8-ma’ruza. Mavzu: Qoramol zotlari haqida tushuncha Reja



Download 73,64 Kb.
bet1/2
Sana23.07.2022
Hajmi73,64 Kb.
#844407
  1   2
Bog'liq
8-маъруза матни


8-ma’ruza. Mavzu: Qoramol zotlari haqida tushuncha


Reja:



  1. Zot haqida tushuncha

  2. Zotlarni klassifikasiyalash

  3. Zotlarning tuzilishi

  4. Zotlarni mintaqalashish xususiyatlari

Mavzuni o‘rganish uchun tayanch iboralar. Zotlar, zotlar klassifikasiyasi, zotlarni tuzilishi, urchitish mintaqalari va h.k.


1. Qoramolchilikda zot deb - qishloq xo‘jalik hayvonlarining bir turiga kirgan, majburiy qarindoshlik urchitishdan mustasno, umumiy kelib chiqish tarixiga ega bo‘lgan, qator xarakterli xususiyatlari bilan bir biriga yaqin hayvonlarning guruhiga aytiladi.
Ular quyidagi asosiy xususiyatlarga ega bo‘lishlari kerak:
a. mahsuldorligi bo‘yicha standart talablariga javob beradigan bosh sonining ko‘pligi
b. inson talablarini qondirishga moslashganligi
v. xo‘jalikning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarga mosligi
g. xo‘jalik, morfologik va fiziologik belgilari bilan boshqa zotlardan farqlanishi
d. zotdorlik xususiyatlarini nasldan - naslga to‘rg‘un o‘tkaza olishi
e. bir - biriga yaqin bo‘lgan belgilarining ko‘pligi bilan, farqlanuvchi belgilarining ham mavjudligi
i. zot tarkibida 4500 ta naslli sigir va 150 bosh naslli buqa bo‘lishi kerak
Qoramol zotlarining shakllanish tarixi 3 ta davrga bo‘linadi.
1. Miloddan ilgarigi davr. Bu davrda tashqi muhit ta’sirida mahalliy (jaydari) zotlar yuzaga kelgan.
2. Odamlar va ular bilan birgalikda qoraqoramollarning ko‘chib yurish davri. Bu davrda yem xashakka boy bo‘lgan mintaqalarda sermaxsul qoramol zotlari shakllangan.
3. Maqsadli tanlash va juftlash davri. Bu davrda hozirgi madaniy qoramol zotlariga asos solingan (ko‘p belgilariga qarab tanlash).


2. Qoramol zotlarini klassifikasiyalashda ularni shakllanishiga sabab bo‘lgan belgi va xususiyatlar asos qilib olinadi.
Zotlar klassifikasiyasi uni yaratilishda qoramollarning qanday belgi va xususiyatlari asos bo‘lganligiga qarab farqlanadi. Bu bir necha yuz yilliklar davomida o‘zgara borgan. Jumladan, o‘tgan asrda zotlarning klassifikasiyasi ularning geografik prinsiplariga qarab tuzilgan. Keyinchalik yanada oddiyroq qilib, qoramollarning mahsuldorlik xarakteri, morfologik va boqa belgilari asos qilib olindi. Shuning bilan birgalikda zot urchitiladigan mintaqaning tabiiy-geografik sharoitiga e’tibor berilgan. Hozirgacha mavjud bo‘lgan zotlarning ko‘pchiligi yaratilgan mamlakat nomi bilan atalgan. Misol uchun, olatov zoti Qirg‘iziston va Qirg‘iziston oralig‘idagi Olatov tog‘i bilan atalgan. Xuddi, shuningdek, Qozog‘istonning Avliyoota (oldingi Jambul) viloyatida yaratilgan avliyoota zoti. Golland, shvis, yaroslav, gereford, santa-gertruda zotlari o‘zlari yaratilgan mintaqa yoki yurti nomi bilan atalgan. Yoki O’zbekistonning zebusimon qoramollardan qurama xili yaratilgan mintaqasidagi Qurama tog‘lari nomi bilan yuritilgan. Zotning boshqa bir klassifikasiyasida geografik nomi yoniga zotga xos bo‘lgan qoramolning tusi-rangi qo‘shib aytilgan. Misol uchun, Ukrainada yaratilagan va ko‘kish rangda bo‘lgan qoramollar “Ukraina kul rang” nomini olgan. Yoki Ukrainaning cho‘l mintaqasida yaratilgan qizil tusli qoramollar “Qizil cho‘l” nomini olgan. Shular jumlasiga, Litva qizil, Latviya qo‘ng‘ir, Estoniya qora-ola va boshqalarni kiritish mumkin.



Keyinchalik mutaxassis va olimlar tomonidan zotning klassifikasiyasi o‘zgartira borildi. Uzoq vaqt davomida Zettegasning taklifiga ko‘ra, zotlarning klassifikasiyasi ular yaratilgan naslchilik ishining salmog‘iga qarab belgilandi.

Download 73,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish