7-Mavzu. Kon mashinalarining texnik diagnostikasi. Mashg‘ulot rejasi



Download 17,05 Kb.
bet1/2
Sana17.07.2022
Hajmi17,05 Kb.
#817379
  1   2

7-Mavzu. Kon mashinalarining texnik diagnostikasi.
Mashg‘ulot rejasi:
1. Kon mashinalarining texnik diagnostikasi.
2. Diagnostika turlari.
O‘quv texnik vositalar-UTV. Kompyuter, videoproektor, ekran, slayd, tarqatma materiallar.


Texnik diagnostika (GOST 20911-75) - tarmoqni bilish, texnik holatlarni vujudga kelishi va diagnostlashtiriladigan ob’ektlarni texnik holatini tadqiq qiluvchi, shuningdek diagnostik tizimdan tashkilotlarda foydalanish va uni tuzilish printsiplari. Diagnostlashning ob’ekti buyumlar va tarkibiy qismlar hisoblanadi.
Texnik diagnostlash - ma’lum bir aniqlikda ob’ektning texnik holatini diagnostikasini aniqlash. Diagnostlashning natijasi xulosasida ob’ektning texnik holatini aniqlanib, unda zarur bo’lgan joyi, turi va nuqsoni sababi ko’rsatiladi.
Konchilik mashinalarini texnik sistema sifatida qarash mumkin, u o’z ichiga birmuncha miqdordagi tartiblar majmuasi ifodalovchi harakatdagi ob’ektlar bilan ma’lum bir vazifalarni bajarishga mo’ljallangan bo’ladi.
Bunday sistema yig’ma birlik, mexanizmlarning elementlari strukturasidan iborat bo’lgan, tuzilishi bilan xarakterlanadi
Ekspluatatsiya qilish jarayonida detallarning yeyilishi natijasida, toliqish holatlari va boshqa sabablarga ko’ra ob’ekt sistemasi strukturasida va harakatda bo’lish holatida o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu parametr holatini nominaldan kattalikning oxirigicha o’zgarishiga olib keladi.
Parametrning nominimal ahamiyati ob’ektni ekspluatatsiya qilishda texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar (tejamkorlik va buzilmasdan ishlash)ga asosan yuqori samaradorlik ta’minlanadi. Bu ahamiyatni kapital ta’mirlangan va yangi ob’ektlarda ko’rish mumukin.
Parametrning yo’l qo’yiladigan ahamiyati shundaki, ob’ektda ta’mirlanmasdan, diagnostika qilinadigan ob’ektni navbatdagi texnik holatini tekshirishga ob’ekt ta’mirsiz buzilmasdan ishlashi ta’minlanadi.
Joiz bo’lgan miqdor chegarasi ortiga kirmasligi bu parametrning mo’tadil ahamiyati deb aytiladi. Kelajakda ob’ektni ekspluatatsiyasi parametr ahamiyati chegarasida yeyilish tutashmasini keskin jadallik bilan kattalashuvini, xavfsizlik talablarini buzilishi va mashinani tejamkorligini o’ta pasayishini nazardan chetda qoldirmaslik kerak.
Ekspluatatsiya jarayonida parametrlar (oraliq,eyilish) strukturasini bevosita qismlarga bo’lmasdan turib o’lchashni iloji yo’q. SHuning uchun ham diagnostikalashda ob’ektning texnik holati bilan bog’liq bilvosita sifatlar (diagnostik parametr)dan foydalaniladi.
Diagnostik parametrlari sifatida ish jarayonlari parametrlaridan ham foydalanish mumkin. ( quvvat, tormoz yo’li va boshq)- birga bo’ladigan jarayonlar parametrlari (shovqin, tebranish, harorat o’zgarishi va boshq) va shuningdek geometrik miqdor (urishi, lyuft (oraliq), tirqish va boshq)
Diagnostik parametrlar diagnostikasi natijalari tejamkorlik va aniqlikni ta’minlashi uchun bir xil ma’noli, qayta ishlab chiqarish, (barqarorlik), sezgirlik (ma’lumotdorlik) talablariga javob berishi kerak.
Diagnostik parametrning qayta ishlab chiqarish (barqarorlik)i berilgan aniqlikda belgilangan uning miqdorini kamayishini bilan belgilanadi.
Diagnostik parametrning sezgirligi (ma’lumotdorlik)mexanizmning strukturali parametrini past darajada o’zgarishi yoki uning ortishini tezligi va o’lchami bilan xarakterlanadi.
Diagnostikaning haqqoniyligi muhim darajada diagnostik parametrlar xususiyatiga bog’liq bo’ladi.
Mashinalar uchun ma’lum bir noaniqlik darajasi o’ziga xosdir. Axborot nazariyasida sistemaning noaniqlik darajasi eptropiya deb ataladigan miqdori bilan o’lchanadi.
E(x)= Pilog2Pi ()
m- ob’etning mumkin bo’lgan holati o’rni; Pi- ehtimolligi shundaki, ob’ekt x -belgii-e texnik holati.
Entropiya ikki birlik (bit) bilan o’lchanadi. Bu entropiya ikkilik sonini birlik darajasi, agar u bir xil ehtimollikda nol yoki bir bo’lishi mumkin, ya’ni bir bitga teng.
Ob’ekt holati bo’yicha ma’lumotlarning to’liq bo’lmaganligi masalani osonlashtirish ehtiyojini tug’diradi, bunda birinchi ob’ektni diagnostlash teng ehtimolligi barcha texnik holatni yaqinlashtirishni o’ziga oladi, t. ye. E (x) = log2 m.
Bu holatdaentropiyayuqori darajada bo’ladi. Agar sistema ikki texnik holatda bo’lsa, bunda eptropiya birga teng, agar beshda bo’lsa bunda entropiya 2.322 teng bo’ladi, agar u o’nta bo’lsa – 3.322 ga teng bo’ladi. Agar tizm holati diagnostikalashdan keyin to’liq aniqlansa entropiya unda nolga teng bo’ladi.
Konchilik mashinalarini texnik holatini aniqlash bo’yicha quyidagi usullardan foydalaniladi: mexanikaviy, elektrli, elektromagnitli, akustikli, ultra tovushli, radio izotopli va rentgenli va boshqalar.
Diagnostikaning mexanikaviy usuli detallarni o’lchamini, tutashma oralig’i, kuchlanish, bosim va tezlik aniqlash uchun qo’llaniladi. O’lchash uchun turli xil o’lchash asboblari, oxirgi lahzani o’lchash kaliti, kuch o’lchagich kalit, manometr, kompressometr va boshqalar.
Elektrli usul diagnostikasida boshqa elektrga oid parametrlar, qarshiliklar, quvvat, kuchlanish, bevosita yo’l bilan tokni o’lchash amalga oshiralidi.
Uning yordamida elektr sxemalarining ish tartibi, burchakli va liniyadagi oraliq, aylanuvchi lahzalar, harorat va bosim aniqlanadi. O’lchash strelka shaklidagi ampervoltmetrlar, ko’prik o’lchash, ko’chish o’lchagichi, aylanuvchi lahzalar va bosim shuningdek termo bug’ va taxogenerator bilan amalga oshiriladi.
Diagnostikaning elektromagnitli usuli magnitli qarshiliklar, magnit oqimi va magnit o’tkazuvchanlikni o’lchashga asoslangan. Undan arqon va metal qurilmalar va boshqalarni aniqlashda foydalaniladi.
Diagnostikaning tebratgich akustik usuli elektr urishida ko’chma tutashma va tebranish amplitudasi tirqish miqdoriga proportsionalligiga asoslanadi. Teranishning tezligi miqdorini tutashmaning namunaviy ahamiyati uchun taqqoslaganda, mexanizmni holatini bo’laklarga bo’lmasdan aniqlab beradi.
Diagnostikaning akustik usul mashina tomonidan hosil bo’ladigan shovqin va tebraniy darajasini o’lchashga asoslanadi. SHovqin darajasiga baho berish uchun shovqin o’lchagich, titratgich, stestoskop, shovqin chastotalari spektro’lchagichi va boshqalardan foydalaniladi.

Download 17,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish