«5-7 sinflarda musiqa o’qitishning mazmuni va metodikasi» I. Kirish II. Asosiy qism reja



Download 32,01 Kb.
bet1/5
Sana11.02.2022
Hajmi32,01 Kb.
#443918
  1   2   3   4   5
Bog'liq
sardor


«5-7 sinflarda musiqa o’qitishning mazmuni

va metodikasi»


I.KIRISH
II. ASOSIY QISM

REJA:

1.Beshinchi sinf o’quvchilarining psixologik-fiziologik xususiyatlari

2.Beshinchi sinfda vokal-xor ishlari va ikki ovozda kuylashning maqsad va

vazifalari

3.Beshinchi sinfda musiqa o’qitishning mazmuni va metodikasi

4.Yettinchi sinf o’quvchilarini psixologik-fiziologik xususiyatlari

5.Oltinchi sinfda musiqa o’qitishni mazmuni

6.Yettinchi sinfda dars mavzusi va uning o’quvchilarning bilim va malakasiga mosligi




III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH

5-sinfda tayanch-ta’lim bosqichi boshlanadi. 5-sinfda o’quvchilar psixologik tomondan ancha o’zgargan bo’ladi. Ularning hayotiy tajribalari boyigan, konkret fanlarni o’rganish jarayonida ilmiy dunyo qarashlari tarkib topayotgan davr bilan farq qiladi. Fikrlash bir muncha rivojlanganligi sababli, ko’rgazmali idrokdan ko’ra so’z orqali mantiqiy idrok qobiliyatlari rivojlana boshlandi. Shunga muvofiq o’rganiladigan asarlar ham janr, hajm va badiiy mazmun jihatidan tobora jiddiylashib boradi. Ovoz diapazoni (Do- Mi2) ma’lum miqdorda rivojlangan bo’ladi. 5-sinf o’quvchilarning quyi sinflarda olgan vokal-xor malakalari takomillashadi, bu malakalar ashulaning to’g’ri va ta’sirli aytilishini ta’minlaydi, bolalar ovozining yaxshilanishiga va parvarish qilinishiga yordam beradi. Vokal-xor mashqlari sifatida xalq quyi va qo’shiqlaridan parchalar kuylash va shu vosita bilan milliy musiqa ohanglari xususiyatlarini bolalar xissiyotiga singdirib borish maqsadga muvofiqdir.

O’qituvchi o’zi qo’shiqni ifodali qilib kuylab berishi va o’quvchilarni musiqiy o’quv qobiliyatlarini o’stirish kerak:

1.Sof unisonga erishishi

2. Musiqiy jumlani boshidan oxirigacha to’la idrok etishi,

3.Notaga qarab qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.

O’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab, nixoyatda oddiy mashqlardan, qo’shiq naqoratlaridan, kuylash uchun qo’lay bo’lgan ladlardan boshlash maqsadga muvofiqdir.Eng oddiy va murakkab mashqlarni ham, asosan solfedjio qilish yo’li bilan o’rganish va kuylash lozim, chunki bu jarayonda notalarni nomlari va balandligi holatini ham anglab boriladi. Ikki ovozlikda kuylashni boshlashdan oldin, sinf taxtasida yoki plakatlarda ko’rsatib notalar nomini va tovushning balandlik holatini aniqlab, ovoz chiqarib bir necha marta takrorlab so’ng, kuylash zarur. Dastlab katta tertsiya, sof kvarta, sof kvinta, katta seksta singari ohangdosh intervallar, mashqlar uchun asos bula oladi. Chunki, bu intervallar kuylash uchun qo’lay yoqimli va o’quvchilar xotirasida saqlanishi oson. Intervallar faqat ikki ovozda kuylanmasdan, balki tinglash uchun ijro etib, ularda yuqori va pastki tovushni aniqlashni topshirish lozim. Bunday savollar o’quvchilarni garmonik o’quvini kuchaytiradi, intervallarni ongli ravishda o’zlashtirish tuyg’usi paydo bo’ladi. Ikki ovozlik qo’shiqlarni kuylash uchun, kichiq kanonlardan boshlab kattarok xajmdagi jo’rsiz (akapella) asarlarga o’tish, o’quvchilarni bir-birini diqqat bilan eshitib, kuylash qobiliyatiarini o’stiradi. Ikki ovozli qo’shiqlarni tanlaganda, ikki ovozli elementi bor, kichiq xajmdagi asarlar maqsadga muvofiqdir. Har qaysi ovozning ohanggi aniq ravshan, mustaqil bo’lishi kerak. Pastki ovoz quyi shirali, xushohang, yaxshi esda qoladigan bo’lishi ayniqsa muhimdir. Ovoz partiyalarining diapazoni, seksta septima oktavalar xajmidan oshmaydigan qo’shiqlar aytishga ayniqsa qo’laydir.

Qo’shiqlar o’rtacha tempda yozilgan bo’lishi kuylash uchun foydali va osondir. Ikki ovozli qo’shiqlarni ohanglari imitatsiya jihatidan shakli yengil va oson bo’lishi kerak. O’zbek xalq qo’shiqlarni o’qituvchi ikki ovozlik qilib,qayta ishlab o’rgatishi o’quvchilarni talaffuzi intonatsiyasi va xotirasini rivojlantiradi. Ikki ovozlikni kuylashda, bir ovoz cho’zib, ikkinchi ovoz harakatlashishi ham, bolalarni eshitish qobiliyatlarini ustiradi. Keyinchalik esa, ovozlarni parallel bir tomonga yo’nalishi, ovozlarni qarama-qarshi yo’nalishi va har xil murakkabrok holatida ham kuylash mumkin bo’ladi. Musiqa darsida ikki ovozda kuylash uchun bolalar ovozini diskant va altga bo’lish shart emas, balki taxminiy bo’lishi ham mumkin. Chunki ikkinchi, uchinchi ovozni kuylaganda bolalarni musiqa o’quvi ko’proq o’sadi. Shuning uchun ovozlarni galma-gal almashtirib kuylatish lozim. Buning uchun albalta dastlab, sof unisonga erishiladi. So’ngra, ikki ovozli asarlarga utiladi. Beshinchi sinf bolalarning ovozlari yangroq ovoz apparatlari shakllangan, ko’nikma va malaka ega bo’lganligi sababli ikki ovozli qo’shiqlarni o’rgatish maqsadga muvofiqdir.

Ta’lim jarayonida 5-sinf o’quvchilar – o’zbek xalq cholg’u orkestri, xor san’ati simfonik orkestr, vokal-simfonik asarlar, saxnaviy musiqa asarlari, raqs san’ati, musiqali drama va komediyalar, opera san’ati, o’zbek musiqasida opera janri haqidagi bilimlarga ega bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, musiqa savodi darsining ko’proq ta’limiy funktsiyasini bajarmogi lozim. Shuning uchun musiqa savodiga doir beriladigan har bir yangi atama, tushuncha yoki nazariy element musiqa faoliyatining barcha turlari amaliyotida qo’llanib, o’quvchining musiqiy bilim doirasini boyitib borishi lozim. Bu esa o’ quvchining musiqiy savodxonligi tarkib topishida asosiy ro’l o’ynaydi.

Beshinchi sinfda musiqa darslarini yil mavzusi: «Kompozitorlik musiqa janri.»

I-chorak: «O’zbek xalq cholg’ulari orkestri.Xor san’ati»

II-chorak: «Simfonik orkestr. Musiqada vokal-simfonik janrlari»

III-chorak: «Saxnaviy musiqa asarlari. Balet va raqs san’ati. Musiqali

drama va komediya»

IV-chorak: «Opera san’ati.O’zbek musiqasi opera janri»

Beshinchi sinfda darsning asosiy maqsadi, o’quvchilarni boshlang’ich sinflarda olgan bilimlarini va tayyorgarlik darajasini aniqlab, musiqa mashg’ulotlariga, to’garak ishlariga qiziqtirishdan iborat.

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, har bir darsga kompleks yondashish bilangina yangi dastur talablariga muvofiq dars o’tish mumkin bo’ladi. Unda dasturda joriy etilgan har bir musiqa va mazmuni chorak mavzuidan kelib chiqishi va unga buysunishi bilangina erishish mumkin bo’ladi. Demak, darsda amal qilinadigan musiqa faoliyatlaridan birortasi ham sun’iy tarzda darsning mustaqil elementi yoki qismi bo’lib qolishi mumkin emas.

6-sinilarda o’quvchilarda uspirinlik davri boshlanib, ular tabiat va hayot qonunlariga jiddiy qiziqadilar. Psixologik-fiziologik jihatdan organizmda aktiv o’zgarishlar ro’y beradi. Bo’yining usishi, ovozining o’zgara borishi fanlarga qiziqishi, mustaqil fikr yurita olishi, qobiliyatlari rivojlanadi. Natijada bosh miya yetarli darajada ozuqa ololmay, horg’inlik holatlari ro’y beradi. Bu davrda o’qituvchi ularga jiddiy va mehribon munosabatda bo’lish, do’stona suhbatlashishi talab etiladi.

1.Darsning barcha faoliyatlari vositasida doimiy ravishda

o’quvchilarning musiqaviy iqtidorini rivojlantirib borish.

2.Vokal - xor malakalarini rivojlantirib, yakka jamoa bo’lib kuylash, ikki ovozli

kuylashga o’rgatish

3.Musiqa idrokini rivojlantirish va asarlarni tuzilishi, shakli, ladi,

mualliflari, tempi haqida fikr yuritishga o’rgatish va estetik zavqlanish

vositasida xotirasi, nutqi, dunyoqarashini o’stirish.

4.Musiqa savodidan, oddiy musiqa terminlarini va atamalarini mohiyatini

musiqa amaliyotida bilish va har bir musiqa asarida kuylab borish.

Quyidagi diapazondagi bir va ikki ovozli ashulalarni aytish:

Birinchi ovoz Do1 Mi 2 (Fa 2), ikkinchi ovoz Si kich (Lya kich) Do2(Re 2) musiqa o’quvini o’stirish, ovozni parvarish qilish va vokal-xor malakalari hosil etishda maxsus vokal mashqlari, ya’ni uch tovushli, past bosqich yoki yuqori bosqichdagi tovushlar orasida va uning kvinta yoki oktava miqyosidagi qismlarida ashula aytib, bir ovozda asosan, yallalar yoki qoshiqlardan parchalar aytib, «Ovozni maromga solish» katta ahamiyatga egadir. Notaga qarab ashula aytish malakasi ham shu xilda mashq qilish yo’li bilan hosil etiladi. Bu xildagi mashqlar uchun har darsda 3-6 minut vaqt ajratiladi. O’quvchilarni musiqadan savodli qilish xorda ashula aytish bilan mustahkam bog’langan. Musiqadan savodli qilish vazifasi bolalarning musiqa o’quvchini o’stirish asosida ularga ashulaning musiqiy ohangni anglash va tushunishni, ashula so’zlarini to’g’ri aytishni o’rgatishdir. Musiqa sohasida berilgan barcha nazariy ma’lumotlar notaga qarab ashula aytish va mashq qilish jarayonida mustahkamlanadi.

Har qanday jamiyatning istiqboli uning ta`lim – tarbiya maqomiga, yangicha ta`lim tizimi tarkibi va mohiyatiga, teran ma`rifiy madaniyatiga bog`liq. Zotan, ta`limma`rifati darajasigina jamiyatning, davlat va millatning kelajagini ta`minlaydigan, dunyo uzra nufuzini belgilaydigan yagona omil hisoblanadi. O`z maqomi va mundarijasi bilan u muqobili yo`q qadriyatdir.


O`zbekiston istiqlolining dastlabki kunlaridanoq ana shu haqiqatni o`z mustaqil taraqqiyot yo`lining istiqboli deb bildi. Jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi amalga oshiriladigan tub o`zgarishlarning negizi milliy, ma`rifiy an`analarimizning zaminini yanada mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg`unlashtirish orqali dunyoning zamonaviy ilg`or o`qitish usullari bilan boyitishga asosiy urg`u berildi. Bu esa o`z navbatida ta`lim tizimining moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlash, o`quv – tarbiya jarayonini yuqori sifatli o`quv adabiyotlari va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlanishini taqozo etadi. Shu sababli ham pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida ularning kasb mahoratini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida shakllantirish bugungi kunning muhim talabi sifatida qo`yilmoqda.
Ta`limga texnologik yondashuv pedagogik jarayonga faol ta`sir etuvchi va uning samaradorligi, bir butunligi, muvaffaqqiyatini belgilab beruvchi vositalardandir.
Ta`limga texnologik yondashuvning nazariy – metodologik tahlili shuni ko`rsatadiki, jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi pedagogika fani taraqqiyoti darajasiga bo`lgan talablar bilan chambarchas bog`liq.
Hozirgi vaqtda ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida o`qitish haqida turli – tuman fikr, qarash, yondashuvlar mavjud. Bu ham tasodifiy emas albatta. Zamonaviy, ilg`or pedagogik texnologiya asosida o`qitishni yo`lga qo`yish, ta`lim jarayonini o`quvchilar uchun tushunarli va qiziqarli sohalarini yaratish uchun tinimsiz izlanish o`qituvchining muhim vazifasi bo`lib qolmoqda.
Bizning tadqiqotimiz davomida olib borilgan nazariy, uslubiy manbaalarni o`rganish, musiqiy ta`limdagi mavjud holat, ularda pedagogik texnologiyalarni qo`llanishi, nihoyat tajriba – sinov ishlari natijalaridan shu narsa ma`lum bo`ldiki, o`quvchilarni darsda turli ilg`or pedagogik texnologiyalar vositasida faol ishtirokini ta`minlash, shu orqali ularning musiqiy – nazariy, amaliy ijrochilik ko`nikma, bilim, malakalarini shakllantirish ta`limning sifat va samaradorligiga nihoyatda katta ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Shu bois ham amalga oshirilgan tadqiqot natijalari quyidagi xulosalarga kelishimizga asos bo`ldi:

  1. Ta`lim tizimining barcha bo`g`inlarida, xususan uning eng muhim shakllantiruvchisi bo`lgan umumiy o`rta ta`lim tizimidagi muhim vazifalardan biri o`quvchi – yoshlarni fanning barcha yo`nalishlarida chuqur va mustahkam bilim olish, ularni kelajakda ta`limning yuqori bosqichlarida o`qishni muvaffaqqiyatli davom ettirib, munosib kadrlar bo`lib yetishishlariga zamin tayyorlashdan iborat.

  2. Bu maqsadni muvaffaqqiyatli amalga oshirishda ta`limni uzluksiz takomillashtirib borish, maktab, akademik litsey, kasb – hunar kolleji, oliy ta`lim o`rtasida o`zaro mustahkam aloqani yo`lga qo`yish, ta`lim sohasidagi yangiliklar, ilg`or tajribalarni ommalashtirish, metodik hamkorlikni izchil olib borish zarur.

  3. Umumta`lim maktablarida o`qitiladigan barcha fanlar qatori musiqa darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar orqali tashkil etishning keng imkoniyatlari mavjud. Musiqa darslari mazmunini pedagogik texnologiyalar asosida yo`lga qo`yishga e`tiborni kuchaytirish, zarur pedagogik shart – sharoitlarni yaratish lozim.

  4. O`rta ta`lim tizimida darslarni pedagogic texnologiyalar orqali tashkil etishning muvaffaqqiyati ko`p jihatdan oliy o`quv yurtlarida bo`lajak o`qituvchilarni pedagogik texnologiya asosida tayyorlash, o`qituvchilarni qayta tayyorlashga bo`g`liqdir.

  5. Hozirda umumta`lim maktablarida faoliyat ko`rsatayotgan musiqa o`qituvchilarini texnologik yondashuvga tayyorlash tizimini ishlab chiqish, amaliyotga joriy etish, zarur o`quv – metodik qo`llanmalar, dars ishlanmalari bilan ta`minlash zarur.

  6. Ta`lim tizimini nazariy – metodik jihatdan uzluksiz takomillashtirib borish maqsadga muvofiqdir.

  7. Umumta`lim maktablari musiqa darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida, interfaol usullardan foydalangan holda tashkil etish bo`yicha ijtimoiy - pedagogik yo`nalishda ilmiy tadqiqotlarga e`tiborni kuchaytirish zarur.

Umumta`lim maktablari “musiqa madaniyati” darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanib darslarni tashkil etish asosida o`quvchilarning musiqiy – nazariy bilimlari, amaliy ijrochilik ko`nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan tadqiqot izlanishlar, amaliy ishlarning samarali natija berishi yuqorida ta`kidlab o`tilgan xulosaviy fikrlar bilan izohlanadi.
Oltinchi sinfda musiqa o‘qitishning maqsad va vazifalari, oldingi sinflarda olgan bilim
va malakaiarmi darajasiga asoslanib belgilanadi. Oltinchi sinfda amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan maqsadlar, musiqa tarbiyasining bosh mezoni o‘quvchilaming ma’naviy boyligining
tarkibiy qismi bo‘lgan musiqaviy madaniyatini shakllantirish ga qaratiladi. Mazkur maqsadlami
quyidagicha amalga oshirish belgilanadi:
Darsning barchaf aoliyatlari vositasida doimiv ravishda o ‘quvchilaming musiqaviy iqtidorini
rivojlantirib borish.
Vokal-xor malakalarini rivojlantirib, yakka jamoa bo‘lib kuylash, ikki ovozli kuylashga
o‘rgatish.
Musiqa idrokini rivojlantirish va asariami tuzilishi, shakli, ladi, tempi, mualliflari haqida
fxkr yuritishga o‘rgatish.
Musiqa savodidan, oddiy musiqa terminlarini va atarnalarini mohiyatini musiqa amaliyotida
bilish va har bir musiqa asarida kuylab borish.
Oltinchi sinf o;quvchilarining ovoz diapazoni (Do, - Fa2) bo‘ladi. Oltinchi sinfda
o‘quvehi!ami o'spirinlik davri boshlanadi. Buning natijasida organizmda aktiv o‘zgarishlar ro‘y
beradi. Fiziologii - psixologik jihatdan o‘quvchilami ovozini o‘zgarishi, buyning o‘sishi, fanlarga
qiziqishi, mustaqil fikr yurita olishi qobiliyatlaii rivojlana boshlaydi. Natijada bosh miya, yetarli
darajada ozuqa oloimay, horginlik qolatlari ro‘y beradi. Ya’ni, dars davomida o‘quvchilarni
diqqat-e’tibori tarqaladi. Ulami jalb etish qiyinlashadi. Bu davrda ularga jiddiy, mexribona I munosabatda
bo‘lish, do‘stona suhbatlar o‘tkazish talab etiladi. SHuning uchun o‘qituvchi har bir
o’quvchini kuzatib, uni o‘rganishi lozim. CHunki, o‘quvchilar kattalami munosabatiga jiddiy
e’tibor beradilar, ular ko‘proq kattalar bilan muomalada bo‘lishni istaydilar. Bolalaniing intizomida
ayrim o;zgarishlar paydo boiadi, ulaming istagi va qobiliyati orasida tafovutlar sodir bo‘lib
t.uradi. Bularning hammasi o'qituvchidan yuqori malaka va ko‘nikmalami talab etadi. В unday
holatda o‘qituvchi o‘quvchilami quyi sinflarda olgan bilim va malakalariga va hayotiy dalillarga
suyanib ish tutishi yaxshi natija beradi. Buning uchun dars mazmunini hayot bilan bog‘lab olib
borish zarur. Qo‘shiq o‘rgatish va musiqa tinglash jarayonida asarlardan parchalar kuylab ovozlarini
sozlashi bolalarda qiziqish uygotadi. Bunda ijro uslublarini batafsil tushuntirish lozim. Asariami
tahlil etishda boialami aktiv qatnaitirish maqsadga muvofikdir. Har bir xalqning o‘z milliy
musiqa san’ati mavjudligi, musiqa har bir tarixiy davming badiiy aksi ekanligi haqida bolalarda
aniq tushuncha hosil qilishi lozim. SHu asosda o‘zbek musiqasining qisqa tarixi cholg‘u asboblari
va o‘zbek xalq musiqa janrlari, maqomlari, mumtoz qo‘shiqlari, zamonaviy qo‘shiqlarini taqqoslab
ko‘rsatish mumkin. Masalan: ≪Shashmaqom≫ tojik va o‘zbek xalqlarining azaliy birodarlik
ramzi ekanligi, ulaming ko‘p cholg‘u asboblari bir xilda ekanligi va boshqa xalqlar foydalanishi
mumkinligi xaqida, xalq musiq,asi asosida yaratilgan kompozitorlik asarlar, zamonaviy musiqa
va Sharq xaiqlari musiqasi bilan tanishtirish, taqqoslash lozim.
Musiqa savodidan o‘lchovlar, ladlar, ton va yarim ton, alteratsiya belgilari, dinamik belgilari,
interval lar, reprizalar bilan tanishtirib musiqiy asariami tahlil qilish yaxshi natija beradi.
Oltinchi sinfda o‘quvchilami ovoz diapazoni 1 -ovozlar uchun (Do, - Fa2). II - ovozlar uchun
(Sikjch - Re2), bu davrda o'quvchilarga qo‘shiqlarpi ikki ovozlik qilib o‘rgatish maqsadga
muvofiqdir. Chunki bu paytda, ayrim o‘quvchilarda mutatsiya davri boshlanadi. Mutatsiya

davridan oldin o‘g‘il va qiz bolalar ovozi o ‘rtasidagi farq uncha sezilmaydi. Mutatsiya paytida


qo‘shiq o‘rgatish o‘qituvchidan katta mas’uliyatni talab etadi. Qo‘shiqlar bolalaming ovoz
imkoniyatlariga mos tushishi va dars davomida ulaming ovozlarini asrab avaylash ishlariga
yordam berishi lozim. Darsning asosiy qismini ashula aytishga sarf etib, ovozlarini charchatmaslik
kerak. 0 ‘quvchilami ikki ovozga ajratib qo‘shiqlami ikki ovozlik qilib, ulaming ovozlariga
moslash ovoz tarbiyasining muhim vositasidir. Xor bo‘lib kuylash, musiqa savodi,
musiqa tinglash faoliyatlari, asarlarni tahlil qilishda mavzular asosida mantiqan bog‘lanadi.
Yangi dastur asosida yil mavzusi chorak mavzusi va dars mavzusi bir -biri bilan bog‘lanadi.
Oltinchi sinfda musiqa madaniyati darslarida quyidagi qo‘shiqlar o‘rgatiladi. ≪Bolalar≫,
J.Jabborov she‘ri, H.Rahimov musiqasi. ≪Munajjib bobo≫, P.Mo'min she‘ri, N.Norxo‘jayev
musiqasi. ≪Xush keldingiz≫, H.G‘ulomov she‘ri, S.Boboyev musiqasi. ≪Dono boia≫,
M.Mirzayev she‘ri, N.Norxo‘jayev musiqasi. ≪Go‘shtlar≫, K,Ganriguliyev she‘ri, V.Ahmedov
musiqasi.
Oltinchi sinfda quyidagi asarlar tinglanadi. 0 ‘zbek xalq kuylari, ≪Jonon≫, ≪Norim-norim≫,
≪Gulizorim≫, A.Navoiy she‘ri, Hoji Abdulaziz Abdurasulov musiqasi. ≪Sharq taronalari≫,
U.A’zim she‘ri, D.Omonullayeva musiqasi. ≪Qaydasan≫, T.To‘li she‘ri, Ik.Akbarov musiqasi.
≪Elizaga≫, L.V.Bedxovin musiqasi.

Download 32,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish