6- laboratoriya mashg`uloti Mavzu: Keng imkoniyatli tikuv mashinalarini igna mexanizmlari Ishdan maqsad



Download 103,59 Kb.
bet1/2
Sana15.03.2023
Hajmi103,59 Kb.
#919365
  1   2
Bog'liq
6-lab TBICHJ


6- laboratoriya mashg`uloti
Mavzu: Keng imkoniyatli tikuv mashinalarini igna mexanizmlari


Ishdan maqsad: Keng imkoniyatli tikuv mashinalarini igna mexanizmlari, texnologik jarayonlarini o‘rganish


Kerakli materiallar, asbob va jihozlar: 97-A va 1022-M sinf mashinasi, otvyortka, tikish uchun mato va ip.


Nazariy qism.
Nazariy qism tartibi
1. Mexanizmlarni qo‘llashdan maqsad.
2. Mexanizmlarni turlari.
3. 1022-M sinf mashinasini igna mexanizmi.

Mexanizmlarni qo‘llashdan maqsad

Igna mexanizmi buyumlarni teshib o‘tish, unga yuqorigi ipni o‘tkazish va ipdan solqi (halqa) hosil qilish vazifasini bajaradi.


Mashinani qo‘llashga qarab igna oddiy (to‘G‘ri yoki egri chiziqli), murakkab (bir yoki ikki tekislikda) va fazoviy murakkab harakatlar qilishi mumkin.
Igna mexanizmlari krivoship-polzun, krivoship-kulisa, krivoship-kulachokli, olti bo‘G‘inli, fazoviy to‘rtta bo‘G‘inli va ko‘p bo‘G‘inli mexanizmlarga turlanadi.
Ko‘proq krivoship-polzun turli mexanizmlar qo‘llanib, ular sodda, kerakli harakat qonuniyatini ta’minlovchi, yaxshi dinamik belgilarga va ishlashda maromlidir. Bu mexanizmlar uch tuzilishli bo‘lishi mumkin: markaziy yoki aksial, nomarkaziy yoki dezaksial, shatuni bosh valdan yuqorida joylashgan.
Markaziy igna mexanizmi keng qo‘llaniladi, unda ignani ishchi va salt harakatlar vaqti o‘zaro teng.
Dezaksial mexanizmda ignani ishchi yo‘li ko‘p bo‘lib, salt yo‘li kamroqdir. Bunday mexanizmlar siniq bahyaqator bilan tikuvchi 26-A, 75, 331, 335 sinf mashinalarida ishlatiladi.
Igna tikuv mashinasining asosiy ishchi organlaridan biri bo‘lib shisoblanadi. Hamma mashina ignalari gazlamani teshib, ustki ipni igna plastinasi ostiga olib o‘tish va ustki ipdan halqa shosil qilish uchun xizmat qidadi.
Ignalar to‘G‘ri va yoysimon ko‘rinishlarda bo‘ladi. Yashirin baxya shosil qilib tikish mashinalarida yoysimon igna materialning yarim qalinligiga sanchiladi. Yoysimon shakldagi ignalar asosan yarim aylana – traektoriya buylab sharakatlanadi. Moki baxyali tikuv mashinalarida esa vertikal harakatlanuvchi to‘G‘ri ignalar qo‘llaniladi. Ignaning uzunligi va ish yo‘li orqali tikuv mashinasining konstro’qtiv parametrlari aniqlanadi.
Baxya hosil bo‘lish jarayonida to‘G‘ri va yoysimon ignalarning holati 7.1-rasmda kursatilgan.



7.1-rasm. To‘G‘ri va yoysimon ignaning baxya hosil bo‘lish jarayonidagi holati: a – ignaning gazlamaga sanchilishi, b – igna ipi halqasi shosil bo‘lishi, v – moki yoki chalishtirgichning halqani ilib olishi.


3. 1022-M sinf mashinasini igna mexanizmi

Bu mashinada krivoship-shatun tipli igna mexanizmi qo‘llanilgan bo‘lib, u qo‘yidagicha tuzilgan. Ikki yumalash podshipnigiga bosh val erkin joylashtirilgan bo‘lib, uning o‘ng tarafiga shkiv (maxovik, gardish) kiygazilgan va ikki qadaluvchi vint yordamida maxkamlangan (rasm 7. 2). Bosh valni chap tarafiga bir joylashtiruvchi vint yordamida krivoship maxkamlangan. Krivoshipga ikki elkali barmoqcha kiygazilib, u ikki vint yordamida maxkamlangan. Ikki elkali barmoqchani tashqi yelkasiga shatunni ignali podshipnigi bo‘lgan yuqorigi boshi kiygazilgan va chap rezbali vint bilan barmoqqa erkin maxkamlangan.




Rasm 7.2.


Rasmda: 1. Bosh val. 2. YUmalash podshipniklari. 3. SHkiv. 4. Krivoship. 5. Ikki elkali barmoqcha. 6. Ignali podshipniklar.


7. SHatun. 8. Xomut barmoG‘i. 9. Sirpangich. 10. Vertikal yo‘naltirgich. 11. Igna yuritgich (igna sterjeni). 12. Tortuvchi vint.
13. Yo‘naltirilgichlar. 14. Igna. 15. Qadaluvchi vint.

Shatunning pastki boshi orqali xomutikni barmoG‘i o‘tkazilgan, uning oxiriga vertikal yo‘naltirgich ichidagi sirpangich kiygazilgan. Xomutning teshigi va ikki vertikal yo‘naltirgich orqali ichi bo‘sh igna yuritgich o‘tkazilgan va tortuvchi vint yordamida xomutga maxkamlangan. Igna yuritgichni pastiga o‘qi bo‘ylab teshilgan ariqchaga igna kolbasi kirgazilgan va qadaluvchi vint yordamida maxkamlangan.


Bosh val aylanganda krivoship ikki elkali barmoq yordamida shatunni yuqorigi boshini yuqoriga ko‘tarsa uning pastki boshi igna yuritgichni ham yuqoriga tortadi, bunda igna materialdan chiqadi, aksincha krivoship barmoqcha yordamida shatunni yuqorigi boshini pastga bossa, uning pastgi boshi ham pastga bosiladi va o‘z navbatida u xomut yordamida igna yuritgichni pastga bosadi, natijada igna materialni teshib o‘tadi. Demak, bosh valning aylanma harakati krivoship va shatun yordamida igna yuritgichni ilgarilama-qaytma harakat qilishiga olib kelar ekan.

7.3-rasm 1022-M sinf mashinasini igna va ip tortkich mexanizmlari





Download 103,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish