5-mavzu. Mumtoz poetika asoslari Reja



Download 88,5 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi88,5 Kb.
#907851
  1   2   3   4
Bog'liq
Ma\'ruza matni


5-mavzu. Mumtoz poetika asoslari
Reja:

  1. Mumtoz adabiyotning badiiylik asosi.

  2. Mumtoz adabiyotning lisoniy go‘zalliklari

  3. Mumtoz poetikaning asosiy muammolari.

Tayanch tushunchalar: Mumtoz adabiyot, mumtoz poetikabadiiylik asosi, lisoniy go‘zallik, muammolar.


1.Mumtoz adabiyotning badiiylik asosi.
Har qanday nazariyadan maqsad, amaliyotni engillashtirishdan iborat. Agar nazariy qarashlar amaliy tahlil jarayonlarini engillatishga xizmat qilmas ekan, u uzoq yashay olmaydi. Ilm va amal birligi Qur’oni karimdan tortib barcha sufiy allomalarning yashash tarzi bo‘lganining boisi shundan. SHunday ekan, adabiyot nazariyasining takomilidan maqsad ham oxir-oqibat tahlil jarayonini engillatishdan iborat. XIX asrda hali yangi tipdagi adabiyot nazariyasi shakllanmay turib, tarixiy poetika qonuniyatlari (A.N.Veselovskiy) ishlab chiqildi, oradan hech qancha vaqt o‘tmay yangilanayotgan adabiy jarayon natijalari (asarlari)ni tahlil qilishda tarixiylik prinsipi bilan yondashish zamonaviylik nuqtai nazaridan to‘g‘ri kelmasligi ilmda aniqlangandan keyin nazariy poetikaga ehtiyoj tug‘ildi. O‘z davri olimlari bu “ehtiyoj farzandi”ni etarli baholay olmagan bo‘lsalar ham, nazariy poetika masalalari adabiyot nazariyasining asosi bo‘lishi kerak degan taomilga yana yuz yilcha muddatdan keyin (N.D.Tamarchenko) qaytildi.
Inson ko‘zi bilan ko‘rilgan, aqliy va hissiy idroki bilan anglangan borliq dunyoning buyuk sohibi Allohning yaratuvchanlik qudrati mahsulidir va shuning uchun ham Tangri taolo hukmidadir. Inson jamiki jamod (jonsiz narsalar) va maxluqotdan ustun qilib yaratilgan ekan, uning «shariflig‘i» tili, qalbi va aqli bilandir. Mo‘‘jiza va hikmatlarning manbai bo‘lgan Qur’oni karimda YAratganning o‘zi shunday marhamat qiladi: «So‘zga quloq tutib, uning eng go‘zaliga (ya’ni najotga eltuvchi Haq so‘zga) ergashadigan zotlarga xabar bering! Ana o‘shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir! Va ana o‘shalargina aql egalaridirlar!» (39:18). Bu o‘rinda SO‘Z – Kalomulloh ma’nosida kechsa ham, uning eng go‘zali – Haq so‘zga ergashadigan zotlarning Alloh hidoyat qilgan kishilar sifatida ulug‘lanishi, ushbu SO‘Z bilan mukarram bo‘lgan Inson sifatining yana bir bor ortishi SO‘Z bilan ekanidadir. Ehtimol, shu ilohiy so‘z qudratidan (“Iqro bismi robbika!” -Allohning nomi bilan boshlab, o‘qing!”)1 unga buyuk iste’dod ato qilingandir: Hazrat Payg‘ambarga yuborilgan SO‘Z (Qur’oni karim) nozil bo‘lishi uchun yana bir Allohning nomini ulug‘lovchi kalima (bismi robbika!) kerak bo‘ldi va o‘shandagina unga yuborilgan so‘zni tanish, o‘qish iste’dodi insonga nasib qildi (iqro!).
2.Mumtoz adabiyotning lisoniy go‘zalliklari\
Adabiyotning asosiy tahlil ob’ekti matn va uning strukturasi degan qat’iy qarorga yaqinlanishi bilan (M.YU.Lotman) struktural poetika ehtiyoji kun tartibiga chiqdi. Biroq bu navbatdagi ehtiyojlar mafkuraviy talqin asosiga qurilgan adabiyot nazariyalariga singishi mumkin emasligi o‘z davridayoq ayon bo‘ldi va nihoyat, ittifoq tarqalib, milliy adabiyot namunalarini o‘z tili va ehtiyojlari doirasida o‘rganilishi zarurati tug‘ilganda struktural poetika adabiyot nazariyasining asosiga qo‘yilishi kerak, degan muddaoga ko‘chilmoqda. Buning sababi I.Vinogradovdan (1928) tortib, L.Timofeev, M.Alekseev, G.Pospelov va nihoyat, har qancha zamonaviylashtirilgani bilan V.Xalizev nazariyalari mana shu asosga qurilgan edi. Bularning barchasi uchun san’at ijtimoiy ong shakllaridan bo‘lib, so‘z san’ati deb ataluvchi badiiy adabiyot ham, ijtimoiy ong shakli sifatida borliqni o‘rganuvchi vosita (literatura est poznanie deystvitelnosti) deb qaralgan. SHu nuqtai nazardan adabiyot nazariyasi uch qismdan: badiiy adabiyot mohiyati, adabiy asar va adabiy jarayon masalalaridan kelib chiqib qaralgan.
N.D.Tamarchenko rahbarligidagi mualliflar guruhi tomonidan tavsiya etilgan so‘nggi adabiyot nazariyasi yuqoridagi andozadan butunlay voz kechib, nazariy qarashlar tahlil jarayoniga ko‘mak beruvchi tarixiy va nazariy poetika asosiga qurildi. Bizningcha, garchi kech bo‘lsa-da, adabiyot nazariyasi o‘zining muqaddas vazifasi - badiiylik qonuniyatlarini o‘rganishga kirishar ekan, u poetika nazariyasidan uzoqlashib ketmasligi kerak. SHuning uchun ham endi san’atga ijtimoiy ong shakligina emas, kishilar o‘rtasidagi kommu-nikativ jarayon (muomala ehtiyoji) sifatida qaralar ekan, san’atning o‘ziga xos kommunikativ “tili” mavjudligi isbot etilgan ekan, endi ob’ekt, umuman, ong shakli emas, balki o‘sha ongning matndagi ifodasiga ko‘chdi. Tabiiyki, badiiy matn adabiyot nazariyasining birlamchi ob’ektiga aylandi. Endi mana shu matn tahlilini o‘rganuvchi fanlar – tarixiy va nazariy poetika adabiyot nazariyasining asosiga qo‘yilishi zarurat bo‘lib qoldi. Biroq san’at asarini, ayniqsa, zamonaviy modern uslubidagi asarlarni faqat tarixiy poetika qoliplari doirasida o‘rganish, uning harakat-lanayotgan, tirik hujayrasiga noto‘g‘ri yondashuv ekani ham ma’lum bo‘lmoqda. SHunday ekan, badiiy matnga tirik organizm sifatida yondashadigan, uning tiriklik belgilariga xiyonat qilmagan holda tahlilga tortadigan metodikaga ehtiyoj tug‘ilmoqda.



Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish