9-mavzu. Ommaviy axborot vositalari



Download 38,93 Kb.
bet1/3
Sana11.01.2022
Hajmi38,93 Kb.
#340406
  1   2   3
Bog'liq
9-mavzu

9-mavzu. Ommaviy axborot vositalari


Ishongan kishiga so‘z aytmoq kerak, Ishonchli so‘zini chin etmoq kerak.

O‘qish uchun material

Ommaviy axborot vositalari

Ommaviy axborot vositalari (OAV) – bu har bir kishiga maxsus texnika vositalari orqali xilma-xil, ochiq, rasmiy ma’lumotlarni yetkazib berish muassasalari. Ular davriy matbuot, televideniye, radio, kino, ovoz yozish, internet va boshqa turdagi muassasa, vositalardan tarkib topadilar.

Jamiyatda rivojlangan, demokratik prinsiplar asosida tashkil etilgan, siyosiy voqea-hodisalarni xolis yoritib bera oladigan OAVning mavjudligi demokratik davlat taraqqiyotining, samarali boshqaruvning kafolatidir. Agar axborot vositalari jamiyat siyosiy tizimida ana shu vazifani chin sadoqat, prinsipiallik bilan bajara olmasa, demokratiyaga katta putur etkaziladi, u hukmron guruh, qatlamlarning yashirin o‘yin, hiyla-nayranglari uchun xizmat qiladi, qadrsizlanadi.

Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo‘lib kelgan.

Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari, jumladan matbuotga e’tibor nihoyatda oshdi. Matbuotning davr talabiga javob berishi, dolzarb muammolarni aks ettirishi, ularning yechimini ko‘rsatishi, ommani operativ axborot bilan ta’minlashi, o‘z zimmasidagi vazifalarni munosib bajarishi, umuman, “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga ko‘tarilishi ko‘p jihatdan jurnalistlarning kasbiy mahoratiga, til materiallaridan o‘rinli va oqilona foydalana olish qobiliyatlariga bog‘liq.

Ommaviy axborot vositalari orasida radio va televideniyening o‘ziga xos o‘rni bor. Ular kishilarni axborot bilan ta’minlashdan tashqari til madaniyati va ma’naviyatini egallashda, nutq madaniyati va mahoratini oshirishda eng muhim ko‘rgazmali vosita sanaladi.

Jurnalist – asosiy faoliyati jurnalistika bilan shug‘ullanish bo‘lgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali ommaviy axborot vositalarini axborot bilan to‘ldiruvchi shaxs. Jurnalistlar, asosan, publitsistik faoliyatga yo‘nalgan bo‘lib, ular o‘z oldiga ma’lum ijtimoiy fikrni shakllantirish, shuningdek, davlat hokimiyatining u yoki bu qaror va harakatlariga tahrirlovchi sifatida ta’sir qilish va nashr, radio yoki

telekanal ta’sischilari belgilagan chegaralar doirasida jamiyat va davlat o‘rtasidagi vositachi bo‘lishni maqsad qiladilar.

Muxbir (arab. – xabar beruvchi, xabarchi) –


  1. tahririyat tarkibida jurnalist sifatida xizmat qiluvchi xodim;

  2. bevosita tahririyatda ishlamaydigan, ammo ommaviy axborot vositalarida muntazam ijodiy hamkorlik qiluvchi shaxs;

  3. boshqa ommaviy axborot vositalarida chiqish uyushtiruvchi gazeta, jurnal, nashriyot, radio, televideniye tahririyatlarida faoliyat olib boruvchi xodim.

Jurnalist – muxbir, reportyor (axborot-yangiliklar xizmati xodimi) va sharhlovchiga teleoperator, produser va boshqa texnik xodimlari yordam berishi mumkin.

Ommaviy axborot vositalari fotografi (suratkashi) reportyor yoki muxbir bilan birgalikda ishlashi yoki mustaqil ravishda o‘z nashri uchun fotoreportajlar tayyorlashi mumkin. Bu jarayonda u fotojurnalistga aylanishi mumkin.

Lug‘at

muxbir – корреспондент

tahririyat – редакция

nashr – издание yangiliklar – новости maqola – статья, заметка

Suhbat matni

Sevimli gazetam

Har kuni uni varaqlayman. Darsdan qaytgach, u bilan birpas mashg‘ul bo‘laman. U orqali tengdoshlarim hayoti va qiziqishlari, dunyoda ro‘y berayotgan voqealar, ajoyib xabarlar bilan tanishaman. Shuning uchun uni qiziqib o‘qiyman. Bu “Turkiston” gazetasi. U mening sevimli gazetam. Har yili unga obuna bo‘laman. Bu gazetada tengdoshlarimning hayoti, o‘qishi va qiziqishlariga oid ko‘p maqolalar bosiladi. Bunday maqolalarni o‘qishni juda yoqtiraman. Yaqinda buxorolik do‘stim o‘qiydigan kollejda o‘tkazilgan “Mohir qo‘llar” tanlovi natijalari to‘g‘risidagi maqolani o‘qib qoldim. Nodir ismli bu do‘stim ganjdan ajoyib maket yasab, tanlov g‘olibi bo‘libdi. Darrov unga elektron pochta orqali tabrik yozdim. Ana shunaqa, gazeta juda kerakli narsa. Ayniqsa, gazetaning to‘rtinchi sahifasida dunyo yoshlarining qiziqarli faoliyatlari haqida ixcham xabarlar ko‘p bo‘ladi. Madaniyat va sport xabarlarini ham shu gazetadan o‘qib olaman. Xullas, bu gazeta men uchun qadrli bo‘lib qolgan.

Tarjima mashqi

Средства массовой информации

Настоящее время принято называть информационным веком, ведь сегодня информация – это одна из самых главных ценностей. И ее создание и распространение – дело рук средств массовой информации.

Как мы уже отметили роль СМИ в жизни общества неоценима. Сегодня мы можем очень быстро получать информацию о происходящем. Без СМИ сложно представить какую-либо сферу жизни. СМИ играют важную роль в формировании общественного мнения. По статистике люди больше верят увиденному и услышанному. СМИ охватывает огромные объёмы информации – практически все сферы деятельности человека.

Различные средства массовой коммуникации и развлечения: газеты, журналы прочие печатные издания, телевидение, радио и кино. Обычно на первое место выдвигаются развлекательные программы СМИ: именно они позволяют привлечь инвестиции, приносят доход и обеспечивают (и сохраняют) аудиторию.

Журналистика

Журналистика – один из видов человеческой духовной культуры. Журналистика существует наряду с такими понятиями как театр, кино, литература и т.д., однако в отличие от них она является более живым, более народным, более особенным. Продукт журналистики воспринимается массовой аудиторией, и по силе своего влияния она не сравнима с видами культуры. Термин

«журналистика» употребляется очень часто в разных сферах и аудиториях. Любой человек, по мере возможности, читает газеты, смотрит телевизор, слушает радио.

Журналистская информация должна быть социально-значимой, а также современной, новой. Именно такая информация воздействует на мышление, духовный мир человека и вызывает определенные реакции.

Самая главная задача журналистики – создать и донести информацию в массы. Она может быть разной, но должна быть обще-интересной, современной, прогрессивно содержательной. Журналистика создает историю современности. Она функционирует вместе с обществом. Это творческая профессия.

Grammatik ma’lumot. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari. Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir. Publitsistik uslubning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo‘lish, hozirjavoblik,

ta’sirchanlik belgilariga ega.

Publitsistik uslub siyosiy-ijtimoiy doiradagi munosabatlar uchun xizmat qiladi. Bu uslubning yozma turiga publitsistik maqolalar, feleton, murojaatnoma, xatlar, chaqiriqlar kirsa, og‘zaki turiga notiqlik kiradi. Bunda, albatta, radio va televideniening o‘ziga xos o‘rni bor. Bu uslub, avvalo, tashviqot va targ‘ibot uslubi bo‘lganligi uchun ham unda siyosiy faollik, o‘tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy mulohaza va dalillar bilan tushuntirish, isbotlash kabi belgilar ustunlik qiladi.

Shunga ko‘ra publitsistik uslubda yozma nutqqa xos xususiyatlar ham, badiiy uslubga xos belgilar ham o‘zaro uyg‘unlashadi. Bu uslubda hayotiy voqea va dalillar oddiygina qayd qilinmay, jo‘shqin va haroratli misralarda ifodalanadi, ulardan umumiy xulosalar chiqariladi hamda muhimi, xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish orqali o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatiladi.

Publitsistik uslubga amal qilinadigan manbalar orasida, ayniqsa, matbuot, ya’ni gazeta va jurnallarning alohida o‘rni bor. Chunki gazeta va jurnallarning materiallari adabiy tilning o‘ziga xos ko‘zgusi hisoblanadi. Berilgan rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, bosh maqolalardagi fikrlar kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi va har bir xabar, ma’lumotga ta’sirli, uning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo‘yiladi-ki, bu hol o‘quvchining diqqatini jalb qilishga xizmat qiladi. Gazeta tilining adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan holda yozilishi, gazetani barcha yoshdagi insonlarning mutolaa qilishi uning savodxonlik, nutq madaniyati va mahoratini egallashda o‘rni beqiyos ekanligini ko‘rsatadi.

Publitsistik uslubning asosiy xususiyatlaridan yana biri tilning yangi so‘z va iboralar bilan boyib borishiga sabab bo‘ladi. Jamiyat rivoji, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zaro aloqalar tufayli boshqa tillardan kirib kelgan so‘z va birikmalarning ommalashishiga, o‘zlashishiga ham sabab bo‘ladi.


Download 38,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish