5- mavzu. Matnni ma’noviy qismlarga bo‘lish tamoyillari. Matnni bo‘limlarga bo‘lish



Download 21,09 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi21,09 Kb.
#396622
Bog'liq
5 мавзу


5- mavzu. Matnni ma’noviy qismlarga bo‘lish tamoyillari.

Matnni bo‘limlarga bo‘lish deganda uni mantiqiy mustaqil tarkibiy qismlarga bo‘lish tushuniladi. Ilmiy ishni bo‘limlarga bo‘lish iazuni optimal ochib berishga xizmat qiladi.

Kirish va xulosa qismlari butun ko‘rinishda bo‘lib, asosiy qism bob va paragraflarga bo‘linadi. Bu ish raqamlash va sarlavhalarni shakllantirish orqali amalga oshiriladi.

Bob va paragraflarning sarlavhalari berilgan matn kesimida keyingi bayon qilishni belgilab beradi. Har bir sarlavha keyingi matn mazmuniga mos keladi. Bunda har bir bob mazmuni paragraflar mazmunining mantiqiy yig‘indisiga teng.


Matnni bo‘limlarga bo‘lish tamoyillari

1) matnni tarkibiy qismlarga bo‘lish, bir qismni boshqasidan ajratish;

2) sarlavha va raqamlashni qo‘llash.

Ilmiy asarda qismlarga bo‘lish ilmiy tadqiqotning mantiqini aks ettirishi kerak.

Eng oddiy bo‘lim abzats hisoblanadi (matdagi har bir qism birinchi qatorini o‘ng tomonga surish); abzats bir fikr yoki mavzudan boshqasiga o‘tilishini anglatadi.

Abzats bilan matnni bo‘limlarga bo‘lish raqamlanishi mumkin – matn qismlarining ketma-ket joylanishi son yoki harf bilan belgilanadi.

Eng ko‘p qo‘llaniladigan raqamlanish tizimi.

1. Turli xildagi belgilarni qo‘llash: rim va arab raqamlari, bosh harflar va kichik harflar, xat boshi.

Bunday yondashuvda belgilash tizimi pasayib borish tartibida joylashadi:

A... B... V... - I... II... III... - 1... 2... 3... - 1)... 2)... 3)... - a)... b)... v)...

Bunda quyidagi tartibga rioya qilinadi:

a) qismlarning tartib raqami so‘z bilan ifodalanadi (birinchi qism);

b) bo‘limlarning raqami bosh harflar bilan ko‘rsatiladi (masalan: A bo‘lim);

v) boblarning raqami - rim sonlari bilan (I bob);

g) paragraflar raqami – arab sonlari bilan (§ 1)

2. Muayyan birikmalarda faqat arab sonlarini qo‘llash.

Bunday bo‘limlarga bo‘lish tizimida ilmiy asarning eng yirik qismlari raqami bir sondan, tarkibidagi qismlar – ikki sondan, uchinchi bosqichdagi bo‘linishi – uch sondan iborat bo‘ladi. Masalan, 1. 2. 3. (1 – bo‘lim raqami, 2 – bob raqami, 3 – paragraf raqami).

Bunday raqamlash tizimini qo‘llashda qism, bo‘lim, bob, paragraf so‘zlarini ishlatmasa ham bo‘ladi.



Muhim eslatma:

· ro‘yxatda harf, raqamlar nuqtalar bilan berilgan bo‘limlarda matn katta harf bilan boshlanadi: 1. Til; 2. Nutq;

· harflar, raqamlar qavs bilan berilgan bo‘limlarda kichik harflar qo‘llaniladi: 1) yangi va eski; 2) eski va yangi.

3. Matn sarlavhasini rasmiylashtirish
Ilmiy matnni bo‘limlarga bo‘lishda uchinchi muhim vosita –sarlavha va sarlavhaostilarning qo‘llanilishi.  Sarlavha - bu matnning strukturali elementi. U qisqa shaklda ilmiy ishning mavzusini, ba’zida asosiy mazmunini aks ettiradi. Sarlavha mazmunga mos, qisqa bo‘lishi, ikki xil ma’noli bo‘lmasligi, qarama-qarshi ma’noli bo‘lmasligi kerak. Axborotli sarlavha – bu bo‘lim, bob, paragraf mazmunining eng qisqa bayoni.

Bo‘limlarga bo‘lish qat’iy sxema asosida amalga oshirilmaydi, bo‘limlarga bo‘lish ishning mazmuni va janriga, ilmiy tadqiqotning mantiqiga, an’analarga va muallifning shaxsiy qarashlarga bog‘liq bo‘ladi.



Sahifalarni turli usullar bilan sahifalash mumkin, ammo birinchi navbatda ularni simmetrik shaklda yoki asimmetrik shaklda qilish haqida aniqlik kiritib olish lozim. Simmetrik sarlavha o‘rtada joylashgan bo‘ladi. Asimmetrik sarlavha chapdagi chekka bo‘lim shaklini oladi. Ba’zi kontekstlarda o‘ng tomondagi chekka bo‘limlar yaxshiroq ko‘rinadi. Ular asosan asosiy sarlavha sifatida beriladi. O’ng tomonda berilgan bir qatorli qisqa sarlavhani o‘quvchi o‘tkazib yubormasligi uchun katta keglda yoki to‘q rangda berilishi lozim.
Download 21,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish