90 savol Agentlikning vazifalari va funksiyalari



Download 21,65 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi21,65 Kb.
#832532
Bog'liq
90-120


90 savol Agentlikning vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
sug‘urta bozorining ishlashi va uning professional ishtirokchilari faoliyati ochiqligi va shaffofligini, shu jumladan sug‘urta faoliyati sohasidagi statistik va moliyaviy ko‘rsatkichlarni muntazam e’lon qilish yo‘li bilan ta’minlash;
sug‘urta xizmatlari iste’molchilari va sug‘urta munosabatlarining boshqa ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, aholining sug‘urta bozoriga ishonchini oshirishga va jamiyatda sug‘urta madaniyatini rivojlantirishga ko‘maklashish;
sug‘urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan chet elda, shuningdek, xalqaro darajadagi ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etishga ko‘maklashish;
sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati, sug‘urta zaxiralarini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha majburiy normativ va talablarni belgilash, shuningdek, samarali sug‘urta faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan sug‘urta faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan normativ va talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash, aktuariylar faoliyatini sertifikatlash;
sug‘urta bozorining holati va uning professional ishtirokchilari faoliyatining hisobi va hisobotini yuritish, masofaviy nazorat qilish va tezkor onlayn-monitoringini olib borish bo‘yicha integratsiyalashtirilgan axborot tizimini shakllantirish va yuritish;
aholi va tadbirkorlik subyektlarining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan sug‘urta xizmatlarining talab yuqori bo‘lgan an’anaviy turlarini rivojlantirishga va yangi turlarini joriy qilishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi faoliyati sohasida sug‘urta himoyasini kuchaytirish;
xorijiy davlatlarning o‘xshash tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan sug‘urta faoliyati sohasida hamkorlikni tashkil etish.
8. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) sug‘urta bozorining ishlashi va uning professional ishtirokchilari faoliyati ochiqligi va shaffofligini, shu jumladan, sug‘urta faoliyati sohasidagi statistik va moliyaviy ko‘rsatkichlarni muntazam e’lon qilish yo‘li bilan ta’minlash sohasida:
respublikada sug‘urta faoliyati holati va rivojlanishi tendensiyalarini tahlil qiladi;
ommaviy axborot vositalari orqali sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;
sug‘urta faoliyati sohasida statistik va moliyaviy ko‘rsatkichlarni e’lon qiladi;
noshirlik faoliyatini amalga oshiradi;
b) sug‘urta xizmatlari iste’molchilari va sug‘urta munosabatlarining boshqa ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, aholining sug‘urta bozoriga ishonchini oshirishga va jamiyatda sug‘urta madaniyatini rivojlantirishga ko‘maklashish sohasida:
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan aholi o‘rtasida sug‘urta xizmatlaridan xabardorlik va fuqarolarning sug‘urta savodxonligini oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
ommaviy axborot vositalarida sug‘urtalovchilar tomonidan ijtimoiy xarakterdagi, shu jumladan, sug‘urtaning ustunliklari, sug‘urta tovonlarini to‘lash tartibi va sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish ishlarini tashkil qiladi;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha fuqarolar va yuridik shaxslarning takliflari, shikoyatlari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi;
v) sug‘urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan, chet elda oshirishni ta’minlash, malaka oshirishni, shuningdek, xalqaro darajadagi ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etishga ko‘maklashish sohasida:
Agentlik mutaxassislarini va sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari mutaxassislarini tegishli malaka oshirish kurslariga, shu jumladan, xorijga yuborish orqali kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
xalqaro darajadagi ekspertlar va mutaxassislarni jalb etgan holda sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha seminarlar, konferensiyalar va forumlar tashkil qiladi;
g) sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati, sug‘urta zaxiralarini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha majburiy normativ va talablarni belgilash, shuningdek, sug‘urta faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish sohasida:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan vaqtdan boshlab sug‘urta munosabatlarining barcha ishtirokchilari uchun bajarilishi shart bo‘lgan sug‘urta faoliyatiga oid qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha uslubiy materiallarni ishlab chiqadi;
sug‘urtaning majburiy turlari bo‘yicha sug‘urta qilish qoidalari (shartlari) va sug‘urta tariflari belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
d) sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan sug‘urta faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan normativ va talablarga rioya etilishini nazorat qilish sohasida:
sug‘urta bozori ishtirokchilari uchun belgilangan to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari va boshqa moliyaviy barqarorlik talablari ta’minlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sug‘urtalovchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va ularning hisobotlari to‘g‘riligini, shuningdek, to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlarini hamda boshqa moliyaviy barqarorlik talablari ta’minlanishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni hisobga olish va tahlil qilish dasturini amalga oshiradi;
e) sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash, aktuariylar faoliyatini sertifikatlash sohasida:
sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilishi haqidagi arizani qabul qiladi, uni ko‘rib chiqadi va litsenziya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya beradi;
sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
aktuariylar malaka sertifikati berilishi yuzasidan taqdim etgan hujjatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqadi va malaka imtihoni yakunlari asosida malaka sertifikatini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
aktuariy malaka sertifikatini beradi;
sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi.
j) sug‘urta bozorining holati va uning professional ishtirokchilari faoliyatining hisobi va hisobotini yuritish, masofaviy nazorat qilish va tezkor onlayn-monitoringini olib borish bo‘yicha integratsiyalashtirilgan axborot tizimini shakllantirish va yuritish sohasida:
monitoring qilish axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali sug‘urtalovchilarning haqiqiy sug‘urta mukofotlari hajmlarini nazorat qiladi;
z) aholi va tadbirkorlik subyektlarining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan sug‘urta xizmatlarining talab yuqori bo‘lgan an’anaviy turlarini rivojlantirishga va yangi turlarini joriy qilishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi faoliyati sohasida sug‘urta himoyasini kuchaytirish sohasida:
o‘z vakolati doirasida sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari ishini metodik ta’minlaydi;
aholi va tadbirkorlik subyektlarining sug‘urta bozoridagi o‘sib borayotgan talablarini ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi faoliyati sohasida sug‘urta himoyasini kuchaytirish ishlarini tashkil qiladi;
i) xorijiy davlatlarning o‘xshash tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan sug‘urta faoliyati sohasida hamkorlikni tashkil etish sohasida:
sug‘urta masalalari bo‘yicha halqaro shartnomalar va bitimlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi hamda mahalliy sug‘urta tashkilotlarining boshqa mamlakatlar sug‘urta kompaniyalari bilan xalqaro hamkorligini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Agentlik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
91
Download 21,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish