgan ruboiylar aslida uniki emasligini isbot qilib berdilar. Umar Xayyom, ya’ni Abul Fath G‘iyosiddin Umar ibn Ibrohim Xayyom Naysopuriy bilan hamasr, hamdars bo‘lgan va undan keyin yashagan barcha tarixchi va olimlar, jumladan, uning shogirdi Abu Hasan Ahmad ibn Umar ibn Aliy an-Nizomiy al-Aruziy Samarqandiy «Chor maqola», Shamsuddin Muhammad ibn Mahmud Shahrzuriy «Nazhatul-arvoh va ravzatul-afroh» asarida, Zahriddin Bayhaqiy «Xukomoul-Islom» kitobida yozib qoldirishlaricha, Umar Xayyom taqvo bilan yashab, oqibati yaxshi hayot o‘tkazgani, ulug‘ va mo‘’tabar bir inson ekani ta’kidlangan. Umar Xayyom katta ilm egasi, falakiyot, riyoziyot, tib kabi ilmlarda zamonasining peshqadami bo‘lgan. Shuningdek, boshqa ilmlarda ham Umar Xayyom nodir asarlar yaratgan.

«Kashful-lisam» kitobi muallifi Taroziy hazratlari yuqorida zikr etilgan dalillarni kitoblarida aniq hujjatlar bilan isbotlab keltiradilar. Shu bilan birga, u kishi Umar Xayyom hayoti va ijodi haqida, unga asrdosh yoki keyingi vaqtda yashagan olimlarning Umar Xayyomning shoir bo‘lgani, ruboiylar yozgani haqida zikr qilishmaganini, mazkur noma’lum ruboiyot esa Umar Xayyomniki emasligiga dalil keltiradilar. Alloma Taroziyning fikricha, Umar Xayyom bo‘sh vaqtlarida ko‘ngil yozish uchun she’r mashq qilgani ehtimol, lekin asosiy ishi shoirlik bo‘lmagan.

Taroziy mazkur ruboiyot Umar Xayyomniki emasligiga yana boshqa dalillarni ham keltiradi. Umar Xayyom davrining eng mashhur kishilaridan bo‘lib, podshohlar, amirlar, ulamolar, fuzalolar bilan doimo uchrashib turgan. Agar unga nisbatan berilayotgan ruboiylarga o‘xshash biror narsa yozganida darhol hammaga mashhur bo‘lishi tabiiy edi, albatta. Islomga g‘ayratli kishilar esa buni e’tiborsiz qoldirmay, tezda raddiya berar edilar. Holbuki, Aruziy Samarqandiy, Alloma Zamaxshariy, Qozi Nasaviy, imom Abu Hasan G‘azzoliy, xususan, Hujjatul-Islom imom Abu Homid G‘azzoliy kabi kishilar Islomga futur yetkazadigan har bir fikrni qattiq tanqid ostiga olish bilan tanilishgan. Ular Umar Xayyom bilan birga vaqtda yashab, o‘zaro munosabatda bo‘lishgan va u kishi haqida faqat yaxshi gaplarni aytishgan. Alloma Taroziy Umar Xayyomning pokligini, ruboiyot unga nisbatan tuhmat ekanini isbotlash uchun yana bir kuchli dalil keltiradilar. Umar Xayyomning haqiqiy fikri, falsafasi va aytgan gaplarini ishonchli manbalardan keltirib, ular ruboiylarda kelgan fikrga tamomila zid, balki sof islomiy fikrlar ekanini isbot qiladilar.

Tabiiyki, «U holda qanday qilib Umar Xayyom shoir sifatida tanilib, ruboiyoti butun dunyoga mashhur bo‘lib ketgan?» degan savol paydo bo‘ladi. Bu savolga ham alloma Taroziy kitobda aniqlik kiritib o‘tadilar. U kishining yozishicha, Umar Xayyom haqida ilk bor 1700 yili ingliz olimi, Oksford dorulfununining o‘qituvchisi Tomas Gayd, keyinroq esa fon Gomer Birgestel va Meme Nikoloslar yozishgan. 1856 yili ingliz shoiri Edvard Vitz Gerald tarjima etib, nashr qildirgan yetmishta ruboiy juda mashhur bo‘lib ketdi. Gerald bu tarjima haqida ustozi Govlga yozgan maktubida, «Men bu ruboiylarni aslidek tarjima qilmadim, ba’zi juz’iyotlarini saqlab qolgan holda bir-biriga aralashtirib o‘zgartirdim», deb ta’kidlaganini ham Taroziy keltiradilar. Bu tarjimaga G‘arbda katta e’tibor qaratilgani sababli qayta-qayta chop etildi va ruboiyotning asli deb qabul qilindi. Keyinchalik bu inglizcha ruboiylar arab, urdu, turk va boshqa sharq tillariga ham tarjima qilindi.

G‘arbda «Umar Xayyom klublari» tuzila boshlandi. Ruboiy o‘qib, may ichish yo‘lga qo‘yildi. Tarjimon Gerald vafot etganida Umar Xayyom qabri ustida o‘sayotgan guldan ko‘chirib borib, uning qabriga ekishdi va qabr toshiga minnatdorchilik so‘zlari yozishdi. G‘arbning Sharqdagi shotirlari bu borada ustozlaridan ham o‘tib ketishdi. Ruboiylar dinsizlik, aroqxo‘rlik, fahsh ishlarning shiori bo‘lib qoldi.

«Kashful-lisam» kitobi muallifining ta’kidlashicha, Umar Xayyom nomidan soxta ruboiylarni tarqatish odamlarni, xususan, musulmon yoshlarni Islomdan uzoqlashtirish uchun G‘arbda o‘ylab chiqilgan o‘yin edi. Agar g‘arbliklar, haqiqatda, beg‘araz ravishda Sharq she’riyatiga qiziqishsa, nima uchun Firdavsiy, Farididdin Attor, Hofiz Sheroziy va boshqa sharq-fors adabiyotining ulug‘ namoyandalari ijodiga murojaat etishmadi. Aynan aslining tayini yo‘q ruboiylarni topib, Umar Xayyomdek mo‘’tabar insonga nisbat berib, so‘ng uni tashviq qilishdi. Umar Xayyom ularga nima uchun kerak bo‘lib qoldi?

Ma’lumki, G‘arb sharqshunoslari Islomga zarba berish uchun har bir qulay fursatdan unumli foydalanib kelishadi. Ular «Umar Xayyomdek aniq fanlarning ulug‘ vakili o‘zi musulmon sanalsa ham Islomga va uning aqiydalariga qarshi chiqqan» deyish uchun shunday yo‘l tutishgan. «Oddiy odamlarga o‘xshab ko‘r-ko‘rona e’tiqod qilmagani va ilm sohibi bo‘lgani uchun shu gaplarni yozgan», deb kishilarni ishontirishga urinishgan hamda Islomga ilmsiz, besavod kishilargina ishonadi, degan fikrni shu yo‘l bilan olg‘a surishgan. Shuning uchun ham Xayyomni ulug‘ olim deyishgan-u, ilmiy asarlarini chop etishmagan. Unga yolg‘ondan nisbat berilgan ruboiylarni esa rivojlantirishgan, hatto bilim yurtlarida darslik qilib o‘tishgan. Bu ham Islomga qarshi kurashning eng makkorona uslublaridan biri ekanini ko‘rib turibmiz. «G‘arbliklar mazkur ruboiylarni qayerdan olishdi?» degan savolga javob tariqasida alloma Taroziy ko‘plab ma’lumotlarni sanab o‘tadilar. Avvalo, ruboiylarning soni haqida aniq bir fikr yo‘qligini aytib, ularni «o‘n bitta» degandan tortib, to «bir ming ikki yuz va undan ham ko‘p» degan gaplarni birma-bir keltiradilar.

So‘ng Umar ibn Ibrohim Naysopuriyga zamondosh va u kishining hayoti haqida ma’lumot to‘plagan olimlarning asarlaridan iqtiboslar olib, Umar Xayyom aslida Umar Xayomiy ekani, Xayyom esa Alouddin Aliy ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Xalof al-Xurosoniy ismli fors shoirining laqabi ekanini ta’kidlaydilar. Xuddi shu joyda bu ikki shaxs almashtirib qo‘yilgan bo‘lsa kerak, deydilar. Umar Xayyom botiniylarga qarshi qattiq kurash olib borgan hukmdor Nizomulmulkning yaqin do‘sti edi. Ushbu e’tibordan botiniylar undan o‘ch olish maqsadida turli ruboiylarni yozib, Umar Naysopuriyga nisbat bergan bo‘lishlari mumkin, deyilgan. Bu fikrning dalili sifatida ruboiylarning eng qadimiy qo‘lyozmasi Umar Xayyomning vafotidan so‘ng uch yuz ellik yil keyin yozilganini eslatib o‘tadilar.

Demak, g‘arblik sharqshunoslar siyosatning ajralmas bir qismi sifatida madaniy mustamlaka bobida aslining tayini yo‘q ruboiylarni Umar Xayyomga nisbat berib, kishilarni Islomdan uzoqlashtirish, fisqu fasodga boshlashga urinishgan. Hozirgi kunda Britaniya kutubxonasi muzeyida Geraldga oid tarjimalarning 153 xil nashridan nusxalar qo‘yilgani ham ularning bu ishga qanchalik ahamiyat berganini ko‘rsatib turibdi.

Ana shunday bir paytda alloma Taroziyning «Kashful-lisam ar-ruboiyyat Umaril-Xayyom» asari o‘sha davrdagi jamoatchilik fikri, olim va shoir, tarixchi, sharqshunoslarga, qolaversa, madaniy mustamlakachilik siyosatiga qarshi katta inqilob edi. Muallifning o‘g‘illari doktor Abdulloh Mubashshir Taroziyning aytishicha, otalari bu kitobni yozishdan oldin Qohiradagi ilmiy anjumanlardan birida xuddi shu mavzuda ma’ruza qilganlar. U kishi gaplarini tugatganda hamma jim turavergan. Chunki ma’ruzachini qo‘llaylik deyishsa, u hozirgacha bo‘lgan gaplarga butunlay teskari gaplarni aytdi. Tanqid qilaylik deyishsa, hujjatlari shunchalik kuchliki, unga qarshi og‘iz ochib bo‘lmaydi. Faqat boshqa yerda qilingan ikkinchi ma’ruzadan keyingina alloma Taroziyni qo‘llay boshlashdi va u kishidan bu borada kitob ta’lif etishni iltimos qilishgan.

Bu kitobning nashr etilishi Islom olami madaniy hayotida katta voqeaga aylandi. Ko‘pchilik u kishini qo‘llab kitob, maqolalar yozishdi. Eronlik mashhur adabiy tanqidchi olim Aliy Dashtiy, ustoz Said al-Omudiy, ustoz Anvar Jundiy, ustoz Abdullatif al-Javhariy va boshqalarning asarlari shular jumlasidandir. Ba’zi olimlar alloma Taroziyning «Kashful-lisam ar ruboiyyat Umaril-Xayyom» kitobini yangi asrdagi islomiy uyg‘onishga sabab bo‘lgan o‘ttiz kitobning biri, deb hisoblashadi.

Ilmiy tajribalar ham alloma Taroziyni yoqlab chiqdi. Qohirada chiqadigan «Al-Ahrom» gazetasining 1978 yil 6 dekabr sonida «Londondagi Umar Xayyom ruboiyoti qo‘lyozmasi soxta ekan» degan xabar bosildi. Unda quyidagilar bayon qilinadi: «Ilmiy tekshirishlar Londondagi Kembrij dorulfununida saqlanayotgan «Umar Xayyom ruboiyoti» deyilgan qo‘lyozmalar soxta ekanini isbotladi. Bu qo‘lyozmalar milodiy 1200 sanada yozilgan deb hisoblanar edi. U ko‘p yillardan beri ilmiy izlanishlarga asos bo‘lib keldi. Endi esa bu ruboiylar yuz yil avval yozilgani ma’lum bo‘ldi. Kembrij dorulfununi bu qo‘lyozmalarni ularni Erondan topgan marhum ustoz Artur Arbortisdan sotib olgan edi».



Ehtimol, ushbu ilmiy tekshirish va e’longa ham alloma Taroziyning kitoblari sabab bo‘lgandir. Shu joyda «Har bir narsada aniqlik bo‘lishini da’vo qiladigan g‘arbliklar, ushbu ruboiyotni nashr etib, shov-shuv ko‘tarishdan oldin tekshirishsa bo‘lmasmidi?» degan savol paydo bo‘ladi. Taassufki, bu toifa aniqlikni ham faqat o‘z foydasiga bo‘lishini xohlaydi. Bir guruh rus olimlari, keyinroq sovet olim va shoirlari ham ushbu yolg‘onga munosib hissa qo‘shishgan. Lekin yolg‘on fosh bo‘lganidan keyin, o‘z odatlaricha, haqiqatni e’tirof etib, xalqqa yetkazishgani yo‘q. Ilm omonat narsa, unga xiyonat qilmaslik zarur. Ushbu maqolada zikr etilgan ilmiy bahsning sohibi alloma Taroziy arab, fors, turk tillarini yaxshi bilgan, olim inson bizning ulug‘ vatandoshimiz ekani bilan faxrlanishdan tashqari, u kishi ochgan haqiqatni insonlarga yetkazish ham kerak, deb o‘ylayman.
Download 23,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish