6 sinf savol va topshiriqlar
Epigrafika – qadimgi bitiklarni o‘rganish bilan shug’ullanadigan fan.
Numizmatika – tangalarni o‘rganish bilan shug’ullanadigan fan.
Sivilizatsiya – eng qadimgi shaharlar, yozuv, davlatlar tashkil topishi.
Ilk sivilizatsiyalar tarixi – eng qadimgi shaharlar, yozuv, davlatlar tashkil
topishi va rivojlanishi davri.
Qadimgi dunyo tarixi – Yer yuzida odam paydo bo‘lganidan to milodiy 476-yilda
G’arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar.
Qadimgi dunyo tarixi 2 xil manba orqali: 1.Moddiy manba; 2.Yozma manba.
Qadimgi dunyo tarixi nimalarda aks ettirilgan: Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim saroy a’yonlari va podsholarining turli yilnomalari (voqealar yilmayil
qayd etib borilishi), qonunlar majmuyi, biografi yalari (tarjimayi hol) da aks ettirilgan.
Qadimgi matnlar
Misrliklar tarixi – «Piramidalar matnlari» va «Marhumlar kitobi».
Hindlar – «Rigveda».
O’rta Osiyo xalqlari – «Avesto».
Qadimgi madaniyatlar
Misr piramidalari– Nil vodiysida
Bobil– Dajla va Frot oralig’ida
Moxenjodaro – Hind vodiysida
Persepol– Eronda
Arxeolog –qadim zamonlarda
odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma
ishlarini amalga oshiradilar.
Antropolog – qadimgi odamlarning suyak
qoldiqlarini tekshirib, ularning tashqi qiyofasini
tiklaydilar va rivojlanishini o’rganadilar.
Etnograflar – qadimgi odamlarning ko‘pgina
udumlari, hozirda mavjud qabilalar va elatlarning
qadimdan saqlab qolgan xo’jalik va
madaniy an’analarini o‘rganadilar.
Qadimgi tarix bo’yicha manbalar:
1.Moddiy manba; 2.Yozma manba.
O’rta Osiyo tarixi bo’yicha manbalar:
Avesto – O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba
zardushtiylarning muqaddas kitobi.
Behistun – Behistun qoyalari Erondagi Kirmonshoh shahri
yaqinida joylashgan.
yunon-rim, xitoy mualliflari asarlari:
Mil.avv V asrda Gerodot “Tarix” asari.
Mil.avv I asrda Strabon “Geografiya” asari.
Mil.avv I asrda Kvint Kursiy Ruf “Makedoniyalik Aleksandr tarixi”
Mil.avv II asr oxiri – I asr boshlari Sim Syan “Tarixiy yilnomalar”
O’rta Osiyodagi qazishmalar chog’ida arxeologlar hunarmadlari yasagan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topishgan.
Eng qadimgi tuzumni davrlashtirish
Jahondagi barcha xalqlarning tarixi ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlangan.
1-bosqich – ibtidoiy to’da – turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan
eng qadimgi odamlar jamoasi.
2-bosqich – urug’ jamoasi – birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog‘larga ega bo‘lgan qarindoshlar
jamoasi.
Patriarxat bilan eng qadimgi urug’chilik tuzumi ham yakunlanadi.
“Tosh davri” – dastlabki mehnat qurollari toshdan yasalgani uchun
Paleolit
Mezolit
Neolit
Eneolit
PALEOLIT:
Ilk paleolit– Mil.avv. 1 mln – 100 ming yil
Avstrolopitek – Janubiy Afrika
Zinjantrop –Sharqiy Afrika Zinj vodiysi
Pitekantrop – Yava orolidan
Sinantrop – Xitoy hududi
O’rta paleolit – Mil.avv.100 – 40 ming yil
Neandertal – Germaniya
So’nggi paleolit – Mil.avv.40 – 12 ming yil
Kromonyon ( hozirgi qiyofadagi odam) – Fransiya Kromanyon g’oridan
Odamlarning makonlari (iqlim iliq bo’lgan davrlarda)
Buyuk muzlash davri – Ilk paleolit davri
Eng qadimgi odamlar ibtidoiy odamlar deb atalgan.
O’rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimgi mehnat qurollari: qayerlardan topilgan.
Ular o’zlari toshdan yasashgan.
Chopperlar – Qo’pol tosh qurollar va ularning bir tomoni urib o’tkirlangan.
Dastlabki mehnat qurollari – Sodda, tosh va tayoqlardan iborat.
Odamlarning eng qadimgi mashg’uloti – Termachilik va ovchilik.
Teashiktosh g’ori 1938-yil A.P.Okladnikov – boysun tog’laridan topilgan o’rta paleolit davriga oid manzilgoh.
Dastlabki diniy e’tiqodlar
Totemizm – Odamlar guruhi jamoasining biror hayvon
yoki o’simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga ishonish.
Animizm – Insonni o’rab turgan muhitda jonlar varuhlar borligiga ishonish.
Fetishizm – Qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad
keltirishiga yoxud balo-qazoni bartaraf etish.
G’orlar devoridagi rasmlar – so’nggi paleolit .
Altamir – Ispaniya; Lasko – Fransiya; Kapova – Boshqirdiston.
Urug’chilik jamiyati
So’nggi paleolit – Mil.avv. 40 – 12- mingyillik
Kramonyon- Fransiya odami yashagan.
Urug’chilik jamiyatiga o’tilgan.
Yangiliklari :
Kesuvchi, arralovchi va parmalovchi mehnat qurollari.
Taqinchoqlar, munchoqlar, tumorlar va uzuklar yasay olishadi.
Olov hosil qilish.
Urug’ a’zolari bitta manzilgohda yashagan.
Turar- joy qurilishi.
Manzilgohlari:
Samarqand shahri hududidan, Toshkent viloyati
Ohangaron daryosi vohasidagi Ko‘lbuloq
makonidan, shuningdek, Farg‘ona vodiysidan
topilgan.
Mezolit – Mil.avv. 12 – 7- mingyilliklar
Yangiliklari:
Mezolit davri boshlanishi bilan Muzlik davri poyoniga yetgan
– O’q- yoy yasash
– Yegulik zaxirasi
Manzilgohlar:
O’zbekistonda mezolit davriga oid 100 dan ziyod manzilgohlar ochilgan.
Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li
tumanlarida, Toshkent vohasida hamda
O‘zbekistonning janubida bunday manzilgohlar ko‘plab uchraydi. Obishir, Qo‘shilish va Machay manzilgohlari, shuningdek, Zarautsoy
darasidagi qoyatosh rasmlari ancha mufassal o’rganilgan.
Neolit – yangi tosh asri
Mil.avv. 6 – 4-mingyilliklar
arxeologlar neolit boshlanishini sopol idishlar yasashning kashf etilishi bilan belgilaydilar.
Yangiliklari:
Mikrolitlar
Silliqlash, arralash, sirlash va teshikchalar parmalash
O’troq turmush
Ovchilik va baliqchilik
Kulolchilik va to’quvchilik
Eneolit – mis tosh asri – Mil.avv. 4 – 3-mingyillik o’rtalari.
Yangiliklari:
Dehqonchilik
Kulolchilik humdonlardan foydalanilishi
Mil.avv. 3-mingyillikda bronza
Mil.avv. 4- mingyillik. Shahar va davlatlar
Sopol idishlarda hayvon va qushlar tasviri
Bronza – m.a 3-2 ming yillik
Yangiliklari:
Chorvachilik
Ovqat tayyorlash
Kiyim- bosh tayyorlash
Patriarxat
Omoch.Yer haydash
Manzilgohlari:
Zamonbobo – Buxoro viloyati Qorako’l tumani
Xorazm hududidan
Sopollitepa – Surxondaryo vohasi
Qal’a
Bug’doy va arpa donlari
Ustaxona qoldiqlari
Paxsa imorat
Jarqo’ton – Surxon vohasi ( hozirgi Sheroboddan uncha uzoq bo’lmagan joy)
Ibodatxona
G’ildirak
Kulolchilik charxi
Temir asri – 1 mingyillik
Temir – 1500 c da eriydi.
bo’lib – Kichik Osiyodagi xettlar (mil.avv XIV – XIII asrlar), so’ngra qoshni mintaqalardagi (Mesopotamiya, Eron, Kavkazorti) xalqlar foydalana boshlaganlar.
Temirdan dastlab zeb-ziynatlar yasalgan:
Mehnat qurollarining temirdan yasalishi, eng avvalo, dehqonchilik rivojiga ta’sir qildi.
Temir omoch va boltalar paydo bo’ldi.
IX – VIII asrlarda temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari O’rta Osiyodan ham topilgan.
Ijtimoiy tuzum
Bu davrda harbiy demokratiya tuzumi hukm surdi.
Harbiy demokratiya – ilk davlatchilikka o’tish davrida qabilalar ittifoqlariga saylab qo’yilgan harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shakli
Temir asri boshlarida O’rta Osiyoda aholi 4 guruhga :
1.Kohinlar ; 2.Jangchilar ; 3.Dehqonlar ; 4.Hunarmandlar.
Avestoga ko’ra:
Nmana – Jamiyatning negizi
Vis - Urug’ jamoasi
Varzana – Hududiy qo’shnichilik jamoasi
Zantu - Qabila
Daxyu - Qabilalar ittifoqi
Ijtimoiy tuzum taraqqiyoti:
Do'stlaringiz bilan baham: |