6-amaliy mashg’ulot. Azotning kislorodli birikmalari. HNO2 va HNO3 kislotalari
Davriy sistemaning beshinchi guruhida asosiy va qo’shimcha guruhchalar bor. Asosiy guruh elementlarining xossalari azotdan vismutga o’tilganda keskin o’zgaradi. Azot- odatdagi sharoitda reaksiyaga faol kirishmaydigan barqaror gaz. Fosfor azot kabi barqaror emas, balki reaksiyaga tez kirishadigan qattiq holatdagi metallmasdir. Azot, fosfor, mishyak, surma va vismut atomlarining sirtqi qavatida beshtadan electron bo’ladi. Bu guruhchada fosfor, mishyak, surma, vismut atomlari reaksiya vaqtida o’zlarining bir elektronini d-pog’onachalarga o’tkazib, kovalentliklarini 5 ga yetkazadi.
Azotning mavjudligini 1772-yilda D. Rezerford aniqladi.1774-yilda Lavuazye bu elementga “azot” deb nom berdi va uning mustaqil element ekanligini isbotladi. Azot tabiatda erkin va birikma holida uchraydi. Erin azot N2 holida, asosan, atmosferada Chili selitrasi (NaNO3), Hind selitrasi (KNO3) va oqsil tarkibida uchraydi. Quyosh atmosferasida azot ionlari borligi aniqlangan. Uran va Neptun nomli sayyoralarda muz holatidagi ammiakning borligi ma’lum.
Olinishi: Azotning eng katta manbai havo bo’lganligi sababli uni havodan olish mumkin. Buning uchun avval havoni quritib, nam yo’qotiladi, karbonat angidrid esa kalsiy gidroksid yoki ishqor eritmasiga yuttiriladi, shu tariqa tozalangan havo cho’g’langan mis ustidan o’tkazilganda mis kislorodni o’ziga biriktirib oladi, azot va inert gazlar esa ajralib qoladi.
Texnikada azot olish uchun suyuq havoni fraksiyalab haydash usulidan foydalaniladi. Suyuq havo, asosan, azot va kisloroddan iborat. Azotning qaynash harorati -195.80C bo’lib, kislorodniki -1830C dan pastdir; binobarin, suyuq havodan avval azot, keyin kislorod bug’lanadi.
Laboratoriyalarda toza azot olish uchun ammoniy xlorid va natriy nitritning to’yingan eritmalari aralashmasi qizdiriladi:
NH4NO2→N2+2H2O+334.7 kJ
Azot ammiakni xlorli ohak bilan oksidlash bilan ham olinadi:
2NH3+3CaOCl2→N2+3H2O+3CaCl2
Xossalari: Odatdagi sharoitda azot rangsiz va hidsiz gaz. Azot suyuq va qattiq holatlarda ham rangsiz. Azotning kritik temperaturasi (harorati) juda past (-149,90C); uni suyuq holatga aylantirish ancha qiyin. Azotning qaynash harorati -195.80C, qotish harorati esa -2100C ga teng. Azot suvda juda oz eriydi, uning molekulasi 2 atomdan tuzilgan. Azot kalsiy, aluminiy va kremniy bilan faqat yuqori haroratda reaksiyaga kirishadi; og’ir metallar ham azot bilan nitridlar hosil qiladi, lekin bu nitridlar suvda gidrolizlanmaydi. Molekulyar azot orqali elektr razryad o’tkazib hosil qilingan atomar azot kimyoviy reaksiyalarga nihoyatda faol kirishadi, aktiv azot odatdagi haroratda kislorod, oltingugurt, simob va boshqa moddalar bilan birikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |