7-amaliy.Konstruksiyalarda armaturani qo‘lanilishi Po‘lat sterjenli armatura hisoblash yo‘li bilan hamda konstruktiv yoki ishlab chiqarish talablari asosida betonga joylashtiriladi.Armatura temirbeton konstruksiyalarida cho‘ziluvchi kuchni qabul qilish va betonning siqilgan qismini kuchaytirish uchun qo‘llaniladi.Armaturalar ishlatilishiga ko‘ra: ishchi, konstruktiv, montaj armaturalariga bo‘linadi birlashtirish uchun qo‘yiladi. Ishchi armatura hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi (cho‘ziluvchi yoki siqiluvchi kuchini qabul qilish uchun) Montaj armaturasi ishchi armaturani loyihada ko‘rsatilgan holatdagi joyini belgilash uchun, karkas bilan.
Betonda hisobda e’tiborga olinmagan kirishish va tobtashlash, hamda temperaturaning o‘zgarish kuchini hisobga olish uchun konstruktiv (yoki taqsimlovchi) armatura armaturalar o‘rtasida kuchlanishni bir xil taqsimlash uchun qo‘yiladi. Ishchi va konstruktiv armatura montaj armatura vazifasini ham bajarishi mumkin. Temirbeton konstruksiyalarida qo‘llaniladigan armaturalar quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
-tayyorlash texnologiyasiga ko‘ra qizdirib prokatlangan va sovuqlayin cho‘zilgan;
-yuza shakli silliq va davriy profilli;
-qo‘llash usuli oddiy va zo‘riqtirilgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, temirbeton konstruksiyalarida davriy profili sterjenli armaturalar keng qo‘llaniladi Davriy profili armaturani 1889 yilda F.Ransen (AQSh) ixtiro qildi. Armatura sirtining davriy profili shakli (ya’ni uning g‘adir-budurligi) uning beton bilan yopishuvini yanada oshiradi, bu esa o‘z navbatida, beton cho‘zilishga ishlaganida, yoriqlarning kengayishini kamaytiradi, armaturani betondagi mustahkamlashi bo‘yicha maxsus choralar ko‘rishdan xalos etadi. Sterjenli va simli armaturalar egiluvchan armatura deyiladi. Ayrim xollarda egiluvchi armaturadan tashqari egilmaydigan bikir yuk ko‘taruvchi armaturalardan ham foydalaniladi (shveller, qo‘shtavr va b). Armatura po‘latlari mexaniq xususiyatlariga ko‘ra yumshoq yoki qattiq bo‘ladi.
Yumshoq po‘lat plastik va ma’lum darajada (25% gacha) uzayish xususiyatiga ega. Ma’lumki, po‘latning asosiy fizik-mexaniq xossalari armaturani cho‘zishga sinash jarayonida olinadigan. Armaturaning mustahkamligini oshirish va uzilishdagi uzayishini kamaytirish uchun o‘tda toblash yoki mexaniq ishlov berish yoki tarkibiga marganes, kremniy, xrom va boshqa qo‘shimchalar qo‘shish orqali erishiladi Armatura po‘latini o‘tda toblash, ya’ni termik mustahkamlash qizdirish (800- 900°S gacha qizdirish va moyda tez sovutish) va yana qisman qizdirish (300-400°S gacha qizdirish va asta sovutish) orqali bajariladi. Termik toblangan po‘latlarda shartli oqish chegarasi plastik zona tarafiga qarab asta-sekin yuqoriga ko‘tariladi. Temirbeton konstruksiyalari uchun armatura, armaturani qaerda ishlatilishi, beton sinfi va turini, armatura maxsulotlarini tayyorlash sharoiti (payvandlangan yoki bog‘langan) va konstruksiyasi, binoni qurish va foydalanish sharoitini hisobga olgan holda tanlanadi.
Armatura sinfi «A» xarfi va rim raqami (raqam qancha katta bo‘lsa, po‘lat shuncha mustahkam bo‘ladi) bilan belgilanadi. Ular quyidagi sinflarga bo‘linadi:
A-I; A-II; A-III; A-IV; A-V; A-VI- issiq, ishlov berilgan, A- III v-cho‘zib
mustahkamlangan; At-III; At-IV; At-V; At-VI- termik mustahkamlangan armaturalar. Me’yoriy hujjatlarda armaturaning uzilishidagi nisbiy uzayishining eng kam miqdori beriladi.
Bu qiymatlar A-I-25%, A-II-19%, A-III-14%, A-IV÷A-VI-6% gacha va termik mustahkamlangan armatura uchun esa At-IV; At-V; At-VI mos ravishda nisbiy uzayishi 8; 7 va 6 %gacha teng.
Barcha sinfdagi armatura (A-I sinfidan tashqari) davriy profilga ega. Armaturaning tashqi ko‘rinishiga qarab, A-I tekis sillik yuzaga ega.
A- II armatura «vint» ko‘rinishiga,A-III, A-IV, A-V, A-VI sinfli armaturalar esa «archa» ko‘rinishiga ega. Armatura sinflarini tashqi ko‘rinishidan ajratib olish uchun ularning yon tomoni bo‘yab qo‘yiladi: A-V-qizilga, At-V -ko‘kka, At-VI yashil ranga. Sovuq holda cho‘zilgan sim armatura «V» harfi bilan belgilanadi va quyidagi sinflarga bo‘linadi: Vr-I- davriy profil ko‘rinishidagi oddiy armatura simi; V-II-yuqori mustahkamlikdagi tekis sillik sim; Vr-II-davriy profilli yuqori mustahkam armatura simi; K-7-yetti simli arqon; K-19-o‘n to‘qqiz simli arqon. Beton bilan yaxshiroq yopishuvi uchun sovuq holda tortilgan sim davriy profilli qilib yasaladi, u silindrik yuzani ma’lum oraliqda ezish hisobiga hosil qilinadi (Vr-I; Vr-II;)
Yetti simli arqonlar K-7 bir xil diametrdagi yettita simdan tayyorlanadi va u o‘rtadagi o‘zak simga to‘g‘ri chiziqli oltita simni yondoshtirib o‘raladi (K-19 uchun esa 18 sim ikki qatorda yondoshtirib o‘raladi).
Armturani payvandlash
a-chok ulash; v-yoy payvand (ikki tomonli yon chok);
b-yoy payvand (to‘rt tomonli yon chok); g-yoyli vanna;
; Payvandlangan sim to‘rlarni bir-biriga ulanishi.
a- ishchi armatura yo‘nalishida;
b- taqsimlovchi armatura yo‘nalishida.
d1-ishchi armatura diametri;
d2-ko‘ndalang armatura diametri
L-sim to‘rlarini bir-biriga kiritilgandagi uzunligi. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbetonning afzalliklaridan biri uni yorilishga bo‘lgan bardoshliligidir. Yuqori darajadagi mustahkam materiallarni (armatura va beton) qo‘llanilishi natijasida armaturani oddiy temirbeton elementiga nisbatan 30-70 % kam sariflash imkonini beradi. Bunda beton sarfi kamayib konstruksiyaning vazni yengillashadi. Bundan tashqari yorilishga bo‘lgan qarshiligini ya’ni bikirligini oshiradi (bu uzun balkalar tayyorlab katta joylarni yopish imkonini beradi), suv o‘tkazmasligini, dinamik yuklar ta’siriga qarshiligini hamda uzoq muddat ishlashini ta’minlaydi. Armatura foizini ortishi oldindan zo‘riqtirilgan (ayniqsa kesim yuzasi tavr shaklida bo‘lgan va yengil betondan tayyorlangan) konstruksiyalarni zilzilaga bardoshligini orttiradi.
Mavzuni mustahkamlovchi savollar. 1.Mantaj armaturasi ?
2. Konstruksion armatura ?
3.Ishlatilish sohalari ?