6-Ma’ruza
Payvandlash yoyning ta’minlash manbalari
Reja:
1. Payvandlash yoyning ta’minlash manbalari hakida umumiy ma’lumot
2. Payvand yoyi ta’minlash manbalarini tasnifi.
3. Payvand yoyi ta’minlash manbalarini belgilanishi.
Tayanch so’zlar.
Payvandlash zanjiri, о‘zgarmas tok
manbalari, tо‘g‘rilagichlar ,
mexanizatsiyalashgan flyus.
Payvandlash yoyning ta’minlash manbalari hakida umumiy ma’lumot.
Yoyni
lozim bо‘lgan tok turi va tok kuchi bilan ta’minlovchi qurilma payvandlash yoyning
ta’minlash manbai deyiladi.
Ta’minlash manbai va payvandlash yoyi о‘zaro bog‘langan energetika tizimini
tashkil qiladi, unda ta’minlash manbai quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
yoyni boshlang‘ich yonishi uchun sharoit yaratadi, payvandlash jarayonida uni
turg‘un yonishini ta’minlaydi va rejim parametrlarini rostlash (sozlash)
uchun
imkoniyat yaratadi.
Ta’minlash manbaining muhim texnik tavsifi unga yoyning u yoki bu turi
bilan
ishlash imkonini beradigan ta’minlash manbaining «payvandlash» klemmalaridagi
kuchlanish U ni payvandlash toki I ga bog‘lanishidir. Bu bog‘lanishni ta’minlash
manbaining tashqi voltamperli tavsifi (VAT) deydilar. Bizga ma’lum ta’minlash
manbalari uchun eng xarakterli tavsiflar: tez pasayib boradigan 1, о‘rtacha
pasayadigan 2 va qattiq 3 tavsiflaridir (1-rasm).
1-rasm. Ta’minlash manbaining tez pasaib boradigan (1), о‘rtacha pasayadigan
(2)va kattiq (3) tavsifi birgalikda turli uzunlikdagi payvandlash yoyining volt
amper tavsifi bilan (4,5,6) birga.
Yoyni turg‘un yonishi, demak, payvand chokning sifatli shakllanishi bir qator
shartlarni bajarishga bog‘liq. Ulardan biri – ta’minlash manbaining kuchlanishi va
toki yoyning kuchlanishi va tokiga tengligidir. Bunga manbaning VAT va yoyning
VAT biror nuqtada kesishganda erishish mumkin. Masalan, agar manbaning VAT-
1 dastaki yoy bilan payvandlashga tegishli bо‘lgan 4,5 va 6 VAT bilan kesishsa yoy
turg‘un bо‘ladi, bu esa faqat manba tez pasayib boradigan VAT ga ega bо‘lganda
mumkin. Yoy bilan dastaki payvandlash jarayonida kо‘pincha
yoy uzunligi
anchagina о‘zgarib turadi demak, kuchlanish pasayishi ham mumkin. Bunday
о‘zgarishlarda VAT larning kesishgan nuqtasi masalan, A
2
nuqtasidan A
3
nuqtasiga
siljiydi. Bu tok kuchini
I ga о‘zgarishiga olib keladi, u manbaning VAT qancha tez
pasayadigan bо‘lsa shuncha kichkina bо‘ladi. Demak, dastaki payvandlash uchun
tez pasayib boradigan tavsifli manba yaxshiroqdir.
Sekin pasayib boradigan VAT manbalar flyus bilan avtomatik payvandlash uchun;
qattiq VATli manbalar himoyalovchi gazlarda suyuqlanadigan
elektrod bilan
yarimavtomatik va avtomatik payvandlashda qо‘llanadi. Bunda VAT lardan
foydalanish
tez
pasayib
boradigan
VAT
ga
qaraganda
payvandlash
transformatorlaridagi nobudlik quvvatini kamaytiradi va yoyni suyuqlangan
elektrodda yongandagi о‘z-о‘zidan rostlanish effektini kattalashtiradi. Bu effektning
mohiyatini kо‘rib chiqamiz: masalan, yoy uzunligi kattalashganda,
elektrod metallining suyuqlanish tezligi kamayadi. Simni yuborib turish tezligi
о‘zgarmas bо‘lganda, agar suyuqlanish tezligi kichkina bо‘lsa uning uchi buyumga
yaqinlashadi. Yoy uzunligi kamayadi, tok kuchi va simni suyuqlanishi oshadi.
Jarayon tok kuchi va yoy uzunligining oldingi qiymati tiklangancha davom etadi.
Yoy uzunligi tebranishi bilan bu effekt kuchliroq namoyon bо‘ladi,
bu sekin
pasayadigan va qattiq VAT li manbalarda kuzatiladi.
Manbaning yana bir muhim tavsifi tokni I
min
dan I
max
gacha rostlash diapazoni, bu
payvandlanayotgan metallni qalinligi va elektrod diametri о‘zgarganda kerak
bо‘ladi. Bu diapazon K
r
= I
max
/I
min
nisbati bilan xarakterlanadi va rostlash karraligi
deyiladi. Hozirgi zamon manbalari K
r
= 3...6 ga ega. Suyuqlanadigan elektrod bilan
payvandlashda yoyning yonish jarayoni juda qisqa vaqt (sekund ulushlarida)
elektrodni buyum bilan qisqa tutashishidan boshlanadi. Ta’minlash manbalari
yoyning ishchi toki kuchidan 1,5...2 marta katta bо‘lgan qisqa tutashish toki I
kt
qiymatini ta’minlashlari lozim.
Har qanday manbalarning ishini uchta asosiy holat xarakterlaydi: salt yurish rejimi
(payvandlash
zanjiri ulanmagan, yoy yonmagan) qisqa tutashish rejimi
(payvandlash zanjiridan qisqa tutashish toki I
kt
о‘tadi) va yuklamali rejim (berilgan
ishchi tokda yoy yonadi). VAT da bu holat tо‘g‘ri keladigan ma’lum nuqtalar bor.
Payvandlash ishlari bajarilayotganda
manba yoki t
u
vaqti ichida ishchi holatda, yoki
t
s
vaqt ichida salt yurish rejimida bо‘ladi. Ikkala holat galma-galdan takrorlanadi.
Shuning uchun ta’minlash manbai (davriy) qaytalama-qisqa vaqt rejimda ishlaydi
deyish qabul qilingan, bu rejim ulanishining davom etishi (UDE) bilan
xarakterlanadi:
UDE=
n
u
u
t
t
t
.
100%
GOST 18311-72 ga binoan manbalarning ishlash sharoitiga qarab UDE=5%; 10%;
15%; 30%; 65%; 100% qiymatlarini kо‘zda tutadi, buni hisobga olgan holda har bir
tok manbaining turiga qarab nominal tok
уз
I
ni hisoblaydilar, bu tokda manba qizib
ketmaydi:
;
%
100
УАЭ
I
I
уз
ном
Bu yerda
уз
I
– UDE 100% bо‘lganda uzoq muddat
yо‘l quyiladigan tok. Ta’minlash manbalari turli quvvatlarda 40 dan 5000 A nominal
toklarga mо‘ljallab ishlab chiqariladi, konkret qiymatlari shu chegaralarda GOST
tomonidan belgilangan. UDE va nominal tok qiymatlari - ta’minlash
manbaining
parametrlaridir. Bular qatorida manbaning payvandlashda imkoni va qо‘llanish
sohasi, payvandlash tokini rostlash diapazoni, tarmoq kuchlanishi va f.i.k. bilan
xarakterlanadi.
Nazorat savollari:
1.Ta’minlash manbaining muhim texnik tavsifini aytib bering.
2.Payvand yoyi ta’minlash manbalarini belgilanishi aytib bering.
3.
Payvandlash yoyning ta’minlash manbalari haqida tushintirib bering.