8-Mavzu: Qadimgi va ilk o’rta asrda Eron. Mil avv. III ming yillikda Eron. Elam – Midiya davlatlari



Download 33,83 Kb.
Sana26.11.2022
Hajmi33,83 Kb.
#872943
Bog'liq
8-mavzu


8-Mavzu: Qadimgi va ilk o’rta asrda Eron.
1. Mil.avv. III ming yillikda Eron. Elam – Midiya davlatlari va madaniyati.
2. Ahamoniylar davrida Eron. Ijtimoiy-iqtisodiy institutlar, mazdakiylik, Ahmoniylar davrida Eron madaniyati.
3. Parfiya va Sosoniylar davrida Eronning iqtisodiy- ijtimoiy ahvoli. Adabiyot va san’at.
Eron hududlarida, ayniqsa, uning g’arbida mil.avv. VIII-VI ming yilliklarda dehqonchilik madaniyatlari (Tepa-Go’ron, Sarob) shakllandi. VI- V ming yilliklarda esa ishlab chiqaruvchi xo’jalik tarmoqlari Eron platosi, Dashti-Lut va Dashti Kabir cho’llarining shimoli va janubida shakllandi. Mil.avv. VI ming yillikda mis qurollardan keng foydalanildi. Suza hududlaridan topilgan pichoqlarda (mil.avv.3000 y.) omochning tavsiri tushirilganligi, bu hududlarda mil.avv. IV ming yillik oxiridan boshlab sun’iy sug’orishga o’tilganidan dalolat beradi. Janubiy-G’arbiy Eronning bu o’lkasini shumerlar Nim, vavilonliklar va ossurlar Elamtu, ya’ni tog’li mamlakat deb ataganlar. Elamliklarning o’zlari esa Xatamtu deb nomlaganlar. Mil.avv. III ming yillikda Avon, Anshon, Simash, Kimash davlatlari tashkil topadi. Ular keyinchalik Suza davlati qo’l ostida birlashtiriladi. Elam Mesopotamiyaning sharqdagi yirik savdo-sotiq markazlaridan biri edi.
Elam yozuvi namunalari Yahyotepa yodgorligidan topilgan. Yozuv piktograflardan iborat bo’lgan. Elamning mil.avv. III-II ming yillikdagi tarixi Mesopotamiya bilan bog’liq bo’lgan. XXIV-XXIII asrlarda Elam Akkad davlatiga qaram bo’lib qoladi. XXII asrda Kutik-inshushinak Elamni birlashtiradi. Lekin tez orada gutiylar ta’siriga tushib qoladi. Podsho Kutir-Naxxunte I (1730-1700 yy.) davrida Elam yana bir bor Mesopotamiyaga bostirib kiradi. Elamni Shumercha Sukkalmax (buyuk xudo tomonidan yuborilgan) boshqargan va Suzada yashagan. Podshoning ukasi Sukkalom (yuborilgan) deb atalib, ikkinchi poytaxt Simashda yashagan. Podsho o’lgach, u
taxtga o’tirish huquqiga ega bo’lgan. Uchinchi pog’onada Suza shahri hokimi turgan bo’lib, u oddiy hokim unvonida yurgan. Kichikroq viloyatlarni Adda (otalar) boshqarganlar. Albatta, ular podsho oilasi va unga yaqin kishilardan tayinlangan. Elam podsholari o’z opa-singillariga uylanganlar. Taxminan mil.avv.1180 yilda Elam podshosi Shutruk-naxunta I Vavilionni bosib olib, o’ljalar bilan birga Xamurappi qonunlarini ham Suzaga olib ketadi. Mil.avv.1115 yilda Vavilion podshosi Navoxudonosor I Elamga o’nglanmas zarba beradi. Elam Bobilga 300 yil davomida qaram bo’lib qoladi. VIII asrda Elam Ossuriyaga qarshi kurashga qo’shiladi, biroq mil.avv. 720 yilda qaqshatqich mag’luibiyatga uchraydi. Mil.avv. 692 yilda Vavilion bilan birgalikda Ossuriyaga qarshi kurashib Xalum degan joyda Ossur qo’shinlarini yenggan elamliklar ham kuchsizlanib qoladilar. Ossur-Elam urushi mil.avv. 639 yilda Elamning mag’lubiyati bilan tugaydi.
Mil.avv. III ming yillikda Elamda jamoa tartiblari ustunlik qilgan bo’lsa, mil.avv. II ming yillikda qulchilik institutlari rivojlanadi. Xususiy ibodatxona yer egaligi ko’payadi. Elam jamiyatida boshqa sharq jamiyatlaridan farqli ayol kishi sud guvohligiga o’ta olar, hatto davlat mansablarini egallashi mumkin bo’lgan. Taxminan mil.avv. 1200 yilda podsho Sirtux onasini Suza shahri hokimi etib tayinlangan. Elam jamiyatida qizlar o’g’illar bilan birga merosxo’r hisoblangan.
Taxminan mil.avv. 3000 yillar atrofida Elam yozuvi shakllangan bo’lib, piktografik yozuvda asosan 150 dan ortiq belgilar bo’lgan. Bu yozuvlarni hali o’qib bo’linmagan. III ming yillik o’rtalarida 80 belgidan iborat chiziqli bo’g’inli yozuv shakllangan. Bu yozuv mil.avv.XXIII asrda keng tarqalgan. Mil.avv. II ming yillik birinchi yarmida Vavilion yozuvi kirib keladi va mil.avv. V asrgacha elamliklar undan foydalanadilar. Elamning diniy markazi Suza shahri bo’lib, oliy xudo Pinikir (buyuk ma’buda) bo’lgan. U yer homiysi xudolar onasi bo’lgan. Inshushinak esa, Suza homiysi bo’lgan. Quyosh xudosi Naxxunte kun yaratuvchisi bo’lib hisoblangan. Bundan tashqari napira-oy, shozi-suv, nusku-olov, narunde-g’alaba xudosi hisoblangan. Naram-suen (akkad podshosi) bilan podsho Xita shartnomasida (mil.avv. 2230 y.) 37 ta Elam xudolari sanalgan. Xudolar sharafiga o’tkazilgan tantanalarda ko’plab musiqachilar qatnashgan. Bunday tartibdagi musiqachilar ham ibodatxona ruhoniylari bo’lgan.
Elam sopollarida mil.avv. IV ming yilliklardayoq geometrik chiziqlar, qushlar, hayvonlar, insonlar tasvirlangan. III ming yillikda esa grifonlar, qanotli sherlar, shaytonlar tasvirlari paydo bo’ladi. III-II ming yillikdagi Elam madaniyatidagi Mesopotamiya madaniyatining kuchli ta’siri sezlib turadi. Elam haykaltaroshligining oliy namunasi 1800 kg og’irlikni tashkil qiluvchi malika Napirosu haykali hisoblanadi. Elam arxitekturasida mil.avv. XIII asrga oid Dur-untash shahrida qurilgan zikkurat noyob yodgorlik bo’lib, to’rt qavatli zikkurat kirish eshigida xudolar, podsholar, sherlar haykali bilan bezatilgan. 42 metr balandlikni tashkil etgan zikkuratning pastki qavati 105 metr uzunlikka ega.
Midiya Eronning g’arbiy qismida joylashgan tarixiy viloyatdir. Mil.avv. III-II ming yilliklarda o’troq hayotga o’tish jarayoni bo’lib, dastlabki aholi elam, Kassiy, gutey, xurrit tillarida gaplashgan. Ayrim olimlar sharqiy Yevropa chorvador aholisi Kavkaz orqali Eronga kirib kelgan eroniy qabilalar mil.avv.XII-XI asrlarda butun Eron hududlariga tarqalgan deb hisoblaydilar. Lidiya hududlariga mil.avv. IX asrdan Ossur qo’shinlari o’lja olish maqsadida bosqinchilik yurishlari qilganlar. Urartu davlati kuchaygach, Rusa I 22 manney (Midiya) knyazlarini mil.avv. 716 yil mag’lub etadi. Dayakku ismli manney podshosini urartuga o’lpon to’lashga majbur qiladi. Mil.avv. 715 yilda esa Sargon II Dayakkuni asir olib hokimiyatdan chetlatadi. Mil.avv. VIII asrda kimmeriylarning va mil.avv. VII asr boshlarida skiflar hujumi urartu va Ossuriyaning kuchsizlanishiga sabab bo’ladi.
Mil.avv. 673 yilda lidiyaliklar Ossurlarga qarshi qo’zg’olon ko’taradi. Qo’zg’olonga Kashtariti boshchilik qilib, mustaqil Midiya davlati tuziladi. Mil.avv. 653 yilda Midiya Ossuriya ustiga qo’shin tortadi. Lekin skiflar
hujumi natijasida Kashtariti vafot etadi. Midiyada mil.avv. 653-625 yillarda skiflar hukmronlik qiladi. 625 yilda Kashtaritining o’g’li Kiaksor skiflarni quvib chiqaradi. Midiya davlatini birlashtirib Ekbatanni poytaxt qilib oladi. Mil.avv. 612 yil Kiaksar Vavilion podshosi Nabopalasar bilan birga Ossuriya poytaxti Nineviyani ishg’ol qiladi. Mil.avv. 605 yilda esa, Xarron shahri yaqinida Bobil, Midiya qo’shini, Ossur, Misr qo’shinini mag’lub etadi. Midiya mil.avv. 593 yil Urartuni, 590 yilda esa, Kichik Osiyoning katta qismini (Lidiyadan tashqari) bosib oladi. Shuningdek, Parfiya, Girkaniya, Seyistonni ishg’ol qiladi. Mil.avv. 584 yil Kiaksar vafot etadi. Uning o’g’li Astiag (584-550 yy.) Elamni istilo qildi. Lekin 550 yil yangi sulola Ahmoniylar Midiyani istilo qiladilar.
Midiya madaniyatiga Ossuriya ta’siri ko’proq seziladi. Arxitekturada (no’shijon) olov ibodatxonasi (mil.avv. VIII asrga oid) topilgan bo’lib, balandligi 185 metrni tashkil etadi. Podshoning Ekbatandagi saroyi noyob arxitektura namunasi bo’lib, yetti devor bilan o’ralgan. Lidiya mil.avv. VII- VI asrlarda Eron madaniyatining markazi bo’lgan.
Parsua qabilalari haqida mil.avv. IX asrda ilk bor Ossur manbalarida uchradi. Afsonalarga ko’ra, Parslarni mil.avv. VIII asrda ilk bora Ahamon birlashtirgan. Mil.avv. 642 yili Ossurlar Elamni bosib olgan paytda Pars podshosi Kir I Ossuriyaga bo’ysunadi. Mil.avv. 600-559 yillarda Kambiz I Midiyaga itoat etib, Astiagning qizi Mandanaga uylanadi. Rivoyatlarga ko’ra Astiag tush ko’rib, uni tadbirini so’raganda, saroy ruhoniylari singlisining o’g’li undan taxtni tortib olishini aytishadi. Astiag singlisi Mandananing o’g’lini o’ldirishga buyursada bir cho’pon uni o’z tarbiyasiga oladi. Natijada Kir II mil.avv. 558 yil bobosiga qarshi kurashib, 553 yilda uni yengadi va Midiyani bosib oladi. Fors davlati tashkil topib, tez orada Elam, Parfiya, Girkaniya, Armanistonni ishg’ol qiladi. Mil.avv. 547 yili qudratli Lidiyani bosib oladi. Kichik Osiyodagi yunon shaharlari ham fors davlatiga qaram bo’lib qoladi. Mil.avv. 539 yil Bobil ham ishg’ol etiladi. Mil.avv. 550 yil O’rta Osiyoga yurish davrida Kir II vafot etadi. Kir II vorisi Kambiz II mil.avv. 525 yilda Misrni istilo qilib, fir’avn nomini oladi. Mil.avv. 522 yilda Eronda zardusht ruhoniysi Gaumata shahzoda Bardiya nomi ostida qo’zg’olon ko’taradi. Kambiz qo’zg’olonni bostirish uchun qaytayotganda yo’lda sirli ravishda o’ldiriladi. Gaumata yetti oydan so’ng o’ldirilib, taxtga Doro I chiqadi. Ana shu qo’zg’olon davrida Erondagi ijtimoiy-iqtisodiy institutlar kurashi bo’ldi, desak xato bo’lmaydi. Patriarxal-urug’ jamoachiligidan chetga chiqib ketmagan, istilochilik yurishlaridan urug’ boshliqlari katta boylik ortirar edi. Shuning uchun ular shohlarni qo’llab-quvvatlar va uning kuchayib borayotgan despotik hokimiyatidan go’yoki tashvishga tushmas edi. Buning oqibatida oddiy jamoachilarning harbiy majburiyatlari va bo’ysundirilgan xalqlarning o’lpon to’lash majburiyati oshib borar edi. Gaumata hokimiyat tepasiga kelgach, uch yil o’lpon olishni va harbiy majburiyatni bekor qiladi. Shuning uchun uni tezda butun Eron podsho sifatida tan oladi. 11 mart 522 yil (mil.av.) va 29 sentyabrgacha, Gaumata podsholigining yetti oyida biror marta qo’zg’olon ko’tarilmaydi. Gaumata Eron va bo’ysundirilgan xalqlarning turli tabqalari orasida katta obro’ qozonish uchun harakat qilib, podsho hokimiyatini cheklanmagan huquqqa ega deb hisoblab, Erondagi taniqli urug’larga qarshi kurashdi. Shuningdek, katta qudratga erishgan ibodatxonalarga ham qarshi kurashdi. Natijada, yettita Erondagi eng aslzoda urug’lar fitna uyushtirib, Gaumatani o’ldiradilar. Taxtga Doro I o’tiradi, eski tartiblarni tiklash tarafdori bo’lganligi uchun Doro I ga qarshi Vavilion, Fors, Lidiya, Elam, Marg’iyona, Parfiya, Sattagidiya, O’rta Osiyo, Misrda qo’zg’olonlar ko’tariladi. Qo’zg’olonlar mil.avv. 522-521 yillar davomida katta qiyinchiliklar bilan bostirildi. Doro I mamlakatda siyosiy-ijtimoiy ahamiyatga ega islohotlar o’tkazdi. Mil.avv. 548 yil mamlakat satrapliklarga bo’lindi. Satrap tepasida xshatra-podsholik qo’riqchisi unvonidagi shaxs turib, u satraplikdan ma’lum miqdordagi soliqlarni podsho xazinasiga yetkazishi lozim edi. Satraplar ko’proq fuqaroviy boshqaruvga ega bo’lib, ular kumush va mis tangalar zarb qilish huquqiga ham ega edilar. Satraplardan tashqari harbiy boshliqlar mustaqil bo’lib, to’g’ridan-to’g’ri podshoga bo’ysunar edi. Mamlakatning poytaxtlari Suza, Ekbaton, Pasargardda podsho kanselyariyasi tashkil etib, aloqa xizmatlarini yuzaga keltirdi. Podshoning ko’z quloqlari nomli yashirin polisiya xizmati joylardagi satraplar, aholi kayfiyatidan shohni ogoh qiladi. Huquqiy sohada taniqli urug’ boshliqlari katta mavqyega ega bo’lgan. shuningdek, turli urug’-qabila, xalqlardan tashkil topgan davlatda odat huquqi, Bobil (Xamurappi), Misr qonunlari ham amalda qo’llanilgan.
Mil.avv. 517 yil pul islohoti o’tkazilib, 8,4 gr li oltin tangalar zarb qilina boshlandi. Fors armiyasi otlik va piyodalardan tashkil topgan bo’lib, otliq askarlar sharqiy Erondagi saklardan ko’proq olingan. Qo’shin asosini 10 ming kishini tashkil etuvchi “o’lim bilmas” askarlar tashkil etib, uning dastlabki 1000 kishilik tarkibi podshoning shaxsiy gvardiyasi taniqli urug’lar orasidan tanlab olingan. Doro I davrida tashqi siyosatda yunon-fors urushlari (mil.avv. 490-449 yy.) Eronni iqtisodiy va siyosiy jihatdan kuchsizlanishiga olib keldi. Mil.avv. 330 yilda A.Makedonskiy qo’shinlari zarbasi ostida Eron davlati qulaydi. Mil.avv. VI-IV asrlarda Eron iqtisodiyotida dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik ustun mavqyega ega bo’lgan. Misr, Suriya, O’rta Osiyo hududlaridagi Yerlar rasman podshoga tegishli bo’lib, podsho yerni ijaraga berar, ijarachilar esa, yana mayda ishlab chiqaruvchilarga berar edi. Bobilda murashu, Misrda Arshama va boshqalar shoh ijarachilari bo’lib, katta boylik to’plar edilar. Bundan tashqari podshodan yer olib harbiy xizmat o’tab berish shakli ham vujudga kelgan edi. Suvda va quruqlikda savdo-sotiq rivojlanib, Hindistondan uzoq Ispaniyagacha erkin savdo qilish mumkin bo’lgan shoh yo’lining va mil.avv. 518 yilda Skilokning hind daryosidan qizil dengizgacha suzib borgani suv yo’lining ahamiyatini ortishiga sabab bo’ldi. Qulchilik Eron davlatining o’sib borishi bilan rivojlandi. Dastlab qullar urug’chilik an’analari asosini unchalik yemirmagan bo’lsada, keyinchalik qullar (kurtash, bantak) jamiyatda katta rol o’ynay boshladilar.
Eronning qadimiy va ilk o’rta asrlar tarixida zardushtiylik dini katta rol o’ynagan. Midiyaning so’nggi podshosi Astiag davridayoq zardushtiylik davlat dini darajasiga ko’tarilgan. Shu bilan bir qatorda o’zga yurt xudolariga ham e’tiqod davom etgan. Eron davlati kuchaygan davrda ham Misr, Bobil, Finikiya, Yunon xudolariga podsho nomidan qurbonliklar qilingan, albatta, ular Axuramazdaga qilingan qurbonliklardan uch barobar kam bo’lgan. Qadimiy fors yozuvi Akkad yozuviga o’xshasada, ammo, u ko’proq alfavit yozuv bo’lib, 40 ta belgidan iborat bo’lgan. Qadimgi Eron arxitekturasi yorqin namunalari Pasargad, Persipol, Suza va boshqa shaharlarda ko’plab topilgan. Kir II daxmasi, Doro I saroyi, Eron shohlari maqbarasi bo’lgan naqshi rustam, Behistun yozuvlar va boshqa ko’plab arxitektura yodgorliklari topilgan. Ahamoniylar davrida Eron san’atiga Misr, Bobil san’atining ta’siriga qaramay, Eron san’ati o’ziga xos yo’ldan rivojlandi. Asosan realistik tasvirlarni tasviriy san’at va haykaltaroshlikda tasvirlash Eron san’atining asosiy yutug’i edi.
Mil.avv. 334-323 yillarda Eron hududini yunon-makedon qo’shinlari bosib oladi. Keyinchalik mil.avv. 250 yilgacha, salavkiylar davlati tarkibida bo’ladi. 247 yil Parfiyada dah-parx qabilalari yetakchisi Arshak salavkiylar satrapi Andragorni mag’lub etib, Parfiya davlatiga asos soladi. Parfiya davlati Mitridat I (mil.avv.171-138 yy.) davrida kuchayib, Midiya, Mesopotamiya hududlarini bosib oladi. Demetriy II salavkiylar qudratini qayta tiklash uchun qilgan harakati (mil.avv. 141y.) muvaffaqiyatsiz tugaydi. Mitridat II (mil.avv.123-87 yy.) davrida Parfiya qudratli davlatga aylanadi. Shu vaqtdan boshlab Parfiya Rimning Sharqdagi eng katta raqibi bo’lib qoladi. Mil.avv. II-I asrlardan Parfiya davlati kuchsizlana boshlaydi. Rim imperatorlari Troyan, Adrianning qo’shinlari poytaxt Ktesifongacha yetib keladi. 148-192 yillarda Vologez III davrida Parfiya Rimga qarshi javob zarbalari beradi.
Parfiya shohlari quruqlikdagi savdo yo’llari ustida hukmronlikni o’z qo’llarida saqlab qolib, qaroqchilarga qarshi kurash olib borish maqsadida maxsus qo’riqchi bo’linmalar tuzadilar. Davlat tuzilishiga ko’ra Parfiya kichik-kichik qaram podsholiklardan iborat bo’lib, knyazlar Markaziy hiokimiyatga qarshi doim kurash olib borganlar. Parfiya madaniyatida yunon elementlari kuchli ta’sir etadi. Orod II (mil.avv. 55-38 yy.) Krassning mag’lubyati (mil.avv. 53 y.) haqidagi xabarni teatr ko’rib turganda eshitadi. Mahalliy e’tiqodlar bilan bir vaqtda yunon etiqodi, yozuvi saqlab qolingan. Ishlab chiqarishda asosan qullardan foydalanilgan. Ijtimoiy jihatdan podsho va yirik yer egalari, erkin jamoachilar yuqori qatlamni tashkil etgan. Podshoni ikki kengash qabila oqsoqollari va ruhoniylar tan olsagina uning hukmronligi qonuniy asosga ega bo’lgan. Turfa xalqlar va madaniyatlarni birlashtirgan Parfiya davlati mil.avv. III-I asrlarda yunon madaniyati ustunlik qilar edi. Aristokratlar orasida yunon tartib- qoidalari asosida yashash va o’zini tutishi lozimligi yoshligidan singdirilardi. Niso shahri (Ashxobod yaqinida)ni qazish vaqtida zardushtiylik davri va elinistik davr ibodatxonalari, arxitektura yodgorliklari, 12 olimp xudolari e’tiqod kultida saqlanib qolinganligi aniqlangan. Milodiy II asrdan madaniyatda Parfiya motivlari kuchayib, arxitektura va tasviriy san’atda, shuningdek tangalar zarb qilishda yaqqol ko’zga tashlanadi.
Eronning Fors viloyatidan bo’lgan urug’i yetakchisi Ardasher dastlab Parfiya davlatining udel knyazi edi. 224 yilda esa, Artaban V qo’shinlarini mag’lub etadi. Tez orada Midiya, Ozarbayjon, Seyiston, Xuroson, Marv vohasi, Kaspiy atroflari bo’ysundiriladi. Armaniston va Gruziyaning istilo qilinishi bilan Zakavkazyedagi muhim savdo yo’llari ham sosoniylar qo’liga o’tdi. Ardasher I vorisi Shopur I (241-272 yy.) davrida Rim imperiyasi bilan uzoqqa cho’zilgan urush boshlandi. Sosoniylar davlati Shopur II (309-379yy) davrida katta qudratga erishib, Baxraynni bosib oldi. Rim bilan muvaffaqiyatli urushlar olib bordi. Armaniston va Gruziya ikki
davlat o’rtasida 387 yilgi sulhga ko’ra taqsimlandi. Yazdigard I davrida xristian dini Eron hududlariga tarqala boshladi. Bahrom G’o’r (421-438 yy) davrida xristianlar ta’qib ostiga olinadi. Yazdigard II (438-457 yy.) Armanistonda ham zardushtiylikni davlat dini darajasiga ko’tarishga urinishi katta qo’zg’olonga sabab bo’ladi. Pero’z (459-484 yy.) davridagina qo’zg’olon bostiriladi. Eronning bu davrdagi ijtimoiy tuzilishida uchta ozod, erkin tabaqa mavjud bo’lib, ular ruhoniylar, harbiylar, erkin dehqon yer egalari bo’lib, IV asrdan tabaqalarda o’zgarish yuz beradi, ya’ni ruhoniylar, harbiylar, kotiblar va soliq to’lovchi tabaqalar shakllanadi. Ruhoniylar boshlig’i-Mobedan-mobed, harbiy qo’mondon-Eron-Spohbed, bosh kotib-Dabirbed, soliq to’lovchi tabaqa boshlig’i-Vastriashon-salor deb atalgan. Ruhoniylarning oliy tabaqasi mobed zardusht kohinlari maglarni nazorat qilib turgan. Mobedan-mobed shohdan so’ng ikkinchi o’rinni egallagan. Eron sipohdordan so’ng yarim mustaqil viloyat hokimlari shahrdorlar turgan. Undan so’ng vispuxr-qadimgi Eron aslzoda urug’lari turib, ular muhim davlat ishlarini bajarganlar. Keyingi tabaqa vazirlar bo’lib, hududiy bo’linish va armiyada muhim mansablarda bo’lganlar. Qo’shin asosini azatlar (erkin jamochilar) tashkil etgan. Kotiblar tabaqasiga xat yozuvchilar, astrologlar, tarjimonlar kirgan. To’rtinchi tabaqaga dehqon, hunarmandlar, savdogarlar kirgan.
Sosoniylar davrida zardushtiylik davlat dini darajasiga ko’tarilgan edi. Zardushtiylik ta’limoti ezgulikka xizmat qilishdan iborat edi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishi natijasida jamiyatdagi ba’zi savollarga javob bera olmay qolayotgan bir vaqtda yangi diniy ta’limotlar vujudga kela boshlaydi.
Shopur I hukmronligi davrida taxminan 241-242 yillarda gnostik (diniy-falsafiy oqim bo’lib, xristianlik va ellinizm ta’limotini mifologik tarzda yaqinlashtirishga uringan)lik maktabi a’zosi Moniy Eronda moniylik ta’limotini targ’ib eta boshlaydi. Bu din ezgulik va qorong’ulik kurashiga asoslangan g’oyalarni targ’ib etadi. Inson ezgulikka
yordam berishi uchun qon to’kish, zo’ravonliklardan voz kechishi, musiqa, raqs, tavsiriy san’at kabi sohalar bilan shug’ullanishi lozim bo’lib hisoblangan. Sudxo’rlik orqali to’kin, tinch farovon yashash lozim deb, tarkidunyochilikni targ’ib qilgan. Zardusht kohinlari tomonidan Moniy 276 yili qatl etiladi. Ammo, uning ta’limoti butun Eronga tarqalib bo’lgandi.
484 yilda Vizantiyada nestorian mazhabi yeretik deb tan olingach, bu mazhab vakillari Vizantiyaning raqibi Eronga qochadi va xristianlik dini targ’ib qilina boshlanadi. Shu bilan bir qatorda Mesopotamiya va Eronning Markaziy viloyatlarida yahudiylik dini ham targ’ib qilingan. Mazdak g’oyalari ham ko’pdan ko’p diniy qarashlar asosida shakllanib V asr oxiri-VI asrlarda katta ta’sirga ega bo’ldi. Chunki zardushtiylik, ellinistik, xristian va yahudiylik diniy g’oyalari asosida shakllanadi. Bir necha yil qurg’oqchilik va chigirtka urushi natijasida hosilsizlik natijasida xalq noroziligi kuchayib boradi. Shu vaqtda (491y.) mazdakiylik g’oyasi asosida ilk qo’zg’olon bo’lib o’tadi. 496 yilgi mazdakiylar chiqishi podsho Kavodni eftalitlar hukmdori Vaxshunvar huzuriga qochishi va 499 yil eftalit qo’shini yordamida taxtga qaytishiga sabab bo’ldi. Kuchayib ketgan mazdakchilarni 529 yilda shohning o’g’li Xusrav I quvg’in qilishga erishadi.

Savol va topshiriqlar
1. Qadimgi Eronning qaysi diniy ta’limotlari antik dunyoning filosofik qarashlariga va xristianlik hamda islomda esxolatik ta’limotlarning yuzaga kelishiga katta ta’sir ko’rsatdi?
2. Elam sivilizatsiyasi yuzaga kelgan va gullab-yashnagan davrni aniqlang.
3. Eron tsivilizatsiyasining har bir taraqqiyot bosqichiga xos xususiyatlarni ko’rsating.
4. Eron va O’rta Osiyo xalqlari madaniy aloqalari haqida ma’lumot bering.
Download 33,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish