6-mavzu. O‟zbekiston Respublikasining moliya organlari va ularning kadrlar siyosati



Download 24,15 Kb.
bet1/2
Sana30.05.2022
Hajmi24,15 Kb.
#619760
  1   2
Bog'liq
6-mavzu. O zbekiston Respublikasining moliya organlari va ularni


6-mavzu. O‟zbekiston Respublikasining moliya organlari va ularning kadrlar siyosati
1. Moliya tizimi deb nimaga aytiladi va unga nisbatan qanday ta‘riflarni berish mumkin?
2. Moliya tizimi qanday sohalarga bo’linadi?
3. Davlat moliyasi va mahalliy moliya qanday bo’g’inlardan tashkil topishi mumkin?
4. Xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar moliyasi qanday bo’g’inlardan iborat?
5. Moliya tizimi ―Davlat moliyasi va mahalliy moliya‖ sohasining alohida bo’g’ini sifatida Davlat byudjeti o’z ichiga nimalarni oladi?
6. Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti o’z oldida turgan qanday muammolarni hal etishi kerak?
7. Mablag’lardan foydalanishning maqsadli yo’naltirilganligi belgisi bo’yicha davlat maqsadli fondlarini qanday ikki guruhga birlashtirish mumkin?
8. Davlat maqsadli fondlari moliya tizimi ―Davlat moliyasi va mahalliy moliya‖ sohasining alohida bo’g’ini sifatida qanday fondlardan iborat bo’lishi mumkin?
9. Nega davlat krediti moliya tizimi ―Davlat moliyasi va mahalliy moliya‖sohasining o’ziga xos bo’g’ini hisoblanadi va unga tegishli bo’lgan xususiyatlar nimalardan iborat?

1.Moliya tizimi — iqtisodiyot pul sektorining bir qismi, moliya amaliyoti. Moliya tizimi faqat moliya munosabatlarini emas, balki moliyaga taallukli siyosiy, tashkiliy munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu tizim tarkibiga qu-yidagilar kiradi: a) moliya obʼyektini hosil etuvchi pul fondlari yoki moliya resurslari; b) korxonalar, xonadonlar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya mu-nosabatlarining subʼyektlari — ishtirokchilari; v) moliya mexanizmi, yaʼni moliya munosabatlarida qoʻllaniladigan va pul bilan bogʻliq vositalar (foyda, zarar, rentabellik, likvidlik, byudjet, byudjetdan tashkari fondlar, subsidiya, subvensiya, dotatsiya, sanatsiya, moliya normativlari, moliyaviy sanksiya va boshqalar); g) moliya institutlari va davlatning moliya idoralari (moliya kompaniyalari, moliya jamgʻarmalari, moliya vazirligi, uning mahalliy boʻlinmalari, soliq idoralari, gʻaznachilik xizmati, soliq politsiyasi va boshqalar); d) moliya bozori — fond bozori, sugʻurta xizmati bozori, valyuta bozori; ye) moliya siyosati — iqtisodiyot subʼyektlarining moliyaga oid yul-yoʻriklari va xatti-harakati.
2. Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. M. iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari — bu M. resurslari yoki M. obʼyektidir. M. subʼyekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan iborat. M. daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon M.si yuzaga keladi. Bu oʻrinda birlamchi daromadlar hosil boʻladi, korxona M. fondlarini tashkil etadi, ishlovchilar ish haqi oladi va bu xonadon daromadini hosil etadi, korxonalar byudjetga soliq toʻlaydilar va bu davlat daromadini yuzaga keltiradi. Daromadlar ikkilamchi taqsimlanganda byudjetdan trans-fertlar (toʻlovlar) va turli maxsus fondlar ajratiladi. Daromadlar kayta taqsimlanganda turli nodavlat va jamoat tashkilotlari korxonalardan, aholidan va byudjetdan pul olib, oʻzining maxsus fondlarini hosil etadi. M. pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarini bajaradi: 1. Taqsimlash vazifasi — jamiyat daromadi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida boʻlinadi, ulardan har biri oʻz hissasini oladi, oʻz daromadiga ega boʻladi. 2. Rivojlantirish vazifasi — M. fondlaridan pul berish orqali iqtisodiyot subʼyektlarining faolligi yuzaga keltiriladi. Ragʻbatlantirish M. vositalarini qoʻllash orqali, chu-nonchi mukofotlash, subsidiya, subvensiya ajratish, jarima solish, sanatsiya va soliqlarni qoʻllash vositasida amalga oshiriladi. Bozor sharoitida asosiy ragʻbatlantirish vositasi soliq hisoblanadi. Soliqdan imtiyozlar berish soliq toʻlovchilarni qoʻliga tekkan daromadini oshiradi. Maqsadli imtiyozlar ularni yaxshi ishlashga undaydi. 3. Ijtimoi y himoya vazifasi — nochor aholi qatlamlari davlatdan, korxona va har xil nodavlat tashkilotlaridan va puldor fuqarolardan moliyaviy yordam oladi. Mazkur vazifani davlat byudjetining ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablagʻlari bajaradi. 4. Axborot berish vazifasi — mamlakat va ayrim subʼyektlarning moliyaviy ahvoli haqida axborot. Moliyaviy ahvolni tavsiflovchi axborot (koʻrsatkichlar) iqtisodiyotga tashhis qoʻyishga xizmat qiladi. 5. Nazorat vazifasi — moliyalashtirish yoʻsinida ajratilgan pulni naqadar maqsadli ishlatilishini pul beruvchilar nazorat qiladilar. Shu pulni oʻrinli yoki oʻrinsiz ishlatilishiga qarab moliyalashtirish koʻpaytiriladi, qisqartiriladi yoki umuman toʻxtatiladi.
Milliy iqtisodiyotning boʻgʻinlariga qarab turli darajada M. amal qiladi. Uning asosiy boʻgʻini quyi darajadagi yoki mikromoliyadir. Bunga korxona M. si (buni korporativ M. deb yuritiladi), xonadon M.si, jamoat tashkilotlari M.si, sugʻurtalash M.si kabilar kiradi. Davlat M.si makrodarajadagi M.ni tashkil etadi va milliy manfaatlarga xizmat qiladi. Niqoyat milliy iqtisodiyotning eng yukrri darajasi bu metimoliya boʻlib, bu tabiatan xalqaro M. munosabatlari hisoblanadi, mamlakatlararo yuz beradi, xalqaro M. tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Turli darajadagi M. oʻzining koʻlami bilan ajralib turadi. M. turli darajadagi moliyalashtirish usullari jihatidan ham farqlanadi. Korxona, sugʻurta va xonadon M.si oʻzini oʻzi moliyalashtirish qoidasiga tayanadi. Davlat moliyasi byudjetdan moliyalashtirish tamoyillarini qoʻllaydi. Turli nodavlat tashkilotlari va jamoat tashkilotlari qisman oʻzini oʻzi moliyalashtiradi. Milliy iqtisodiyotning mohiyati va funksiyalari moliya tizimi faoliyatida oʻz ifodasini topadi Moliya — pul mablagʻlaridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar tizimi boʻlib, uning vositasida turli darajada pul mablagʻlari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya iqtisodiyot doirasida oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir qator vazifalarni bajaradi.

  1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy taʼminlash, ularga xizmat koʻrsatish vazifasini bajaradi.

  2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari oʻrtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon boʻladi.

  3. Moliyaning ragʻbatlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.

  4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va isteʼmol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar boʻlish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablagʻ bilan taʼminlash tizimi orqali amalga oshiriladi.

3. Davlat moliyasi — davlat ixtiyorida pul jamgʻarmalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. D.m.ning mablagʻlari umummilliy manfaatlar yoʻlida sarflanadi, davlatning funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi. D. m. pul jamgʻarmalari, moliya mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari (idoralari) va moliya siyosatini oʻzida mujassamlashtiradi. D. m. tarkiban davlat byudjeti, mahalliy (munitsipal) byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti), hukumatga qarashli maxsus jamgʻarmalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va qarzga beradigan vositalari) kabi turlarga bulinadi.
Birinchi marta "D. m." atamasi 16-asrda Fransiyada ishlatila boshladi. Oʻsha davrda D. m. turli soliqlar tarzida maydonga keldi. Yirik davlatlarning vujudga kelishi va ular harajatlarining ortib borishi bilan nakd pulga ehtiyoj oʻsdi, natijada xalqdan olinadigan soliqlar, asosan, pul shaklida yigʻib olinadigan boʻldi, majburiy soliklar va zayomlar davlat zayomlari bilan almashindi. Buning oqibatida D. m.ning murakkab tizimi vujudga keldi.
Hoz. vaqtda davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga oshirishda D. m. katta ahamiyatga ega. U takror i. ch. jarayonlarini taʼminlash, xalqning moddiy va maʼnaviy turmush farovonligini oshirish, davlat organlarini mablagʻ bilan taʼminlash, mamlakat iqtisodiyotini oʻstirish, xalq xoʻjaligini, ijtimoiy sohani moliyalashtirish, iqtisodiyotni investitsiyalash, aholini ijtimoiy himoya qilish, milliy xavfsizlikni taʼminlash, davlatni idora qilish va b. da yetakchi vosita hisoblanadi. Mavjud barcha korxonalar va xalq xoʻjaligi tarmoqlari moliyasi D.m. va moliya tizimi zaxiralarining asosiy manbaidir.

Download 24,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish