Yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzil


Sana01.01.1970
Hajmi
#953560
Bog'liq
Yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzil

2022-2024 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi


TOSHKЕNT, 25-yanvar. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidentning «2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Mamlakatimizning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini izchil rivojlantirish, qishloq va mahallalarni yanada obod qilish, joylarda qulay tadbirkorlik va investitsiya muhitini shakllantirish uchun 2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi.


Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
-2022 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari hamda 2023-2024 yillar uchun maqsadli mo‘ljallar;
-2022 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish doirasida moliyalashtiriladigan yo‘nalishlarning asosiy parametrlari;
-2022 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’ektlarini ishga tushirish va yangi quvvatlar yaratishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda 2023-2024 yillar uchun maqsadli mo‘ljallar;
-2022 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar;
-2022 yilda ma’muriy, muhandislik-infratuzilma, alohida muhim va toifalangan ob’ektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxat;
-2022 yilda huquqni muhofaza qilish va mudofaa ob’ektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxat;
-2022 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan ob’ektlar ro‘yxati.
Hujjat bilan, shuningdek, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzildi. Kommissiya oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi.
-Dasturda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
-loyihalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkor hal etish choralarini ko‘rish va mas’ul rahbarlarning bu boradagi ishlari ustidan tizimli nazorat o‘rnatish;
Dastur ijrosi har oyda muhokama qilinib, loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, mablag‘larni maqsadli sarflash va ularning natijadorligini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisoboti eshitib boriladi.
Qaror bilan O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida rejalashtirilgan mablag‘larni ichki manbalar hisobidan jalb qilingan qarz mablag‘larini, xorijiy kreditlarni va ular bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarini qoplashga, shuningdek, ob’ektlar qurish uchun kreditlar ajratishga yo‘naltirish taqiqlanadi.
Bunda avval qabul qilingan tegishli qarorlar doirasida kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va foiz to‘lovlari respublika budjetida davlat qarziga xizmat ko‘rsatish uchun rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Dasturga kiritilgan hududiy loyihalar (ob’ektlar) bo‘yicha loyiha hujjatlariga asosan kapital qo‘yilmalar limitlari yetishmagan taqdirda, ularni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bilan bog‘liq asoslantirilgan qo‘shimcha xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlariga asosan tegishincha Qoraqalpog‘iston budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning ma’muriy binolarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha yangidan boshlanadigan loyihalarni O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish taqiqlanadi.
Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish