14-laboratoriya Transport vositalarining kulachokli vallarini diagnostika qilish Kulachokli val



Download 14,8 Kb.
Sana28.04.2023
Hajmi14,8 Kb.
#933152
Bog'liq
14-laboratoriya


14-laboratoriya
Transport vositalarining kulachokli vallarini diagnostika qilish
Kulachokli val, taqsimlash vali — mashinaning alohida mexanizmlariga berilgan ketma-ketlikda harakat uzatadigan kulachoklari boʻlgan val. Ichki yonuv dvigatelidagi Kulachokli val klapanlarning oʻz vaqtida ochilib-yopilishini, yonilgʻi vositasida esa Kulachokli valning kulachoklari taʼsirida plunjerdar ish yoʻlini bajaradi. Kulachokli valpoʻlatdan shtamplab yoki mustahkamligi yuqori boʻlgan choʻyandan quyib tayyorlanadi. Kulachokli val turli avtomatik mashivalar, porshenli dvigatellarning muhim qismi hisoblavadi. Kulachokli val kulachoklari va boʻyinlari HRC53-62 qattiqlikkacha toblanadi, keyin silliqlanadi va yaltiratiladi.
Detal materialining deformatsiyasi yuklanish tushuvi natijasida yuzaga keladi va detal shakli va o‘lchamlari o‘zgarishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar vaqtinchalik (yuklanish olingandan so‘ng yo‘qoluvchi qayishqoq deformatsiyalar) yoki qoldiq (yuklanish olingandan so‘ng ham qoluvchi plastik deformatsiya) bo‘lishi mumkin. Qoldiq deformatsiya detallar yoki ularning elementlarini buralishiga, egilishiga, pachoqlanishiga yoki uzayishiga olib keladi.
Material sinishi o‘ta yuklanishlar sababli yuz beradi, bunda detallar materiallaridagi kuchlanishlar materialning oquvchanlik yoki mustahkamlik chegarasidan ortib ketadi, shuningdek yuklama zarb ko‘rinishida bo‘lganda ham detal buzilishi kelib chiqishi mumkin.
Material tarkibi va yuklama tushuviga ko‘ra sinishlar qovushqoq yoki mo‘rt bo‘ladi.
Qovushqoq sinish statik yuklama o‘ta ortib kyetishi bilan bog‘liq, bunda detal materialining oquvchanlik chegarasi oshib o‘tiladi.
Mo‘rt sinish yuklama oniy ta’sir etganda yuz beradi; bundan tashqari u detal materialining sovuq sinuvchanligi va detalning havfli kesimida kuchlanishlar kontsentratori mavjudligi bilan bog‘liq.
Charchoqli sinish kuchlanishlarning ko‘p karra tsiklik o‘zgarishlari natijasida yuzaga keladi, bunda bu kuchlanishlar kattaligi mazkur material uchun belgilangan chidamlilik chegarasi deb ataluvchi oquvchanlik chegarasi kattaligidan kichik bo‘lishi mumkin.
Bu guruh buzilishlari (deformatsiya va sinish) uchun detallarni ishdan chiqishiga sabab ko‘pincha charchoq buzilishlari hisoblanadi. Charchoq holatini rivojlanishiga yuzalarni shikastlanishi (chiziqlar, pachoqlanishlar, darzlar va boshqalar), kuchlanishlar to‘plovchilari (teo‘iklar, kesimlarning keskin o‘zgarishi va boshqalar), materialning katta qattiqligi, material tarkibining bir jinsli emasligi va hokazolar sabab bo‘ladi. Charchoq buzilishlari ilgarilanma-qaytuvchi yoki aylanuvchi harakatlarni amalga oshiruvchi ko‘plab detallarda uchraydi.
Charchoqli zanglash (pitting) kontakt yuzalarida hosil bo‘ladi va mayda o‘yilishlar, antifriktsion qatlamning rangi o‘zgarishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. U, masalan, turli podshipniklarning tayanchlari aylanish yo‘lakchalarida, tishli uzatmalarning kontakt nuqtalarida va boshqalarda kuzatiladi.
Metall juftlarning yemirilishi yedirilish natijasi sifatidagi mexanik yedirilishga olib keladi, u material zarralarini detaldan ajralishi yoki detal materialining qoldiq deformatsiyasi ko‘rinishida bo‘ladi. Juft detallar materiali ishqalanish yuzalaridan zarralar ajralib chiqishi hisobiga detal o‘lchamlarini bir maromda o‘zgarib borishi jarayoniga yedirilish deyiladi.
Kontaktda bo‘lgan juftlarni yedirilishlarining eng keng tarqalgan turi bu materialning fizik-kimyoviy sezilarsiz o‘zgarishlarisiz yuzalarning bir tekis yedirilishi ko‘rinishidagi mexanik yedirilishdir.
Detallarning ediriluvchanligiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi: ishqalanish turi, solishtirma yuklanishlarning xarakteri va kattaligi, ishqalanish yuzalarining nisbiy siljish tezliklari, yuzalar orasidagi tirqishlar o‘lchami va shakli, moy uzatilishi sharoiti, materiallar xususiyatlari, yuzalarga ishlov berish sifati. Bunda birikish juftlarining ishqalanish turi muhim ahamiyatga ega. Detallarni kontaktda bo‘lgan yuzalarini nisbiy siljishlariga ikki turdagi ishqalanish farqlanadi:
- sirpanish ishqalanishi (birinchi turdagi), bunda bitta detalning biror bir hududi boshqa detalning yangi va yangi hududlari bilan o‘zaro ta’sirlashadi;
- chayqalish ishqalanishi (ikkinchi turdagi), bunda bitta detalning ketma-ket keluvchi hududlari boshqa detalning ketma-ket keluvchi hududlari bilan o‘zaro ta’sirlashadi, bu holda bitta detalning boshqa detalga nisbatan aylanish oniy o‘qi ta’sir hududlaridan biri orqali o‘tadi.
Ayrim xollarda amaliyotda aralash turdagi ishqalanishalr (uchinchi turdagi) uchraydi, bunda chayqalish ishqalanishi qo‘shimcha sirpanish ishqalanishlari bilan yuz beradi, masalan, tishli g‘ildiraklar tishlari orasidagi ishqalanishlarda.
Detallarning ishqalanish yuzalari holati va moylash xarakteriga ko‘ra quyidagi asosiy ishqalanish turlaridan biri yuzaga keladi:
1. Suyuqlikli ishqalanish, bunda detallar yuzalari bir-birlaridan moy qatlami bilan to‘liq ajratilgan bo‘ladi. Suyuqlikli ishqalanish ishqalanish tezligiga bog‘liq bo‘lib, tezlik ortgan sari ishqalanish ham ortadi. Moyning qovushqoqligi va aylanish chastotasi (detallarning asosiy qismi 70% hajmi bilan val-podshipnik turidagi birikmalarida ishlaydi) qanchalik katta bo‘lsa, suyuqlikli moylash sharoitlari shunchalik yaxshi bo‘ladi, chunki aylanish davomida yuzaga keluvchi moy ponasi podshipnikdagi valni ko‘taradi, bu esa quruq ishqalanish havfini kamaytiradi. Biroq bu holda ishqalanishga bo‘lgan sarflar ortadi.
Bu nizoni bartaraf yetish uchun kerakli qovushqoqlikka ega moy tanlanishi kerak. Masalan, katta tezlikda aylanuvchi vallar uchun eng kichik qovushqoqlikka ega, sekin aylanuvchi vallar uchun esa eng katta qovushqoqlikka ega moylar tanlanadi.
2. To‘liq bo‘lmagan yoki mos bo‘lmagan moy ishlatilgandagi ishqalanish, u uch turga bo‘linadi:
yarimsuyuq – qisman quruq ishqalanish mavjud bo‘lganda;
yarimquruq – moy detalning ayrim joylarida bo‘lsa;
chegaraviy yoki molekulyar – ishqalanish jismlari to‘g‘ri geometrik shaklga ega va dag‘allik kichik bo‘lganda ular orasida molekulyar qatlam (plenka) hosil bo‘ladi; chegaraviy moylash moy yetarli bo‘lmaganda kuzatiladi va podshipniklarda moy davriy yoki yetarli bo‘lmagan miqdorda uzatilganda uchraydi.

Download 14,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish