6. Yuksak ongning inson bunyodkorlik faoliyatiga ta’siri haqida nimalar deya olasiz?
- Inson jamiyat qonunlarini, o'z hayoti sharoitlarini bilib olgan, ma’lum maqsadga qaratilgan faol amaliy ko'rsatkichlar yo'li bilan ijtimoiy muhitni, jamiyatni o'zgartira oladi. Inson faqat sharoit va tarixning mahsuligina bo'lmay, balki ulami yaratuvchi hamdir. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida inson rolining kuchayib borayotganligi muammosining bir necha jihatlari bor. Bir tomondan, u ijtimoiy ishlab chiqarish xodimini kamol toptiradi, uni rag‘batlantiradigan omillarni belgilab beradi. Ikkinchi tomondan, odamlaming mehnat g'ayrati malakasini oshirishga qayta ta’sir qiladi, uning taraqqiyotini jadallashtiradi. Jamiyat taraqqiyoti haqidagi har qanday g‘oyalar avvalo, insonning ijtimoiy tafakkurida shakllanadi, keyin e’tiqodga aylanib, faoliyatiga yo'nalish beradi. Insonning har qanday amaliy faoliyati, mehnati - ma’rifiy, tarbiyaviy, mafkuraviy tadbirlar asosida amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |