6-mavzu: Guruhlararo va guruh ichida o‘tkaziladigan loyihalar. (2 soat)
Reja:
1. Guruh haqida tushuncha va guruh borasidagi ekperimentlar tarixi.
2. Guruh ichidagi va guruhlararo eksperimentiar tuzish.
3. Guruh ichidagi va guruhlararo eksperimentlaming yutuq va kamchiliklari.
Maqsad:
Talabalarda guruh va guruhlararo eksperirnentlarni tuzish va ularni o‘tkazish, ularning yutuq va kamchiliklarini o‘rganish hamda nazariy bilimlami shakllantirish.
Vazifalar:
Talabalarda o‘z ustida ilmiy izlanish olib borishda, guruh va guruhlararo eksperimentlaming etik tamoyillarini hamda ilmiy tadqiqotchilik ko‘nikmalarini tarbiyalash.
Talabalarda ihniy dunyoqarashni, ijodiy mustaqil tafakkurni, ma’iumotlarni tizimlashtirish, umumlashtirish malakalarini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar:
Konformizm effekti .Tashqi konformizm .Ichki konformizm, Negativizm, Nonkonformizm.
Mavzuning qisqacha bayoni
Guruh - aniq chegaralangan kattalikdagi, (sotsiumdan) jamiyatdan ajralib chiqqan, biror bir maqsadda birlashgan, vazifasi va faoliyati bir bo‘lgan insonlar yig'indisi, jamlanmasi hisoblanadi. Guruhlar haqida gapirganimizda ko‘z oldimizga tabiiy sharoitda hosil bo'lgan guruhlarni keltiramiz: oila, sport guruhi, do‘stlar jamoasi, harbiy bo’linma, sinf, jinoyatchiiar uyushmasi, ishlab chiqaruvchi jamoa, kosmik kema ekipaji va hakozo. Bu qatomi uzoq davom ettirishimiz mumkin. Aynan shuning uchun guruhga nisbatan universal ijtimoiy - psixologik klassifikatsiyani keltira olmaymiz. Har qanday klassifikatsiya tuzilmasi qanchalik to‘liq va yaxshi ishlab chiqilgan bo‘lmasin barcha guruhlarga tegishli boimaydi. Shuning uchun guruhlarni klassifikatsiylashda dixotornik tamoyilga asoslanadi.
Bunga misol qilib, mavjud an'anaga aylangan klassifikatsiyalami keltirishimiz mumkin: katta va kichik, ochiq va yopiq, birlamchi va ikkilamchi, rasmiy (formal) va norasmiy
(noformal), uzoq va qisqa muddatli, referent va a'zolik guruhi, tashkil qiiingan va tashkil qilinmagan va hakozolardir.
Katta guruh - katta miqdordagi a'zolarga ega bo’lgan, turli aloqalai xiliariga asoslangan ijtimoiy guruh.
Kichik guruh - nisbatan kichik hajmdagi a'zoiarga ega bo’lgan va faqat o‘zaro hal qiiinadigan muammolarga asoslanadigan ijtimoiy guruh.
Birlamchi guruh - asosan individning birlamchi ijtimoiy jarayonini va uning boshqa guruhlarga tortilishini ta'minlovchi kichik guruhning (oila,o‘smirlar guruhi) ko‘rinishidan biri.
Ikkilamchi guruh - birlamchi katta va undagi munosabatiar shakliangan. Masalan: basketbol klubi unda bir necha guruhlar mavjud. Bu ikkilamchi guruh. Agar bitta guruh boisa - birlamchi guruh bo’ladi.
Rasmiy (formal) guruh - yuridik maqomga ega bo’lgan ijtimoiy guruh bo’lib,bunda guruhga a'zolik, vazifalar, maqsad va xulq - atvor qoidalari me’yoriy hujjatlarda qayd etilgan bo’ladi.
1-topshiriq
Do'stlaringiz bilan baham: |