6 ma’ruza Dala tadqiqotni rejalashtirish. Dala tajribasi va uning asosiy
elementlari
Reja
1. Tajriba o‘tkazishda tuproq hususiyatlarni hisobga olish
2.
Dala tadqiqotni rejalashtirish
3.
Dala tajribasi va uning asosiy elementlari
Tajriba uchun dala tanlash o’ta ma’suliyatli ish bo’lib, yetti o’lchab, bir
kesishni taqozo etadi. Aks holda tajriba davomidagi barcha ishlar o’z qimmatini
yo’qotadi. G’o’za-beda, g’o’za-g’alla majmuidagi ekinlar agrotehnikasiga oid
tajribalarni o’tkazish mo’ljallanganda tadqiq etiladigan hudud tuproqlarini batafsil
o’rganib chiqish zarur.
Ularning viloyat va O’zbekiston miqyosidagi o’rni va salmog’ini tasavvur
etish uchun ilmiy adabiyot va Respublikamiz, shuningdek, tajriba o’tkaziladigan
ho’jalik va ilmiy muassasa tuproq haritalari bilan tanishib chiqish talab etiladi. Bu,
tanlangan dala tuproqlarining muayyan hudud uchun hosligi (o’hshashligi) haqida
aniq tasavvurga ega bo’lish va dala tajribalari natijalarini tuprog’i shu tuproq
turlariga hos boshqa hududlarga ham tavsiya qilish imkonini beradi. Ta’kidlash
joizki, har bir ho’jalik ishlab chiqarish yo’nalishidagi ho’jalik ham tajriba ho’jaligi
ham, tuproq va agrokimyoviy haritanomalarga ega.
G’o’zani parvarishlashda qo’llaniladigan agrotehnik va meliorativ tadbirlar
tizimini to’g’ri amalga oshirish maqsadida respublikamiz viloyatlari o’ziga hos
sharoitlaridan kelib chiqib, olimlarimiz tomonidan ikki guruhga – bo’z tuproqlar
hamda sahro-cho’l mintaqalariga ajratildi. Quyida ularning tavsifi keltirilmoqda:
Bo‘z tuproqlar mintaqasi tog’ va tog’ oldi hududlarini o’z ichiga oladi. U to’q tusli,
tipik va och tusli bo’z tuproqlar mintaqasiga bo’linadi. Sahro mintaqasi 3 ta
mintaqadan: shimoliy, markaziy va janubiy mintaqachalardan tashkil topgan.
Hududlar tabiiy sharoiti bo’yicha bunday bo’linishi ularning tuproqlari,
shuningdek, bu tuproqlarda amalga oshiriladigan meliorativ va argotehnik
tadbirlarga ko’ra bir-biridan farqlanishini bildiradi. To‘q tusli bo‘z tuproqlar dengiz
sathidan 700-1000 m yuqori joylashgan tog’ va tog’ oldi mintaqasining ancha baland
qismlarida shakllangan. Bunday tuproqli hududga Janubiy Qozog’iston viloyati
Chimkent-Sayram guruhi tumanlari g’o’za parvarishlanadigan maydonlarining
salmoqli qismi, qisman Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyati, shuningdek,
unchalik ko’p maydonlarni egallamagan Tojikiston Respublikasi maydonlari va
O’zbekiston Respublikasining ba’zi tumanlari joylashgan.
Bu tuproqlar mayda zarrachali va qumoq, allyuvial va proallyuvial
yotqiziqlarda shakllangan, sho’rlanmagan, unumdor, fizikaviy hususiyati ham
yahshi. Bunday tuproqli erlarni tekislash ularda suv, irrigatsiya eroziyasiga qarshi
kurashish talab etiladi. To’q tusli bo’z tuproqlarda eng ertapishar g’o’za va g’alla
navlari etishtiriladi. Tipik bo‘z tuproqlar dengiz sathidan 400-700 m balandlikda
tarqalgan, tog’ oldi tekisliklari va daryo terrasalarining yuqori qismlarini ishg’ol
etgan. Bunday tuproqlardan iborat, g’o’za va boshqa ekinlar o’stiriladigan
maydonlar Keles, Quruq-Keles, Chirchiq, Angren, Ko’gart daryolari havzalarida,
Qoradaryo, Kurshaba, Oqbura, Aravansoy hamda Farg’ona vodiysi janubiy va
shimoliy hududlaridagi tog’ daryolarining yuqori, Zarafshon, Qoradaryo,
Kofirnihon, Qizilsuv va Yahsuv daryolarining yuqori va o’rta qismlarida joylashgan.
Ushbu tuproqlar mayda jinsli qumoq, lyossimon delyuvial va ba’zan allyuvial
yotqiziqlarda rivojlanib, sho’rlanmagan, unumdorligi, fizikaviy hususiyatlari
yahshiligi bois er tekislashdan tashqari mahsus melioratsiya tadbirlarini amalga
oshirish talab qilinmaydi.
Tipik bo’z tuproqli erlarning notekis relfli katta nishabli qismlarida irrigatsiya
eroziyasiga qarshi tadbirlar o’tkazilishini va ularni yahshilab tekislash zarur. Tipik
bo’z tuproqlarda g’o’zaning o’rtapishar navlari ekiladi. Och tusli bo‘z tuproqlar
dengiz sathidan 400 metrdan pastroqda, daryo terassalarining quyi tog’oldi
tekisliklarida tarqalgan.
G’o’za va g’alla etishtiriladigan bunday tuproqli maydonlar Sirdaryo,
Toshkent viloyatlarida, Farg’ona vodiysida, Zarafshon daryosi havzasining o’rta
qismida va Qashqadaryo, Surhondaryo, Kafirnihon daryolari havzalarining quyi
qismlarida, Vahsh va Panj vodiysida, Murg’ob va Tejan daryolari vodiylarinig
yuqori qismlarida joylashgan.
Och tusli bo’z tuproqlar asosan turli mehanik tarkibli lyossimon qumoq va
qatlamli, loyqali allyuvial yotqiziqlarda shakllangan. Ba’zi joylarda tuproq osti
yotqiziqlari qumli va shag’alli jinslardan iborat. Havo harorati yuqoriligi,
yog’ingarchilik kamligi va yer osti suvlari tabiiy harakati sekinligi tufayli
minerallashgan sathi ko’tarilganda tuproq sho’rlanadi. Och tusli bo’z tuproqlar
rivojlangan yotqiziqlar turlichaligi va ular bu yotqiziqlar sho’rlanganligi sababli
avval ta’kidlangan tuproqlarga nisbatan turli-tuman.
Fizikaviy hususiyatlari juda yahshi bo’lgan hillari ham uchraydi, masalan,
lyosslarda hosil bo’lganlari; noqulay fizikaviy hususiyatlari ham mavjud:
yog’ingarchilikda juda ivib ketib, so’ng qalin qatqaloq hosil qiluvchi yoki shag’alli
va qumli qatlam yuzaga yaqin bo’lganidan o’tkazuvchanligi (filtratsiya) yuqori och
tusli bo’z tuproqlar shular jumlasidandir.
Bunday tuproqlarda amalga oshiriladigan agrotehnik va meliorativ tadbirlar
tabaqalashtirilishi, hususan, zararli tuzlar ta’sirini yo’qotish uchun kapital (tubdan)
va joriy sho’r yuvish qo’llanilishi, bu jarayonda sarflanadigan suv me’yorlari
tuproqning sho’rlanish darajasi va tuzlar tarkibiga ko’ra belgilanishi zarur. Yerlarni
tekislash va sug’orish tartiblari taqozo etadigan tadbirlarni tabaqalashtirib qo’llash
muhim ahamiyatga ega.
Yerlarni sho’rsizlantirish uchun sho’r yuvish, zahira suvi va amal-o’suv suvi
berish me’yorlariga, boshqa agrotehnik tadbirlar tizimiga ham aniqlik kiritilishi
lozim. Och tusli bo’z tuproqlarda faqat o’rtapishar g’o’za navlarinigina emas, balki
amal-o’suv davri uzoqroq bo’lgan ingichka tolali go’za navlarini ham ekish,
parvarishlash mumkin. Masalan, Namangan viloyatida ingichka tolali pahta
yetishtirilayotgan bunday maydonlar tobora kengaymoqda. Sahro mintaqasida taqir,
taqirsimon bo’zrang-qo’ng’ir va sahro-qumli tuproqlar shakllangan. Ular tarkibida
organik modda, yalpi azot juda kam uchraydi. Taqir tuproqlar noqulay fizikaviy
hususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ivib ketish, sho’rlanganligi, kam suv
o’tkazuvchanlik, past mikrobiologik faoliyat, umuman olganda, kam unumdorlik
shular jumlasidandir. Odatda, bu tuproqlar kam yog’ingarchilik tushishi va yuzadan
ko’p bug’lanishi tufayli sho’rlangan. Taqir va taqirsimon tuproqlar Turkmaniston
Respublikasi,
Qoraqalpog’iston
Respublikasi,
O’zbekistonning
Horazm,
shuningdek, Buhoro, Surhandaryo, Qashqadaryo 8 viloyatlari va Tojikiston
Respublikasining
pahta
yetishtiriladigan
hududlarida
tarqalgan.
Sahro
mintaqasining deyarli barcha qism tuproqlari shamol eroziyasiga chalingan.
Unumdorligini oshirish uchun bunday tuproqlarning fizikaviy hususiyatlarini
yahshilash, organik modda bilan boyitish, sho’rni yuvish mehanik tarkibi og’ir
bo’lsa, qum sepish, ularda barcha agrotehnik tadbirlarni o’z vaqtida, sifatli o’tkazish
kerak. Bu mintaqada, ayniqsa Markaziy Farg’onada, Buhoro, Surhandaryo
viloyatlari va Turkmaniston Respublikasida shamol eroziyaga qarshi tadbirlarni
qo’llash zarur. Yuqorida tafsiflari berilgan mintaqaviy tuproqlardan tashqari,
introzonal, sizob sathi yuza bo’lgan sharoitda shakllangan turli gidromorf tuproqlar
mavjud bo’lib, ular orasida o’tloq-botqoq, o’tloq-allyuvial, o’tloq-soz va botqoqlar
ham uchraydi.
Bu tuproqlar bo’z tuproqlar va sahro mintaqalariga hos hususiyatlarini
saqlagan holda yangi belgilarga ega bo’lganlar: yuza va chuqur qatlamda o’tloqlilik
hosil kilgan, u yoki bu darajada botqoqlashgan. Sahro mintaqasi, shuningdek, och
tusli bo’z tuproqlarda kapillyarlar orqali ko’tarilib, bug’lanayotgan suv miqdori
yogingarchilikda tushgan suvga nisbatan ancha ko’p bo’lganligi bois o’tloq,
gidromorf tuproqlar yuzasi va chuqur qatlamlari ham sho’rlangan; tuzlar miqdori va
tarkibi bo’yicha sho’rlanganlik darajasi turlicha-kuchsizdan ancha yuqorigacha,
ularda shishgan, qatqaloqli-shishgan yoki qatqoqli sho’rhoklar vujudga kelgan.
Bu esa, sahro va bo’z tuproqlar mintaqasi tuproqlari turlicha bo’lishiga olib
kelgan. Ba’zi yerlarda bunday hilma-hillik shu qadar yuqoriki, bu ularning
tuprog’ini alohida-alohida tuproq hillari majmualariga ajratishni taqazo etadi.
Mintaqaning tabiiy tuproqlarida ziroatlar sug’orilishi oqibatida jiddiy o’zgarishlar
sodir bo’ladi. Uzoq muddat sug’orilgani bois qishloq ho’jaligi ekinlari ham ba’zi
hududlar tuproqlarida 2 m. va undan qalinroq agroirrigatsion qatlam hosil qiladi.
Sug’orma dehqonchilik sharoitida yuqorida ta’riflangan tuproqlarning yuza
qatlami orgnik va oziqa unsurlari, hususan fosfor bilan to’yinadi, fizikaviy
hususiyatlari yahshilanadi; sho’r yuvishlar ta’sirida o’simliklar uchun zaharli
tuzlardan halos bo’ladi, zovur tizimi ta’sirida sizob sathi pasayadi. Bularning
barchasi sug’orma dehqonchilik hududlari tuproqlarining turli-tumanlik doirasini
kengaytiradi, unumdorligini yanada barqarorlashtiradi. Shuni ham ta’kidlash
zarurki, asosiy mintaqalarga hos tuproq hillaridan tashqari o’tkinchi bo’z-o’tloq,
taqir-o’tloq va boshqa hildagi tuproqlar ham mavjud.
Tuproqlar turli-tumanligi yuza yoki ostki qatlamlari mehanik tarkibi,
qatlamlari yahlitligi yoki qat-qatligi, zahi qochirilganlik darajasiga ko’ra ham ortib,
boradi. So’nggi yillarda sug’oriladigan yerlarning o’zlashtirilganlik darajasi
bo’yicha ma’lumotlar ko’proq to’planmoqda. Shu asosda sug’orish, ishlov berish,
o’g’itlash kabi agrotadbirlar kam unumli tuproqlarga nisbatan yahshi samara
beradigan yuqori unumli tuproqlar aniqlanmoqda.
Tajribalarni o’tkazishda tuproqlarning turlichaligi, albatta, hisobga olinishi,
ular dastlab mintaqaning eng tipik tuprog’ida joylashtirilishi, shu bilan birga, 9
ho’jalik yuritish jihatidan ahamiyatli bo’lgan tuproq hillarini ham qamrab olishi
maqsadga muvofiq. Tajribani joylashrishdan avval dalalarning dehqonchilik tarihi
bilan tanishish zarur.
Bunda tajriba o’tkaziladigan maydonga o’tgan 3 yil davomida ekilgan ekinlar,
dalalarning o’t bosganlik darajasi, zararkunandalar va kasalliklar (ayniqsa, vilt)
manbalari va agrotehnik tadbirlar tizimi bo’yicha farq aniqlanadi. Eng muhimi,
yuqori me’yorda mineral va argonik o’g’itlar (ayniqsa, fosfor 300-400 kg/ga dan
ortiqroq) va go’ng (30-40 t/ga dan ko’proq) sepilgan, chuqur shudgorlangan (40 sm)
va yumshatilgan (50-70 sm dan chuqurroq) variantlar joylashtirilgan yerni belgilab
qo’yish kerak.
Chunki bu tadbirlarning davomiy ta’miri o’rganilmasa, qo’yilayotgan tajriba
natijalari noto’g’ri talqin qilinishi mumkin. Bu ta’sirni aniqlash uchun ishlab
chiqarish sharoitida 1-2 yil davomida muvozanatlashtiruvchi bir yillik ekinlar
bug’doy, javdar, makkajo’hori ekish zarur. Muvozanatlashtiruvchi ekinlar
rivojlanishida har hillik kuzatilsa, ularning hosilini aniqlash maqsadida alohida
hisobga olish, dalaning ola rivojlangan qismi rejadan ajratib ko’rsatilishi shart.
Sho’rhok dog’lari bor sho’rlangan dala, tajriba o’tkazishga yaroqsiz hisoblanadi.
Notekis relefli yerlarda tajriba qiyalikning bir hil qismi (janubiy, shimoliy,
g’arbiy yoki sharqiy ekpozitsiya)da joylashtirilishi kerak, chunki ekinlar turli
qiyaliklarda turlicha rivojlanadi. Tajriba uchun tanlangan dalalar tuprog’ining to’liq
tipikligiga, yuza qatlamining mehanik tarkibi, haydov qatlami, gumus qatlami va
pastki qatlamlarning bir hilligiga ishonch hosil qilish uchun batafsil o’rganilishi
kerak. Tanlangan dala tuproqlaridan uzoq muddat davom ettiriladigan tajriba
qo’yishdan avval 1,5-2 metrgacha yoki sizob sathigacha chuqurlikdan, agar u (sizob)
2 m. atrofidagi chuqurlikda bo’lsa, kavlab kesmasi morfologik tavsif etilib,
namunalari genetik qatlamlar bo’yicha olinadi.
Bu namunalarga asosan barcha qatlamlardagi tuproq tarkibida mavjud bo’lgan
gumus, yalpi NPK oziqa moddalari, nitratlar, amiyak, harakatchan P2O5 va
almashinuvchi K2O miqdorlari, shuningdek, uning mehanik tarkibi va hajm massasi
aniqlanadi. Kesmalar genetik qatlamlari (gorizontallari) tekshirilishi natijasida
olingan dalillar asosida tajriba, uchun tanlangan dala tuprog’ining tipikligi va hili
mo’ljaldagi mosligi, tajriba joylashadigan paykal chegarasidagi sharoitlar bir hilligi
aniqlanishi zarur. Buning uchun paykal har 40-50 m.da muayyan izlanish (marshrut)
bo’yicha kuzatiladi va har bir yo’nalish (marshrut) bo’yicha shunday masofada 50-
60 sm li chuqurcha kavlanadi. Iloji bo’lsa, tajriba olib boriladigan dalaning 5 nuqtasi
(konvert shaklida) yoki 3 nuqtasi (dioganal bo’yicha) haydov va haydov osti
qatlamlaridan tuproq namunalari olinib, bir hil qatlamlar tuproqlari aralashtirilib,
bitta o’rtacha namuna hosil qilinadi.
Bu amal dalaninig haydov va haydov osti qatlami faqat tuproq kesmasi
bo’yichagina emas, balki shu qatlamlardagi gumus va azot, fosfor va kaliyning
harakatchan shakllari miqdori bo’yicha ham bir hilligi ishonch hosil qilish uchun
o’tkaziladi. Agar dalaning tuproq sharoiti bo’yicha hech qanday gumon paydo
bo’lmasa, u tajribani joylashtirish uchun to’liq yaroqli, degan hulosaga kelish
mumkin.
Ko’p yillik dala tajribasi davomida olingan barcha tuproq namunalari shu
tajriba nihoyasiga yetkazilgunga qadar saqlab qo’yiladi. Tahliliy ma’lumotlarda
uchrashi mumkin bo’lgan u yoki bu hatoni bartaraf etish uchun shunday qilinadi.
Zarurat tug’ilsa, tajriba qayta o’tkaziladi. Tajriba uchun tanlangan dala tuproqlari
hilma-hil bo’lsa, u holda mo’ljaldagi tajriba bir hilroq maydonga ko’chirilishi,
shuningdek tajriba dalasini suv bilan ta’minlash va agrotehnik tadbirlar tizimini
muddatida va sifatli amalga oshirish choralari ko’rilishi zarur. Yuqorida qayd etilgan
sharoitlarga to’liq rioya qilingandagina tajriba uchun dala to’g’ri tanlanganligiga va
muvaffaqiyatli o’tkazishga ishonch hosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |