9-mavzu. Ommaviy axborot vositalari



Download 38,93 Kb.
bet3/3
Sana11.01.2022
Hajmi38,93 Kb.
#340406
1   2   3
Bog'liq
9-mavzu

kishilik jamiyati, ma’naviy qudrat, so‘nmas mash’al, aql karvoni, ilm shaydolari, taraqqiyot qonuniyatlari, tabiat sirlari, jumboq
Tarjima mashqi

ЮНЕСКО


ЮНЕСКО – это Организация Объединенных Наций по вопросам образования, науки и культуры (UNESCO, United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization). Это межправительственная организация, специализированное учреждение ООН. Устав ЮНЕСКО был принят на Лондонской конференции в ноябре 1946 года после сдачи на хранение актов о его принятии двадцатью подписавшими его государствами. В настоящее время членами Организации является 191 государство. Местопребывание – Париж. Основная цель ЮНЕСКО — содействие укреплению мира и безопасности путём расширения сотрудничества народов в области образования, науки и культуры в интересах обеспечения всеобщего уважения, справедливости, соблюдения законности и прав человека, а также основных свобод,

провозглашённых в Уставе Организации Объединённых Наций, для всех народов без различия расы, пола, языка или религии.


Grammatik ma’lumot. Til va terminologiya

Terminologiya keng ma’noda birinchidan, leksikaning bir sohasi – muayyan, fan, texnika, ishlab chiqarish tarmog‘ining san’at, ijtimoiy faoliyat sohasining tegishli tushunchalar tizimi bilan bog‘liq terminlari majmuidir; ikkinchidan, tilshunoslikning terminlarni o‘rganuvchi sohasidir.

Terminologiya tor ma’noda ma’lum bir sohaga oid maxsus leksika.

Masalan, fizika terminologiyasi, mashinasozlik terminologiyasi kabi.

Terminologiyaning rivojlanishi, boyish yo‘llari har xil: boshqa tillardan so‘z olish, yangi so‘z yasash va boshqalar. Bugungi kunda o‘zbek terminologiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan so‘z olish va ichki so‘z yasash hisobiga ro‘y bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barqarorligini belgilovchi asosiy omil uning tartibga solinganligi va muntazamliligidir. Terminologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va ko‘p ma’nolilik tilning boyligi bo‘lsa terminologiyada bular salbiy hodisa hisoblanadi. Masalan, birgina tushunchani ifodalash uchun o‘zbek tilida yarimo‘tkazgich - chalao‘tkazgich - nimo‘tkazgich terminlari qo‘llanmoqda. Bu, o‘z navbatida, o‘qish-o‘qitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi.

Terminlarni mumkin qadar milliylashtirish, tilimizning ichki imkoniyatlaridan atamalar yaratishda unumli foydalanish, shu bilan birga, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-texnik taraqqiyotimizga doir yangi tushunchalarni ifodalovchi chet tilidan kirib kelgan atamalarni ham zarur hollarda qabul qilish hozirgi atamashunosligimizning bosh tamoyili sanaladi. Shuning uchun ham xalq orasida keng iste’molda bo‘lgan radio, aeroport, institut, avtobus, telefon, samolyot kabi atamalar tilimizda saqlab qolindi. Shuningdek, iqtisodiy hayotimizda buyuk burilishlar bo‘lganligi sababli, ana shu reallikni ifodalovchi qator chet tilidan kirgan atamalar tayyor holda qabul qilindi: birja, diler, aksiya, audit, auditor kabi. Ana shu yo‘llar bilan atamalar izga solinmoqda.


Topshiriq. Turli sohaga oid atamalardan misollar keltiring va ularni guruhlarga ajrating.

Topshiriq. O‘z sohangizga oid terminlarni yozing va ularning ma’nosini izohlang.

  • Test topshiriqlari

  1. Qaysi javobda atamalar ta’rifi berilgan?

  1. aytilishi va yozilishi bir xil, ammo ma’nosi har xil so‘zlar

  2. shakli har xil, ammo ma’nosi bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar

s) qarama-qarshi ma’noli so‘zlar

d) ilm-fan, texnika, san’at, kasb-hunarga oid so‘zlar



  1. Atamalar berilgan qatorni toping

a) narvon, shoti, sarlavha b) o‘lpon, botmon

s) jarida, firqa, ulus d) kub, kvadrat, integral



  1. Qaysi gapda achchiq so‘zi o‘z ma’nosida qo‘llangan?

a) Bu achchiq haqiqat edi b) Achchiq-chuchuk tayyorlang, qizim

s) Achchig‘ing chiqmasin, bolam d) Qalampir taomni achchiq qilib yubordi



  1. Ilmiy atamalar berilgan qatorni toping

a) grammatika, maxraj, nizom b) dehqon, ishchi, kamqonlik, osh

s) xodim, parda, ketmon, kitob d) hayvon, yirtqich, ot, qalam



  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi № PQ-3775 sonli qarori qachon qabul qilindi?

a) 2018 -yil 5-iyunda b) 2018-yil 4-iyunda

s) 2017-yil 27-martda d) 2017-yil 22-yanvarda



Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Jahondagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari haqida nimalarni bilasiz?

  2. Hozirgi kunda ta’lim tizimida jahon tajribasini o‘rganish biz uchun nimaga kerak?

  3. Atama qanday hosil qilinadi?

  4. Atamalarning umumxalq so‘zidan qanday farqi bor?

  5. Mutaxassisligingizga oid qanday atamalarni bilasiz?

Uyga vazifa. O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining nomlarini qisqartma otlar shaklida yozing.





Download 38,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish