7-ma’ruza. Gidrosfera ekologiyasi



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana30.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#92384
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-Mavzu Gidrosfera ekologiyasi



7-ma’ruza. Gidrosfera ekologiyasi 

  

1.Gidrosfera, uning tarkibi va asosiy xususiyatlari. 

2.Biosferada suvning ahamiyati va suvdan foydalanish muammolari. 

3.Suvlarni  ifloslovchi asosiy manbalar va ifloslovchi birikmalar.  

4.Ifloslangan suvlarni tozalash usullari.  Suvlarni takror ishlatish texnologiyasi.  

5.Dunyo okeanining ekologik muammolari va ularni hal qilish yo’llari.  

6.O’zbekistonning  asosiy  suv  manbalari  va  ulardan  oqilona   foydalanish 

muammolari.  

7.O’zbekistonda suvlarning ifloslanishi va uning oldini olishni yo’llari.  

8.Orol dengizi muammosining kelib chiqish sabablari.   



  

Tayanch  iboralar:  suv  qobig’i,  gidrosferaning  tarkibi,  suvning  ahamiyati, 

suvning tabiatda tarqalishi, chuchuk suv zahirasi, suvni tozalash metodlari,  dunyo 

okeani,  suvning taqsimlanishi, Orol dengizi, orolbo’yi mintaqasi 

  

   Suv  yerdagi  hayotning  mazmuni  hisoblanadi.  Barcha  tirik  orgnanizmlar  uchun 



yirik ingridient hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, ko’pchilik organizmlarning 

tanasini 50 foizdan 95 foizigacha suvdan tarkib topgan.  Fotosintez, transpiratsiya 

va boshqa barcha hayotiy jarayonlar suv ishtirokida yuz beradi. Suv suv havzalari, 

daryolar  va  ko’llardan  foydalanilib,  kishilar  uy  xo’jaligi,  biznes,  qishloq  xo’jaligi 

va  mahsulot  ishlab  chiqarishda  foydalanishadi.  Biroq  suvdan  foydalanish  hozirgi 

paytda ortib ketmoqda. Osimlik va hayvonlarga suv yetishmasligiga ham insoniyat 

sabachi bo’lib qolmoqda. Chunki, tejamkorlik bir maromda ketganicha yo’q.  

Qishloq  xo’jaligida  o’g’itlarning  qoldiqlarini  suvga  tashlanishi,  yoki  ko’llarda  va 

xovuzlarda suv o’tlarining ko’payib ketishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Ko’l va 

xovuzlarda  suv  o’tlarining  ko’payib  ketishi  suvda  erigan  kislorodni  tanqisligini 

vujudga keltiradi va zooplanktonlarning hayotiga zomin bo’ladi.  

               Suvning ifloslanishi 




 Insoniyat  faoliyati  toza  suv  muhitiga  zarar  keltiradi.  Fermer  xo’jaliklar  va 

o’tzorlar o’g’itlardan to’ldiriladi , shuningdek bular suvga kelib quyiladi , xovuzlar 

va  ko’llarda   suv  o’larining   o’sishiga  olib  keladi.  Bu  organizmlarning  o’sishi  va 

chiritadi,   suvdagi kislorod miqdorini qisqartiradi va ba’zi organizmlarning hayot 

kechishida qiyinchilik tug’diradi . Bu muommolarni oldini olishda , oqindi suvlarni 

qo’yib  yuborishdan  avval  ularga  ishlov  berish  lozim.  Insonlar  ko’llar  va 

xovuzlarning    ifloslanishi  bilan  bog’lik  muommolar  haqida  bilimga  ega  bo’lishi 

kerak.  Bu  kabi  nazoratlar  ko’plab  toza  suv  ekotizimlarini  asl  holiga  qaytarishda 

boshqaruv usuli bo’lib xizmat qilishi  kerak .

1

 



 

Suvning aylanishi. Bug’lanish, kondentsatsiyalanish, yomg’ir hosil bo’lish. 

 

 

                                                           



1

 

Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005. (49, 57, 91-betlar) 



 


  

 Suvning  ifloslanishi 

          Ifloslanish   suvga  ham   ta’sir   o’tkazmoqda.    Havodagi  ifloslanish     

yomg’ir  orqali  yerga tushadi. Amerika Qo’shma  Shtatlari   va  boshqka  ko’plab  

mamlakatlarda  ifloslanishning   oldini   olish   uchun   ifloslangan   suvlarni   taqdim  

etishdan   avval   qayta   ishlash   qonunan   talab   qilinmoqda.   Ammo   dunyoning  

ko’plab  xududlarida    ularni  qayta  ishlashning  iloji  yo’q. Ifloslanishning   yana  

bir   sababi,   bu   insonlar   dengizlar, ko’llar   va   okeanlarga   chiqindilar   va 

ishlatilgan  materiallarni  tashlashlari  hamdir. 

Yer  usti  suvlari 

Ba’zi   suv   ifloslanishlari   baliqlar   va   boshqa   tirik    organizmlarni   

zaharlamoqda   va   bu   suvda   suzadigan   va   shu   suvni   iste’mol   qiladigan  

insonlarga   ham   zarar   yetkazish   mumkin.   Misol   uchun   ferma   yerlaridagi  

kimyoviy    pestitsid   parchalari   ariqlar   va   ko’llarga   oqiziladi.   Bu   kimyoviy  

moddalar   baliqlar,   toshbaqa   va    qurbaqalar   uchun   ozuqa   vazifasini  

bajaradigan  hashoratlarga  zarar  yetkazmoqda.  Ozuqani  yetishmasligi   esa  suv  

ostida   yashovchi   hayvonlarning    o’limiga   olib  kelmoqda.   Ba’zi   ifloslanishlar  

xususan   simob   va   boshqa   metallarni   ozuqa   orqali   baliqlar   tanasiga 

o’tkazmoqda.  Zararlangan baliqlar   va   qisqichbaqalar   bu   metallarni   insonlar,  

qushlar  va  boshqa   hayvonlarga o’tkazishlari   mumkin   bo’ladi.   Bu  zararlangan  

xududlarda   insonlar   ifloslangan   suv   yo’llaridan   keltirilgan   baliqlar   va  

qisqichbaqalarni   yemasliklari   haqida   ogohlantiriladi.   Dengiz   suv   o’tlarining  

gullashi  boshqa  bir  suv  ifloslanish  muammosi  sanaladi.  Ortiqcha  o’g’itlangan  

va  ishlov  berilmagan  oqar  suvlarda  katta  miqdorda  azot   mavjud.  Agar  ular  

ko’l   yoki   xovuzlarga   oqizilsa,   dengiz   o’tlarining   jadal   o’sishiga   sabab  

bo’ladi.   Qachonki,  suv  o’tlari  halok   bo’lsa,  ulardan  suvda   ko’p  kisloroddan 

foydalanadigan  bakteriyalar  parchalanadi.  Baliqlar va  boshqa  organizmlar  esa  

suvda  kislorodning  kamligi  sababli   nobud  bo’ladi.   

Okean  suvi 




Dengizlar   va   ariqlar   o’zi   bilan   chiqindilarni   olib   oxiri   okeanlarga  

quyiladi.    Har   yili   taxminan   4   mln   kg   moylar   okean   suvlariga   quyiladi.  

Ko’plab   moylar    esa   okean   suvidan   oz   yoqilg’i   sisternasini   yuvish   uchun  

foydalanadigan  kemalardan  kelib  chiqmoqda

2



      Yer  yuzidagi  barcha  mavjud  suvlar  gidrosferani  tashkil  qiladi.  Gidrosfera 



deganda  okean,  dengiz,  ko’l  ,  daryo,  yer  osti  suvlari  va  muzliklarni  o’z

 

ichiga 



olgan  Yerning  suv  qobig’i  tushuniladi.  Sayyoramizda  hayot  dastlab  suv  muhitida 

paydo bo’lgan va tirik organizmlar uchun suvning ahamiyati beqiyosdir. 

 Yer  yuzida  suv  suyuq,  qattiq  va  gazsimon  holatda  mavjud  bo’lib,  modda  va 

energiya  aylanma  harakatida  katta  rol  o’ynaydi.  Ayniqsa  atmosferadagi  suv 

bug’lari  va  tuproq  namligining  ahamiyati  katta.  Dunyo  okeani  suvlari 

tugamaydigan resurslarga kiradi va aylanma harakat natijasida suv zahiralari doim 

tiklanib turadi. Inson bevosita ishlatishi mumkin bo’lgan suv zahiralari tugaydigan 

va  tiklanadigan  resurs  hisoblanadi.   Gidrosferadagi  barcha  suvlarning  97,2  foizi 

Dunyo okeanining sho’r suvlariga to’g’ri keladi(1-jadval). 

  

                 Yer yuzida suv zahiralarining taqsimlanishi              1-jadval 




Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish