8-Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlarga javoblar
1.Ong, uning mohiyati va jihatlari haqida so’zlab bering.
- Sharq falsafasi va islom ta’limotiga ko'ra, ong Alloh tomonidan insonga in’om qilingan ruhning zahuroti, u o‘lmas va abadiydir. Nemis faylasufi Gegelning fikricha, ong «mutlaq g‘oya», tabiat va jamiyatdagi barcha hodisalaming asosini, zaminini tashkil etadigan hodisa. Ilmiy falsafa ta’limotiga muvofiq, ong jonli tabiatning (oliy shakli bo’lgan) inson miyasining mahsulidir. Uning xususiyati voqelikni aks ettirishdan iboratdir. Ong miyadan tashqarida bo’lishi mumkin emas. Ong miyaning faoliyati, uning ruhiy funktsiyasi, miya esa fikrlash a’zosi, moddiy narsa. Ilmiy falsafa ong - inson miyasining funksiyasidir, bu funktsiyaning mohiyati esa borliqni mavjud narsalarni in’ikos ettirishdan iboratdir, deb tushuntiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |