MUVAFFAQIYATNING ASOSI MUNTAZAMLIKDIR. HAR BIR QOLDIRILGAN ISH KELAJAK CHIROQLARINI SO`NDIRISHI VA ORZULARINGNI PARCHALAB YUBORISHI MUMKIN.
6-SINF, TARIX, 1-10-MAVZULAR,
(ODDIY DARAJA)
1. Quyidagi javoblardan faqat tarixiy haqiqatga
yaqinini belgilang.
1) Neolit davrida o`zlashtiruvchi xo`jalikdan,
ishlab chiqaruvchi xo`jalikka o`tildi
2) Antropologlar neolit davri boshlanishini sopol
idishlar yasashning kashf etilishi bilan
belgilaydilar
3) Mezolit davriga oid manzilgohlar Farg`ona,
Toshkent va O`zbekistonning janubiy hududlaridan
topib o`rganilgan
4) Zarautsoy qoya rasmlari so`nggi paleolitning
muhim topilmalaridan biridir
5) So`nggi paleolitga kelib odamlar kiyim-kechak
tayyorlashda hayvonlar terisidan foydalanishgan.
6) Ishlab chiqaruvchi xo`jalik bu- chorvachilik va
dehqonchilikdir
A) 1,3,5,6 B) 1,4,5,6 C) 1,2,4,6 D) 2,4,5,6
2. Qachondan boshlab odamlar misdan
foydalanishga, undan mehnat qurollari yasashga
o`tdilar?
A) eneolit B) mezolit
C) neolit oxirida D) bronza
3. Qayerdan bronzadan yasalgan mehnat qurollari
va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari,
shuningdek, yirik xumlarda saqlangan bug`doy va
arpa doni topilgan?
A) Zomonbobo B) Sopollitepa
C) Sarazm D) Jarqo`ton
4. Temirdan birinchi bo`lib kimlar, qachon foydalanganlar?
A) Kichik Osiyoda xettlar, mil.avv. XV – XІV asrlarda
B) Kichik Osiyoda xettlar mil.avv.XІV – XІІI asrlarda
C) Mesopotamiyada shumerlar. Mil.avv.XІІ – XІ asrlarda
D) Misrliklar, mil.avv.XV-XІ asrlarda
5. «Dax`yu» bu………
A) hududiy qo`shnichilik jamoasi
B) katta patriarxal oila
C) urug` jamasi
D) qabilalar ittifoqi
6. Qadimgi Misr hunarmandlarining qanchadan ziyod kasb-korlari bo`lgan?
A) 30 B) 35 C) 20 D) 15
7. Misrda tarqoq manzilgohlar nima deb atalgan?
A) «nom» B) «nomarx»
C) «polis» D) «xshatra»
8. Misrliklar qaysi davlatdan hunarmandar yasagan
nodir buyumlar va qimmatbaho toshlarni olib kelishgan?
A) Eron va Mesopotamiya
B) Falastin va Suriya
C) Suriya va Liviya
D) Falastin va Finikiya
9. Ko`chmanchi giksos qabilalari Misrga qachon hujum qilganlar?
A) Mil avv. XІX asr o`rtalarida
B) Mil avv. XVІ asr oxirlarida
C) Mil avv. XVІІ asr boshlarida
D) Mil avv. XVІІІ asr oxirlarida
10. Misr ahamoniy Kambiz II tomonidan bosib
olingan sanani aniqlang
A) mil.avv. 545- yil B) mil.avv. 525-yil
C) mil.avv. 532- yil D) mil.avv. 524- yil
11. Misrliklar xudolarning bir qancha joni mavjud
ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa……..da
yashaydi deb o`ylashgan.
A) osmon B) yer C) haykal D) ibodatxona
12. Qadimgi misrliklarning e`tiqodicha quyidagi
javoblardan oy xudosini aniqlang
A) Osiris B) Amon-Ra C) Ptax D) Tot
13. Rivoyatda aytilishicha, o`z xalqini dehqonchilikka o`rgatgan Misrning ilk podsholaridan biri...
A) Amon-Ra B) Tot C) Osiris D) Set
14. Eng katta piramida qachon qurilgan?
A mil. avv. 2500-yil.
B) mil. avv. 2600-yil
C) mil. avv. 2700-yil
D) mil. avv. 2800-yil
15. Qadimgi fir`avnlarning mumiyolangan jasadi
solingan toshtobut qanday nomlanadi?
A) sarkofag B) sahro shohi
C) dahma D) sfinks
16. Misrda mumiyolash necha kun davom etgan?
A) 70 kun B) 100 kun C) 60 kun D) 50 kun
17. Quyidagi javoblalardan faqat Misr tarixiga oid
to`g`ri javoblarni belgilang
1.Qadimgi misrliklar inson vafot etgandan keyin
marhumlar saltanatiga ketadi, o`sha yerda umrini
davom ettiradi, deb hisoblashgan
2. Marhumlar saltanatidagi hayot, misrliklarning
fikricha, quyosh xudosi sudining natijalariga
bog`liq edi
3. Tarozining bir pallasiga marhumning yuragi,
ikkinchi tomoniga qush pati qo`yilgan
4. Tarozi pallalari tenglashsa, demak inson umri
davomida faqat ezgu ishlar qilgan
5. Mabodo qush pati og`irroq kelsa inson bu
hayotda bir talay yomon ishlarni qilgan bo`lib
chiqadi
A) 1,3,4 B) 1,2,4 C)1,3,5 D) 1,4,5
18. Rozett bitiktoshi hozir qayerda saqlanmoqda?
A) Londondagi Britaniya muzeyida
B) Sankt-Peterburg Ermitaj muzeyida
C) Qohiradagi Al-Asad muzeyida
D) Parijdagi Notrdam muzeyida
19. Misrda qaysi san`atni egallagan kishilar kata
imtiyozlarga ega bo`lib, izzat-hurmatda bo`lganlar?
A) o`qish B) ritorika C) husnixat D) jang
20. «Podsho tirsagi» deb nomlangan o`lchov birligi
necha santimetrga teng bo`lgan?
A) 45,5 santimetr B) 47,5 santimetr
C) 55,5 santimetr D) 52,5 santimetr
21. Ilk paleolit qaysi davrlarni o`z ichiga oladi?
A) Miloddan 3-2 million yillar avval
B) Miloddan 1 million-100 ming yil avval
C) Miloddan 100-40 ming yil avval
D) Miloddan 40-12 ming yil avval
22. Buyuk muzlik davri qachon boshlandi?
A) Ilk paleolitning boshlarida
B) Ilk paleolitning so`nggi davrlarida
C) Ilk paleolitning boshlarida
D) O`rta paleolitning boshlarida
23. Odamlar guruhi jamoasining biror hayvon
yoki o`simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga
ishonish fanda nima deb ataladi?
A) totemizm B) fetishizm
C) animizm D) shomonizm
24. Quyidagi javoblardan qaysi biri mezolitga
tegishli?
1. Odamlar o`q-yoyni kashf qildilar
2. Turar joylar qurildi
3. Qabilalar o`troq turmush tarziga o`ta boshladilar
4. Insonlar hayvonlarni qo`lga o`rgatdilar
5. Sun`iy olov kashf etildi
6. Taqinchoqlar yasalgan (tumorlar, uzuklar,
munchoqlar
7. Bu davr oxirida Old Osiyoda xo`jalikning yangi
tarmog`i-ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik
vujudga keldi
A) 1,4,7 B) 1,2,7 C) 3,5,7 D) 2.4.7
25. Mikrolitlar yasash quyidagi qaysi davrda kashf
etilgan?
A) neolit davrida B) so`nggi paleolit davrida
C) eneolit davrida D) mezolit davrida
26. Odamlar kulolchilik charxi va g`ildirakni qaysi
davrda kashf etganlar?
A) eneolit B) bronza C) neolit D) mezolit
27. Temir necha gradus haroratda eriydi?
A) 1200 gradus B) 1000 gradus
C) 1300 gradus D) 1500 gradus
28.Odamlar qachon Nil daryosi qirg`oqlaridagi
yerlarni o`zlashtirishga bel bog`laganlar?
A) Mil avv. ІІІ ming yillik boshlarida.
B) Mil avv. ІІI ming yillik oxirlarida.
C) Mil avv. ІV ming yillik boshlarida
D) Mil avv. ІV ming yillik o`rtalarida
29. Misr janubda qaysi davlat bilan chegaradosh
bo`lgan?
A) Nubiya B) Finikiya C) Liviya D) Falastin
30. Fir`avnlar................ xudosining og`illaridir
A) quyosh B) oy C) osmon D) yer osti saltanati
31. Sfinkslar bu…
A) Tanasi otniki va boshi odamniki bo`lgan haykallar
B) Tanasi sherniki va boshi odamniki bo`lgan haykallar
C) Tanasi odamsimon va boshi sigirsimon bo`lgan haykallar
D) Tanasi filniki odamniki bo`lgan haykallar
32. Yirik piramidalar o`rtacha necha yil davomida
qurilgan?
A) 25 B) 10 C) 20 D) 30
33. Marhumlar saltanatidagi hayot, misrliklarning
fikricha, ……………… sudining natijalariga bog`liq edi
A) Amon B) Maat C) Osiris D) Xatxor
34. Quyida keltirilgan atamalar va ularga muvofiq
keluvchi izohlar to`g`ri ko`rsatilgan javobni aniqlang
1.paleolit 2.mezolit 3.neolit 4.eneolit
a.qadimgi tosh davri b. o`rta tosh davri
c. yangi tosh davri d.mis-tosh davri
A) 1a,2b,3c,4d B) 1b,2b,3a,4c
C) 1a,2b,3d,4c D) 1a,2c,3b,4d
35. Insonni o`rab turgan muhitda jonlar va
ruhlarning mavjudligiga ishonish fanda….deyiladi.
A) totemizm B) fetishizm
C) animizm D) shomonizm
36. ………..ning qurilishida shaharning ilk
alomatlari ko`zga tashlanadi
A) Zomonbobo B) Sopollitepa
C) Sarazm D) Jarqo`ton
Do'stlaringiz bilan baham: |