№4
Roziqova Maftuna BT-106 (102)
1- TOPSHIRIQ.
Quyidagi mavzu va uning rejalariga yozma javob bering
MAVZU: Ilk oʻrta asrlar davrida oʻzbek davlatchiligi.
Reja:
1.Yer egaligi munosabatlarining shakllanishi- O’sha zamonda ular dehqonlar deb atalgan. Dehqonlar shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do’kon-u rastalaridan iborat kattagina xo’jalikka ham ega edilar. Qishloqlarda esa, ekinzor paykallardan tashqari, ularning ko’shk va istehkomli qo’rg’onlari, objuvoz-u moyjuvoz va tegirmonlari bo’lardi. Qul, сho’rilardan iborat ko’pdan ko’p xizmatkorlar dehqonlarning xo’jaligida qishin-yozin mehnat qilganlar. Bulardan tashqari, har bir katta yer egasining 30-40, 50-100 va ba’zan undan ortiq chokarlari bo’lgan. Chokarlar baquvvat va abjir hamda o’z xojasiga sadoqatli o’spirinlardan tanlab olingan. Ayrim manbalarda qayd etilishicha, o’sha davr udumi bo’yicha, xojasi vafot etgan chokarlar hatto u bilan birga tiriklayin ko’milishi lozim bo’lgan. Bunday sodiq va jangovar chokarlari bilan dehqonlar yovgarchilik paytlarda dushmanga qarshi harbiy yurishlarda qatnashardi. Osoyishtalik zamonda esa chokarlarga suyanib, qishloqning ziroatkor ahli ustidan hukmlarini o’tkazardi. Avvalda o’z qaramog’idagi xizmatkorlari mehnatidan foydalanib kelgan dehqonlar keyinchalik turli yo’llar bilan qishloq jamoalari ustidan hukmronlik qiladigan, bora-bora ular kuchidan foydalanadigan bo’ldilar. Shunday qilib, mamlakatda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi bilan qishloq jamoalari ichida yirik yer egalari bo’lmish dehqonlar bilan bir qatorda kadivarlar tabaqasi ham paydo bo’ldi.
Ilk o’rta asrlarda dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalari shakllandi. Turon aholisining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida sodir bo’lgan bunday keskin o’zgarish mamlakatning mayday davlatlarga bo’linib ketishiga sabab bo’ldi.
. Dehqon (qishloq hokimi) – ilk o’rta asrlarda mulkdor tabaqa.
. Kadivar – qishloqning dehqonlarga qaram bo’lib qolgan ahli.
. Kashovarz – ziroatchi oddiy qo’shchilar.
-Chokar – dehqonning hayotini va mol mulkini qo’riqlovchi, harbiy posbon
2.Xioniylar, Kidariylar, Eftaliylar davlati-
Xorazm davlatining tashkil topishi. Zaiflashib borayotgan Qang‘ davlatidan birinchi bo‘lib Xorazm ajralib chiqadi. Uni mahalliy afrig‘iylar sulolasiga mansub xorazmshohlar idora qila boshlaydi. III asr o‘rtalarida Xorazm davlatining poytaxti hozirgi Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida joylashgan qadimgi Tuproqqal’a shahar xarobasining o‘rnida bo‘lgan.
Milodiy 305-yilda Xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga ko‘chiradi. Kat qayta tiklanib, shoh o‘ziga yangi saroy qurdiradi. 305-yildan boshlab, Xorazmning afrig‘iy shohlari kumush tangalar zarb etganlar. Tangalarining oldi tarafiga shoh surati, orqasiga esa suvoriy surati tushirilgan.
Kumush tangalarning zarb etilishi mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarini mustahkamlagan. Hukmdorlar “Xorazmshoh’ unvoniga sazovor bo‘lishgan. “Xorazmshohlar” unvonini dastlab “siyovushlar sulolasi” tomonidan qabul qilingan.
III asrda Xorazm hududida bir nechta mayda hokimliklar mavjud bo‘lgan. Tuproqqal’adan qo‘lida burgut qo‘ndirilgan tojdor hukmdor yoki Anqaqal’a yaqinidan esa qo‘lida lochin tutgan tojdor kishi tasviri tushirilgan tanganing topilishi, shubhasiz, hukmronlik ramzidan dalolat beradi.
Xorazmda sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik, chor- vachilik va savdo-sotiq, ilm-fan, san’at, xususan, haykaltaroshlik yuqori darajada rivoj topgan.
Xorazm xioniylar, kidariylar, eftallar hamda Turk xoqonligi davrida ham o‘zining siyosiy mustaqilligini saqlab qoladi. Xorazm Vizantiya va turklar bilan diplomatic aloqalar olib borgan.
Xioniylar davlati. IV asrning 70-yillardan - V asrning ikkinchi yarmigacha O‘rta Osiyoda xioniylar hukmronlik qilgan. Bu davlatga turkiy qabilalardan xioniylar asos solgan bo‘lib, davlatning markazi Zarafshon vohasida bo‘lgan. Xioniylar dastlab Zarafshon vohasini egallab, Janubga harakat qilishgan va ancha zaiflashib qolgan Kushon podsholigi o‘rnini egallagan. Markazi Toxariston bo‘lgan Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, Xurosonning bir qismini ham o‘z ichiga olgan Xioniylar davtatini barpo qilishgan. Ushbu davlat 120 yildan oshiqroq faoliyat yuritgan.
Kidariylar davlati. V asrning 20-yillarida sharqdan Sirdaryo va Orol bo‘ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga yana bir ko‘chmanchi chorvador aholi - toxarlar kirib kelgan. Toxariylar kushonlarning avlodlari bo‘lgan. Ularga Kidar ismli hukmdor boshchilik qilganligi uchun ularni kidariylar deb ham atashadi. Tez orada kidariylar Xioniylar davlatining janubiy qismida o‘z hukmronligini o‘rnatganlar. Balx shahri bu yangi davlatning poytaxtiga ayt antirilgan.
456-yilda Kidariylar va Sosoniylar davlatlari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Bu to‘qnashuvda Kidariylar davlati Sosoniylardan yengiladi va o‘zini qayta o‘nglay olmaydi. Kidariylar ko‘chmanchi chorvador aholi - eftallar bilan to‘qnashishi natijasida Shimoliy Hindistonga chekinadilar va u yerda 75 yil hukm suradi.
Eftallar davlati. V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyoda Eftaliylar davlati faoliyat ko‘rsatgan. Yozma manbalarda eftaliylar, eftallar, eftalitlar, xaytallar kabi turli nomlar bilan atalgan bo‘lib, bu nomlar Eftallar shohi “Eftalon”, ba’zi manbalarda “Vaxshunvar” dan olingan.
ü Eftallar davlati - ilk o‘rta asrlarning qudratli davlati. V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida Eftallar davlati O‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston hududlarini o‘z ichiga olgan
Eftallar V asr boshlarida O‘rta Osiyo hududiga Sharqdan kirib kelganlar. Eftaliylar davlatining dastlabki poytaxti Buxoro yaqinidagi Poykant va Varaxsha shaharlari bo‘lgan. Bu davlatga O‘rta Osiyodan tashqari Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston va hozirgi Pokiston hududlari ham kirgan. Eftallar davlati o‘zaro aloqa o‘rnatish maqsadida 456-yilda Xitoyga elchi yuborgan.
Eftallarning tobora kuchayib borayotganidan xavfsiragan sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. Sosoniylar shohi Pero‘z 484-yilda eftallarga qarshi bo‘lgan urush Pero‘zning halokati bilan tugaydi. Shundan so‘ng eftallarga qaram bo‘lib qolgan sosoniylar ularga kumush hisobida belgilangan bojni uzluksiz to‘lab turganlar.
ü Boj - o‘lpon, soliq. Bir davlat tomonidan ikkinchi davlatga to‘lanadigan, shuningdek, shahar va qishloq bozorlarida savdogarlardan olinadigan maxsus to‘lov
Eftaliylar davrida saltanat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan. Taxt otadan bolaga qolmay, shu suloladan kim loyiq deb topilsa o‘sha taxtga o‘tirgan. Nomzodni aniqlab taqdim etadigan kengash ham mavjud bo‘lgan. Bu kengash sulolaning mo‘tabar namoyandalari hamda saltanatning obro‘li a’yonlaridan iborat bo‘lgan. Viloyatlarda boshqaruv mahalliy xonadonlar (sulolalar) tomonidan olib borilgan. Mazkur mulklar hukmdor - Sho (shoh)ga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan. Hatto ularning har biri o‘zining kumush yoki mis tangasini zarb etgan.
V asr oxiri — VI asr boshlarida Xorazm, So‘g‘diyona, Choch va Baqtriya viloyatlarida hashamatli binolari bo‘lgan alohida-alohida qo‘rg‘onlar yuzaga kelgan. Eftaliylar davlat boshqaruvida ma’lum qonun-qoidalar mavjud bo‘lgan. Davlat harbiy kuchga tayangan. Jinoyat uchun juda qattiq jazolar belgilangan. 563-567-yillarda Eftallar davlati Turk hoqonligi hamda Eron sosoniylarining zarbasiga uchragan va tamomila barbod bo‘lgan.
Xo‘jalik hayoti. Eftallar davlatiga birlashgan aholining etnik tarkibi xilma-xil bo‘lgan. Iqtisodiy-savdo munosabatlarining izchil yo‘lga qo‘yilishi mamlakatda dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, chorvachilik, bog‘dorchilik va hunarmandchilik ravnaq topishiga asos bo‘lgan. Hozirgi vaqtda ham Toshkent vohasi va Janubiy Qozog‘iston yerlarining bir qismini suv bilan ta’minlab turgan Zog‘ariq (Zovariq) va Bo‘zsuv, Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi Darg‘om kanali V asrda barpo etilgan eng yirik sug‘orish tarmoqlaridan hisoblanadi.
Savdo va pul muomalasi. Tashqi savdo bojidan manfaatdor bo‘lgan eftallar “Ipak yo‘li”ni o‘z nazoratlari ostida tutib turishga harakat qilgan. Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya bilan bo‘lgan xalqaro savdoda faol qatnashgan. Ipak yo‘li savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan sug‘diylar vositachi bo‘lgan. Bu esa o‘z o‘rnida yo‘l, qatnov, ta’minot, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining kengayib borishiga yo‘l ochgan. Tashqi savdoda ipak, lok, bo‘yoqlar, rangli shishalar, qimmatbaho toshlar, arg‘umoq otlar, matolar, shirinliklar, qurol-yarog‘ kabi noyob mahsulotlar bozori chaqqon bo‘lgan. Xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan mamlakatda tanga pul muomalasi tartibga solinadi.
Ichki va tashqi savdo munosabatlarida eftallar dastavval sosoniy hukmdorlarining kumush tangalaridan keng foydalanadilar. Bulardan tashqari, Buxoro, Poykand, Vardona, Naxshab, Samarqand va Xorazmda mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan chaqa tangalar mamlakatning ichki savdosida keng muomalada bo‘lgan.
Til va madaniy aloqalar. O‘rta Osiyo aholisining bir qismi sug‘d tilida, ikkinchi qismi turkiy tilda so‘zlashgan. Bu davrda sug‘d tili xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv va Farg‘ona, Sharqiy Turkiston, Xitoy hududlarida foydalanilgan. V-VI asrlarda sug‘d, xorazm va eftal yozuvlari tarqalgan. Eftallar alifbosi Baqtriya yozuvi asosida shakllangan. Eftallar alifbosi 25 harfdan iborat bo‘lgan. Yozuv chapdan o‘ngga tomon yozilgan.
V asrda O‘rta Osiyoda shishasozlik rivojlangan. O‘rta Osiyo shishasi rangdorligi, yarqit oq t igi va tiniqligi jihatidan Vizantiya shishasidan ustun turgan. Xitoy imperatorlari o‘z saroylarini bezashda O‘rta Osiyodan keltirilgan rangli shishadan foydalanganlar.
Ulkan saltanat ahli zardushtiylik, qadimiy e’tiqodlardan Siyovush, Anahita, Mitraga, buddaparastlik (asosan Shimoliy Hindistonda) kabi dinlarga sig‘ingan. Shu bilan birga o‘lkada Moniy va Mazda (mazdakiylik) ta’limotlari ham tarqab borgan.
O‘rta Osiyo aholisining madaniy an’analari qo‘shni mamlakatlar, xususan, Hindiston va Eron tasviriy uslublari bilan uyg‘unlashib, ilk o‘rta asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylangan.
3.Turk xoqonligi- Xoqonlikning tashkil topishi. VI asr o‘rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Uning asoschisi Bumin edi. 552-yilda Bumin “xoqon” deb e’lon qilindi.
Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Turklarning g‘arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi. Unga “Yabg‘u xoqon” degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalar bo‘ysundiriladi. 555-yildayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylarigacha cho‘zilgan keng o‘lkalarni egallaydilar. Xoqonlik chegarasi eftallar davlati hududlariga tutashib ketgan. Natijada eftallar davlatining shimoliy hududlari xavf ostida qoldi. Bunday qulay vaziyatdan foydalangan sosoniylar Toxariston va Chag‘oniyonni eftallardan tortib oladilar.
Turk xoqonligining eftallar bilan to‘qnashishi muqarrar edi. Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonlikni Eron, so‘ngra Vizantiya bilan yaqinlashtiradi. Uzoq vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo‘lishidan manfaatdor edi. Xusrav I Anushervon (531-579) tashabbusi bilan yuzaga kelgan o‘zaro harbiy ittifoq Eron shohining Istamiga kuyov bo‘lishi orqali yanada mustahkamlanadi.
Eron askarlarining Balxga hujumi ko‘magida turklar 563-yilda Eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri ishg‘ol qilinadi. Sirdaryodan o‘tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Ular Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. Sakkiz kun davom etgan shiddatli jangda eftallar qo‘shini yengiladi.
Shunday qilib, janubdan Eron sosoniylaridan, shimoldan esa Turk xoqonligidan 563-567-yillarda zarbaga uchragan Eftallar davlati tamomila barbod bo‘ladi. Natijada mag‘lub davlatning merosi o‘zaro bo‘linib, Amudaryoning janubiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan viloyatlar Eron, uning o‘ng sohillari bo‘ylab Kaspiy dengizigacha cho‘zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga o‘tadi. Eftallar davlati qulagach, vaziyat tubdan o‘zgaradi. Endilikda o‘z chegarasini shimoli sharqqa tomon kengaytirib olgan Eron Amudaryodan to Suriyaga qadar Ipak yo‘li ustidan o‘z nazoratini o‘rnatdi. Uzoq Sharqdan Eron hududlarigacha karvon yo‘li nazoratini o‘z homiyligi ostiga olgan turklar esa Eron orqali Vizantiya bilan bevosita savdo qiladigan bo‘ldi.
Turk xoqonligining boshqaruvi. Turk xoqonligi qanchalik katta bo‘lmasin, chinakam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosiy qismi turkiy tilda so‘zlashuvchi qabilalar ittifoqidan iborat bo‘lgan. Bu ittifoqni xoqon boshqargan. Hukmdorning hokimiyati urug‘-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. Mamlakat ko‘chmanchi chorvador va o‘troq dehqon aholiga bo‘lingan. Ko‘chmanchi chorvador aholi “budun” yoki “qora budun” nomlari bilan yuritilgan. Budun o‘z navbatida qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etardi. O‘n o‘q budun yoki elning hokimi “yabg‘u” yoki “jabg‘u” nomi bilan atalardi. Yabg‘u darajasiga faqat xoqon urug‘iga qon-qarindosh bo‘lganlargina ko‘tarilardi. O‘n o‘q el sardori bir tuman (ya’ni o‘n ming) suvoriyni safga tortar edi. Bunday harbiy bo‘linmaning tumanboshisi “shod” deb yuritilgan.
4.Arablar istilosi va hukmronligi davrida Oʻrta Osiyo xalqlari.
7-asrda murosasiz qabilalararo urushlardan soʻng kichik Madina shahri arab qabilalarning siyosiy birlashuv markaziga aylandi. Oʻz kuchlarini qoʻshni vohalar va shaharlar tomon yoʻnaltirgan koʻchmanchi qabilalar sardorlari Madina atrofida tezkorlik bilan birlashadilar. Arablar birin-ketin gʻalaba qozonib tezda Suriya, Falastin, Eronni zabt etadilar, 651 yili esa ular Marvga yetib kelib, uni jangsiz ishgʻol etadilar. Arablarning gʻalabalari ularning asl kuchidan koʻra koʻproq bosib olingan mamlakatlarning zaifligi va parokandaligi bilan izohlanadi. 674 yili xalif Muaviya tomonidan yoʻllangan Ubaydulloh ibn Ziyod chamasi birinchi boʻlib Amudaryoni kechib oʻtgan. U Poykandni qurshovga olib, ishgʻol etadi. Buxoro qirolichasi ustidan gʻalaba qozonib, u shahardan katta oʻlja -qurol-yarogʻ, kiyim-kechak, oltin, kumush va koʻplab asirlar olib ketadi. Soʻgʻd hukmdorlari Kesha i Nesefa buxoroliklarga yordam berishga qaror qilishadi, ammo, Narshohining hikoya qilishicha, arab qoʻshini soʻgʻdlarni dahshatga solgani bois, ular jang maydonini tark etishadi. Arab tarixchisi Belazurining soʻzlariga qaraganda, Buxoro asirlari qullarga aylantirilgan. Erksevar buoroliklar oʻz taqdirlariga tan berishni istamadilar. Ular Said ibn Usmon saroyiga bostirib kirib, uni oʻldirishadi. 704 yili Xurosonning noibi etib, Qutayba ibn Muslim tayinlanadi. U Movarounnahr, yaʼni Amudaryoning oʻng sohilidagi oʻlkalarni toʻliq bosib olishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. 705-706 yillarda u Balx, Poykandni ishgʻol etadi, ammo Bogʻdis Nizoq Tarxun boshchiligidagi soʻgʻdlar va turkiylarning keskin qarshiligiga duch keladi va chekinishga majbur boʻladi. 709 yili Qutayba burilish yasashga erishadi. Tarxun tor-mor keltirilib, qatl qilinadi, Buxoro katta qiyinchiliklarsiz ishgʻol etiladi. Koʻp oʻtmay Qutayba Shuman, Nasaf va Keshni egallab oladi. Arablarning Soʻgʻd yuragi Samarqandga hujum qilishi uchun barcha imkoniyatlar muhayyo tuyulgan edi, biroq Qutayba salkam ikki yilgacha Xorazmdagi yumushlar bilan ovora boʻladi. 711 yili Qutayba xorazmshohga taxtni qayta egallashda koʻmaklashadi va Xorazm Xalifatga tobe boʻlib qoladi. 712 yili Qutayba Samarqandga yurish qiladi. Samarqand hokimi Gurek unga keskin qarshilik koʻrsatadi. Arab qoʻshini qamalga moʻljallangan otish va devor buzish qurollaridan foydalanadi. Murosasiz jangdan soʻng Qutayba nihoyat shaharni ishgʻor etadi va Samarqand aholisiga ogʻir oʻlpon toʻlash majburiyatini yuklatadi. Qutayba oʻz harbiy yurishlarini davom ettirib, Xoʻjand va Fargʻonani zabt etadi, Shoshga qarshi urushadi, biroq uning bu hamlasi Shosh hukmdori turkiy Bahodir tudun tomonidan daf etiladi. 715 yili halifa Validning oʻlimidan voqif boʻlgan Qutayba qoʻzgʻalon koʻtaradi, ammo Fargʻonada oʻz yaqinlaridan biri tomonidan oʻldiriladi.
2-TOPSHIRIQ.
Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh bering
Davlat suvereniteti - hokimiyatning mamlakat ichida oliyligi va tashqi munosabatlarda toʻla mustaqilligi
Saylov- ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil etish vositasi.
Referendum- (Lotincha: referendium) bu fuqarolarningg davlat, viloyat yoki mahalliy koʻlamda eng muhim masalalar boʻyicha ovoz berish yoʻli orqali oʻz fikrlarini bevosita bildirishlaridir
1991-yil 29-dekabr referendum- Respublikaning davlat mustaqilligi toʻgʻrisida umumxalq referendumi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston xalqi respublika Oliy Kengashi eʼlon qilgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini maʼqulladi. Birinchi marta yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazilgan toʻgʻridantoʻgʻri umumiy va alternativ asosdagi saylovda I.A.Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi
Davlat bayrogʻi- davlatning asosiy ramzlaridan biri: rasmiy, boshqa davlatlardan farqlovchi belgisi, emblemasi. Davlat bayrogʻining tasviri maxsus qonun yoki konstitutsiya bilan belgilanadi.
Davlat gerbi- (polyakcha — "herb", nem. "Erbe" — "meros" soʻzidan olingan) — bironbir mamlakat yoki hududiing siyosiy va tarixiy harakterdagi gʻoyalari majmuasini, oʻziga xos tabiiy va xoʻjalik xususiyatlari, tabaqaviy tafovutlarini, shaxs, urugʻ va b.ning shajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgi
Davlat madhiyasi- davlat gerbi va davlat bayrogʻi bilan bir qatorda davlat rasmiy ramzi hisoblanadigan sheʼriy-musiqiy tantanavor asar, gimn. U asosan tantanali yigʻilishlar vaqtida, jamiyat hamda muhim davlat ahamiyatiga molik voqealarni nishonlash yuzasidan oʻtkazilayotgan marosimlarda, xalqaro sport musobaqalarida gʻoliblarni mukofotlash chogʻida va h.k.da ijro etiladi.
Konstitutsiya - (lot. constitutio — tuzilish, tuzuk) — davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. K. barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy tamoyillar - Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muqaddima, 6 boʻlim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Muqaddimada Konstitutsiya qabul qilish sabablari va mamlakatimiz oldiga qoʻyilgan vazifalar belgilangan. 1boʻlimda Oʻzbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi asosiy konstitutsiyaviy prinsiplari koʻrsatilgan. Bunday prinsiplar qatoriga davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda tashqi siyosat tamoyillari kiradi.
Milliy valyuta- davlat qonun tarafdan belgilab quygan pul birligi
Taraqqiyotning «Oʻzbek modeli»- Birinchi tamoyil – iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, ishlab chiqarishni mafkuradan xoli qilish. Ikkinchi tamoyil davlatning bosh islohotchi ekani bilan izohlanadi. Uchinchi tamoyil – jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligiga erishish. To‘rtinchi tamoyil – aholining murakkab demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Beshinchi tamoyil – bozor iqtisodiyotiga obyektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, puxta o‘ylab, tadrijiy asosda, ya’ni bosqichma-bosqich o‘tish.
Huquqiy davlat- davlat tuzilishi va faoliyatining huquqqa asoslanganligi
Fuqarolik jamiyati - haqiqiy fuqarolardan, yaʼni uzviy bogʻliqlikda boʻlgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir.
Siyosiy partiyalar- Siyosiy partiyalar, ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muxim kismi, ular davlatning siyosiy yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi.
Jamoat birlashmalari- fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan birlashmalari. OʻzRda J. b. sirasiga kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, faxriylar va yoshlarning tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa birlashmalari kiradi.
Nodavlat tashkilotlari- jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir.
3-TOPSHIRIQ.
Quyidagi sulolalar haqida ma’lumot bering.
1.G‘aznaviylar sulolasi
Gʻaznavilar davlati – Xuroson, Shim. Hindiston hamda qisman Mova-rounnahr va Xorazmda gʻaznaviylar sulolasi boshqargan turkiy davlat. Gʻaznaviylar davlatiga Alpteginning gʻulomi va kuyovi Sabuktegin asos solgan. Davlat nomi saltanatning poytaxti Gʻazna shahri nomidan olingan.
Turkiy gʻulomlar xizmatlari evaziga somoniylardan Xuroson va Afgʻonistonning turli viloyatlari (Gʻazna, Kobul va boshqalar) ni boshqarish huquqini olganlar. Sabuktegin Gʻazna viloyatining noibi va qoʻshin amiri qilib tayinlangach (977), u bu mulklarni mustaqil boshqarishga kirishgan. 994–995 yillarda Xurosonda boʻlib oʻtgan 2 jangda somoniylar amiri Nuh ibn Mansur va noib Sabuktegin boshchiligidagi birlashgan qoʻshin isyon koʻtargan turk sarkardalari Abu Achi Simjuriy (Abulhasan Simjuriynint oʻgʻli) va Foyiq qoʻshinlarini tor-mor keltirish jarayonida Sabukteginning siyosiy nufuzi yanada ortadi.
Gʻ.d ning eng kuchaygan davri amir Sabuktegin, ayniqsa, sulton Mahmud Gʻaznaviy hukmronligi yillariga toʻgʻri keladi. 11-asr boshlariga kelganda Musulmon Sharqining eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan Gʻaznaviylar davlatining chegaralari gʻarbda Ray va Isfahon shaharlari, Kaspiy dengizi hamda shim.-gʻarbda Xorazm va Orol dengizigacha choʻzilgan, sharqda esa Shim. Hindistonning kattagina qis-mini oʻz ichiga olgan va jan.da Balu-jistongacha yetgan edi. Mahmud Gʻaznaviy somoniylar sulolasi barham topgach, ularning Xurosondagi butun hududini, keyinchalik Xorazm davlatini (1017) ham oʻz saltanati tarkibiga qoʻshib olgan. Biroq Jan. Toxariston (hozirgi Shim. Afgʻoniston)dan tashqari Shim. Toxariston (hozirgi Surxondaryo viloyati va Jan. Tojikiston) hududini ham egallash uchun gʻaznaviylar kurash boshlaganlarida qoraxoniylar bilan ularning manfaatlari oʻzaro toʻqnashdi. Keskin kurashlar natijasida Chagʻoniyon va Termiz gʻaznaviylarga boʻysundirilgan. Gʻaznaviylar bilan koraxoniylar davlati oʻrtasidagi chegara Amudaryo deb eʼtirof qilingan. 1024–25 yillarda Mahmud Gʻaznaviy Termiz yaqinida Amudaryoni kechib oʻtib, temir darvoza (Temir qopqa) orqali Sugʻdga hujum qilgan va Samarqandgacha borgan. Bu harbiy yurishlar natijasida Omul (Chorjuy)gacha boʻlgan viloyatlar qoraxoniylar hukmronli-gidan chiqib, gʻaznaviylar taʼsiriga oʻtgan. Bu davrda Gʻaznaviylar davlati Sharqdagi yirik musulmon davlatiga aylangan edi. Biroq, Mahmud Gʻaznaviyning oʻgʻli va valiahdi Masʼud Gʻaznaviy hukmronligi davrida (1030–41) Gʻaznaviylar davlati oʻz qoʻl ostidagi hududlarni birin-ketin qoʻldan chiqarib, asta-sekin tanazzulga yuz tuta boshladi.
Saljuqiylar davlati — Yaqin va Oʻrta Sharq, qisman Movarounnahrda saljuqiylar sulolasi boshqargan davlat (1038—1308). Saljuqiylar davlatiga Saljuqnnj nevarasi Sulton Toʻgʻrulbek asos solgan. Saljuq turklari 11-asrning 20y.larida harbiy xizmatlari evaziga Xurosonda Mahmud Gʻaznaviydan koʻplab mulklar olganlar. Biroq keyinchalik gʻaznaviylar ularga qarshi lashkar joʻnatib, Arslon Isroil ibn Saljuqni asir olishgan va Hindistondagi harbiy qalʼada tutqunlikda saqlashgan (1032 y. u xibsda oʻlgan). Saljuqiylar gʻaznaviilarga qarshi olib borgan koʻplab muvaffaqiyatli janglaridan soʻng Nishopurni egallab, oʻz rahbarlari Toʻgʻrulbekni sulton deb zlon qiddilar (1038). Dandanakon jangidagi gʻalabadan soʻng , u Xuroson hukmdori deb eʼlon qilindi. Astasekin saljuqiylar Xuroson, Xorazm, Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq (Bagʻdod bilan birga)ni oʻzlariga boʻysundirdilar. Bagʻdodda Toʻgʻrulbek nomiga xutba oʻqitilgan. Abbosiylar xalifasi alQoim (hukmronlik davri: 1031—75) hokimiyatni Toʻgʻrulbekka topshirib, uni sulton hamda "Sharq va Gʻarb podshohi" deb tan olishga majbur boʻlgan va qizini unga xotinlikka bergan. Toʻgʻrulbek Rayni, uning ukasi Chagʻribek Dovud (990—1060) Marvni oʻzlariga poytaxt qildilar. 1050 yilda Toʻgʻrulbek poytaxtni Raydan Isfahonga koʻchirgan.
3.Xorazmshoxlar sulolasi
11-asr va 12-asrning birinchi yarmida Xorazm saljuqlar davlati (gʻaznaviylar davlati xarobalarida 11-asrda tashkil topgan) tarkibiga kirgan. Xorazmning 11-asrdagi yuksalishi turkiylar sulolasiga mansub xorazmshohlar siyosati bilan uzviy bogʻliq. Mazkur sulolaga saljuq amirining tashtdori Anushtegin asos solgan. Sulton hammomchilari mahkamasining sardori boʻlgan Anushtegin Garchoi Malikshoh (1072-1092 yy.) saroyida yuksak martabaga erishgan. U rahbarlik qilgan mahkama zimmasiga Xorazmni boshqarish ham yuklangan. 1077-yilda Malikshoh Anushtegin Garchoini Xorazmga noib etib tayinlaydi va Xorazmda Anushteginlar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Anushteginlar turkiylar sulolasidan boʻlib, oʻsha paytda, Osiyoda hukmronlik qilgan uch buyuk sulola: Anushteginlar, Saljuqiylar va Gʻaznaviylar bir negizdan kelib chiqqan. 1097-yilda Anushtegin vafot etgach, Xorazm noibi etib Ekinji ibn Qorachar tayinlanadi. Biroq u oʻsha yili noiblikdan chetlatilib, uning oʻrniga Anushteginning oʻgʻli Qutbiddin Muhammad (1097-1127 yy.) qoʻyiladi. Garchi, u "Xorazmshoh" unvonini tiklab, shu nom bilan ulugʻlansa ham Saljuqiylarning sadoqatli noibi boʻlib qoldi. Qayta tiklangan xoramshoh mansabiga sazovor boʻlgan Anushtegin nabirasi Otsiz Xorazm mustaqilligi yoʻlida astoydil harakat qilgan. Xorazmshoh Otsiz (1127-1156 yy.) saljuq sultoni Sanjarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. U mugʻombir diplomat va qatʼiy sarkarda boʻlib, mustaqil tashqi siyosat yuritadi. Chunonchi, u oʻz hukmdori Sanjarning ruxsatisiz qipchoqlar va turkmanlarga qarshi urush boshlaydi. 12-asrning boshida Oʻrta Osiyoni sharq tomondan yangi istilochilar - qoraxitoylar bosib oladilar. Sulton Sanjar oʻzining yaqin qarindoshi boʻlgan samarqandlik qoraxoniylar xoni Mahmudga yordamga keladi. Qoraxitoylarga qarshi Samarqand yaqinida boʻlib oʻtgan jang Sanjarning toʻla magʻlubiyati bilan yakunlanadi. Xorazmshoh Otsiz Sanjarning magʻlubiyatidan ustalik bilan foydalanib 1141 yili Marvni ishgʻol etadi, 1142 yili esa Nishopurga yaqinlashadi. 1156 yili Otsiz vafot etadi va uning oʻgʻli Elarslon (1156-1172 yy.) xorazmiylar davlatini mustahkamlashni davom ettirib, Dixistonni tevarak-atrofdagi yerlarga qoʻshib oladi. Elarslon oʻziga voris etib oʻgʻli Sultonshoh Mahmudni (1172-1193) tayinlaydi, biroq toʻngʻich oʻgʻli Takash ukasi hokimyatini tan olmay, unga qarshi kurash boshlaydi. Natijada toju-taxt uchun kurash boshlanadi, bu kurash 21 yil davom etib, unda Takash gʻolib keladi. Uning oʻgʻli Tekesh (1172-1200 yy.) 1187 yili Nishopurni, 1192 yili esa Marvni bosib oladi. 1194 yili gʻarbiy saljuqlar sultonini qaqshatqich magʻlubiyatga uchratib, Eronning butun sharqiy qismini egallab oladi. 1195 yili Tekesh abbosiy xalifa qoʻshinini tor-mor qilib, Iroqga bostirib kiradi. Oʻz mamlakati hududlarini ikki karra kengaytirgan va qudratli davlat barpo etgan xorazmshoh Tekeshni Xorazmning eng isteʼdodli hukmdori deb eʼtirof etish mumkin. Uning siyosati kamchiliklaridan biri qipchoq harbiy aristokratiyasiga koʻrsatilgan homiylik boʻlgan.
4.Temuriylar sulolasi
Temuriylar, Temuriylar davri — oʻrta asrlarda sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etgan sulola. T. hududi shimolda Ili daryosi va Xorazm (Orol) dengizidan janubida Fors qoʻltigʻiga qadar, sharqda Xitoy va Hindistondan gʻarbda Trabzun (Qora dengiz)ga qadar ulkan maydonni qamragan. Davlat tuzilishi, qonun va qoidalari jihatidan T. musulmon Sharqida oʻrta asrlarda hukm surgan davlatlardan katta farq qilmasada, ammo uning boshqaruv tizimi Turkiston va Movarounnahr davlatchiligining asriy anʼanalari, saltanatga kirgan mamlakatlar bilan madaniy aloqalar asosida yangi tartib va qoidalar bilan takomillashtirilgan.
Markazlashgan davlat tepasida: Temur ibn Taragʻoy Bahodir (1370—1405); Shohrux ibn Temur (1409—47); Ulugʻbek ibn Shoxrux (1447—49); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1458—69);Movarounnahrda (poytaxti Samarqand): Xapil Sulton (1405—09); Ulugʻbek (140949); Abdullatif (144950); Abdullo Mirzo (1450—51); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1451—69); Sulton Ahmad Mirzo (1469—94); Sulton Mahmud Mirzo (1494—98); Sulton Ali Mirzo (14981500).
Xurosonda (poytaxti Hirot): Shohrux (13961447); Ulugʻbek (144749); Abulqosim Bobur (1449—57); Shoh Mahmud Mirzo (1457); Abu Savd ibn Sulton Muhammad (1458—69); Yodgor Mirzo (1470), [[Husayn Boyqaro (1470— 1506); Badiuzzamon ibn Sulton Husayn (1506—07); Muzaffar Mirzo (150607).
Siyosiy hayot. Nigʻoyatda kengayib ketgan davlat Amir Temur vafotidan soʻng vorislar oʻrtasidagi nizolar natijasida zaiflasha boshladi. 1405 yilning 16 mart kuni Mironshohning oʻgli Xalil Sulton Samarqandni egallab, oʻzini Movarounnahrning gʻukmdori deb eʼlon qiladi. Oqibatda shahzoda, amir va viloyat noiblarining noroziligi kuchayib, isyon va galayonlar koʻtariladi. Dastavval Fargʻonada Xudoydod bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi qoʻzgʻalib, Oʻratepa va Fargʻonani egallab oldi. Bu davrda Xurosonda Shohrux, Balx, Gʻazni va Qandahorda Pirmuhammad; Gʻarbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohnnng oʻgʻillari Umar Mirzo va Abubakr Mirzo qokimi mutlaq boʻlib oladilar. Turkiston, Sabron, Oʻtror, Sayram viloyatlari amir Berdibekning tasarrufiga oʻtadi, Oltin Oʻrda amirlaridan Idiku Xorazmni zabt etadi. 1405 — 08 yillarda Balx, Xuroson, Seyiston, Kermon va Ozarbayjonda temuriy shahzoda va ayrim amirlarning birinketin koʻtarilgan gʻalayonlari kuchayib ketadi. Valiahd Pirmuhammad bunday gʻalayon va fitnaning qurboni boʻladi (1407 y. 22 fev.). 1408 y. 22 apr. kuni qoraqoʻyunli turkmanlarning yetakchisi Qora Yusuf bilan boʻlgan jangda Mironshoh halok boʻlib, Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qoʻlidan ketadi.
15-asrning 20y.larida bu ulkan mamlakat 2 davlatga boʻlingan edi. Ulardan biri Amudaryodan jan.da joylashgan boʻlib, uni Shohrux boshqargan (markazi Hirot sh.) edi. Ikkinchisi esa, Amudaryodan shim.da — Movarounnahr va Turkistonda vujudga kelib (poytaxti Samarkand sh.) uni Oʻlugʻbek idora etgan edi.
Shayboniylar - Buxoro xonligini boshqargan sulola (1500—1601). Shayboniyxon asos solgan. Shayboniyxon 15-asr oxiri va 16-asr boshlarida tojtaxt uchun oʻzaro kurashayotgan temuriy shahzodalar (qarang Temuriylar)nhht oʻzaro nizolari oqibatida Movarounnahrning asosiy shaharlari: Samarqand va Buxoroni osonlik bilan egallab, yangi davlatga asos solgan. Keyinchalik Movarounnahrning qolgan hududi va Xuroson ham bu davlat tarkibiga kiritildi. Ismoil I Safaviy bilan boʻlgan jangda Shayboniyxon oʻldirilgach (1510), Koʻchkunchixon xon qilib koʻtarilgan. Uning vafotidan soʻng oʻgʻli Abu Saidxon qisqa muddat (1530—33) hukmronlik qildi. Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon davrida poytaxt Samarkanddan Buxoroga kuchirilgan va davlatning rasmiy nomi Buxoro xonligi deb ataladigan boʻlgan. Xususan, Ubaydullaxon Sh. sulolasini saklab qolish va uni mustahkamlashda muhim rol oʻynadi. Ubaydullaxon vafot etgach (1540), xonlik qisqa muddat 3 qismga boʻlinib, Buxoroda Abdulazizxon, 1557 yildan Abdulla Sulton (Abdullaxon II; Iskandarxonnmit oʻgʻli); Samarqandda Abdullaxon I, Abdullapshfxon, Baroqxon; Balxda Pirmuhammadxon hukmronlik qilishgan. Abdullaxon II bu tarkrklikka barham berib, xonlik hududini birlashtirgan va uni yanada kengaytirgan. Abdullaxon II vafot etgach, uning oʻgʻli Abdulmoʻminxon va amakivachchasi Pirmuhammadxon II (Sulaymon sultonning oʻgʻli) qisqa muddat xon boʻlishgan. 16-asr oxiri — 17-asr boshlaridagi murakkab qaramaqarshiliklar natijasida Sh. hokimiyatdan ayrilishdi. Soʻnggi shayboniy Pirmuhammadxon II oʻziga qarshi chiqqan Samarqand hokimi Boqi Muhammad bilan 1601 y. iyunda Samarkand yaqinidagi Bogʻi Shamolda boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchragach, taxtni topshirishga majbur boʻldi. Shunday qilib, 1601 yildan Buxoro xonligini yangi turkiy sulola — ashtarxoniylar (joniylar) boshqarishga kirishgan.
4-TOPSHIRIQ.
Quyidagi TEST larni yeching:
1.Odamlarning biron bir o’simlik yoki hayvon bilan o’zaro qarindoshlik
aloqasiga ishonishi ...
A) Totemizm
2.Inson sun’iy olov hosil qilishni qachon o’rgangan?
C) O’rta paleolit davrida
3.Antropogenez jarayoni qaysi davrga kelib o’z nihoyasiga yetdi?
A) So’nggi paleolitda
4.Tosh davri bosqichlari to’g’ri ketma- ketlikda joylashtirilgan qatorni toping
C) Paleolit, Mezolit, Neolit, Eneolit
5.Kaltaminor va Joytun madaniyatlari qaysi davrga tegishli?
B) Neolit
6.Ilk paleolitning so’nggi davrida qanday jarayon odamlarni yangicha turmush
sharoitiga moslashishga undagan edi?
D) Buyuk muzlikning chekinishi
7.Mezolit davridan so’ng ...
B) neolit davri boshlandi
8.Quyidagilardan qaysi biri so’nggi
paleolitda sodir bo’lgan?
D) odamlarning urug’ jamoalarga ajralib
chiqishi boshlandi
9.Tarix fanida odamning kelib chiqishi va
rivojlanishi qaysi ma’lumotlarga
asoslanib o’rganiladi?
B) arxeologiya va antropologiya
10.Vatanimiz hududida ilk paleolit davri
qaysi ming yilliklarni qamrab olgan?
D) mil.avv. 1 mln.-100 ming yilliklarni
11.Eng qadimgi odamlar faoliyatida qaysi
davrga kelib urug’ jamoasiga o’tish uchun
shart-sharoit vujudga kelgan?
D) Ibtidoiy to’da davrining oxirlariga kelib
12.Ibtidoiy jamoa tuzumining qaysi
davrida kamon va o’q-yoy ixtiro
qilingan?
C) Mezolitda
13. Mochay, Qo’shilish, Obishir yodgorliklari qaysi davrga oid?
C) Mezolit
14.Neolit davrida odamlar qanday
kashfiyotni amalga oshirganlar?
B) sopol idishlar yasash kashf etildi
15.O’zbekiston tarixining eng qadimgi bo’limini aniqlang
D) moddiy madaniyat tarixi
16.Inson, uning kelib chiqishi va rivojlanishini o’rganuvchi fanni
aniqlang
B) antropologiya
17.Tarixning qaysi davrida neandertal turidagi odamlar O’rta Osiyo hududida
keng tarqalgan?
C) o’rta paleolitda
18.Tarixning qaysi davrida zamonaviy qiyofadagi odamlar paydo bo’lgan?
C) so’nggi paleolitda
19.Selungur g’ori qaerda joylashgan?
C) Farg’ona vodiysida
20.Qanday xo’jalik o’zlashtiruvchi xo’jalik
deyiladi?
B) ovchilik, termachilik
21.O’rta paleolit davriga oid
manzilgohni aniqlang
B) Teshiktosh
22.Tarixning qaysi davrida qoyatosh
suratlari paydo bo’lgan?
A) mezolit davrida
23.O’zbekistonning qaysi hududidan dunyoga
mashhur qoyatosh suratlari topilgan?
B) Surxondaryodan
24.Eng qadimgi odamlar hayotida
o’zlashtirma xo’jalik qachongacha davom
etadi?
A) neolit davrigacha
25.Tarixning qaysi davrida kulolchilik,
tikuvchilik va to’qimachilik paydo
bo’lgan?
B) yangi tosh asrida
26.Quyida keltirilgan tarixiy davrlardan
qaysi biri boshqalarga nisbatan uzoq
muddat davom etgan?
C) o’rta tosh davri
27.Odamlarning eng qadimgi mashg’uloti ...
C) termachilik va ovchilik edi
28.Ilk paleolitning so’nggi davrlarida ...
D) Buyuk muzlash boshlandi
29.Turmush va mehnat umumiyligi negizida
birlashgan qadimgi odamlar jamoasi bu ...
C) ibtidoiy to’da
30.Qaysi davrdan boshlab odamlar
ibtidoiy to’da tarzida yashamay qo’ydilar?
C) so’nggi paleolitdan
Quyudagi mavzu bo’yicha 30 ta test savollari tuzing.
MAVZU: Turkistonda Sovet hokimiyatining o’rnatilishi va unga qarshi qurolli harakatlar.
5-TOPSHIRIQ.
Hoshim ibn Hakim taxminlarga ko’ra 719 yilda Marv yaqinidagi Koza qishlog’ida tavallud topgan. 783 yilda Shahrisabzda vafot etgan — Movarounnahrda Arab xalifaligi hukmronligiga qarshi koʻtarilgan ozodlikka erishish harakatining boshligʻi (770 va 780 yillari). Muqanna taxallusi bilan mashhur. Narshaxiyning yozishicha, u koʻp oʻqigan, gʻoyat ziyrak boʻlib, kimyogarlik, sehr va tilsim ilmlarini oʻrgangan. Arab, fors tillarini yaxshi bilgan. Bir koʻzi koʻr, boshi kal va basharasi xunuk boʻlganligidan boshi va yuziga koʻk parda tutib yurgan. Shuning uchun ham "Muqanna", yaʼni "Niqobdor" laqabi bilan mashhur boʻlgan. Yaʼqubiyning tasvirlashicha, Muqanna ni Hoshim ul-aʼvar, yaʼni bir koʻzli Hoshim deb ham ataganlar. Muqanna yoshlik chogʻida kudungarlik (matolarga ohor beruvchi) kasbi bilan shugʻullangan. Xuroson noiblaridan Abu Muslim davrida sarhanglik (kichik lashkarboshi) va Abduljab-bor Azdiy davrida esa vazirlik darajasiga koʻtarilgan. 759 yilda Xuroson amiri Abduljabborning xalifaga qarshi isyonida qatnashgani uchun zindonga tashlangan. Bir necha yildan soʻng zindondan qochgan. 769 yilda Muqanna Marvga qaytib kelgan, shu yildan boshlab umrining oxirigacha Movaro-unnaqrda Arab xalifaligiga qarshi koʻtarilgan xalq harakatiga boshchilik qilgan. U mazdakiylik taʼlimotini targʻib qilgan. Qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragach, oʻzini olov yonib turgan tandir ichiga tashlab, halok boʻlgan. Hamid Olimjon Muqanna jasoratiga bagʻishlangan "Muqanna" dramasini, Sadriddin Ayniy "Muqanna isyoni" (1944) tarixiy-adabiy ocherkini yozgan.
Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy al-Xorazmiy 1145 yilda Xiva shahrida tug’ilgan , Najmiddin Kubro ("dinning ulugʻ yulduzi" maʼnoga eg bu taxallus). taxallusiga ega. 1221 yilga qadar yashagan. Ulugʻ shayx, kubroviylik tariqatining asoschisi Najmiddin Kubro ning karomat koʻrsatish, voqealarni oldindan bilish, oʻtkir nazari bilan taʼsir eta olish hislatiga ega inson boʻlganligi haqida rivoyatlar tarqalgan. yoshligidan ilmga qiziqqan, qobiliyatli boʻlgan. Islom asoslari, shariat, hadis va tafsirni juda tez oʻzlashtirib oladi. 16—17 yoshlarida tahsilni chuqurlashtirish maqsadida Xorazmdan chiqib, Eron, Misr, Shomu Iroq mamlakatlarini kezadi. Tariqatdan xabardor boʻlishga intilib, bir necha shayx, darvishlar suhbatida boʻladi. Ilk dafʼa Misrda shayx Roʻzbixon Vazzon Misriyga murid toʻshadi, undan tariqat odobini oʻrgavadi, shayxning qiziga uylanadi. Keyinchalik Hamadonda shayx Ammor Yosir , Dizfulda shayx Ismoil Qasriy kabi ustozlardan saboqoldi. 25 yildan ortiqumrini ilm tahsiliga bagʻishlagan Najmiddin Kubro 1185 yil Xorazmga kaytib keladi. Bu yerda katta xonaqoh qurdirib, oʻz diniy maktabini yaratadi. K. kishilarni ezgulikka, ilmga, saxonat va mardlikka daʼvat etdi. Uning tarbiyasini olgan yuzlab odamlar irfoniy maʼrifatdan bahramand boʻldilar. K.ning muridlari Majdiddin BagdodiySaʼdiddin Humaviy, Najmiddin Doya tasavvuf tarixida nom qozongan shayxlardir.
Jaloliddin Manguberdi (arab tilidan olingandan Jalal al-Din Menguberdi, toʻliq ismi — Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) 1198 yilda tug’ilgan. 1220 yildan hukmdor. Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori Alovuddin Muhammad II ning toʻngʻich oʻgʻli. U 33 yil umr koʻradi va uni 11 yili jang ichida oʻtadi. mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadshoxning katta oʻgʻli. Onasi — Oychechak turkman kanizaklardan boʻlgan. Jaloliddin burnida xoli (mank) boʻlgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib "Manguberdi" nomi bilan mashhur boʻlib ketgan.
Temur Malik XII asr oxiri va XIII asr oxirlarida yashagan sarkarda. xorazmshoh Muhammad hukmronligi davrida Xoʻjand hokimi, Jaloliddin Manguberdining yaqin safdoshi, moʻgʻullar istilosiga qarshi kurash olib borgan sarkarda, xalq qaxramoni, 1219 yilning dekabr oyida 3 kunlik jangdan keyin Banokatnni egallagan loq noʻyon boshliq 5 ming kishilik moʻgʻul qoʻshini Xoʻjandni qamal qilishga kirishadi. Temur Malik ilgariroq har ehtimolga qarshi Sirdaryo oʻrtasidagi orolda, suv 2 shoxga boʻlinib oqadigan joyda, bir mustahkam qalʼa qurdirib qoʻygan edi. Moʻgʻul qoʻshini son va qurolaslaha jihatdan ustun boʻlgani bois shaharni mudofaa qilish qiyinlashadi. Natijada, Temur Malik 1000 kishilik otryadi bilan 1220 yilning aprelda orolga koʻchib oʻtadi va tezlikda qalʼani jangga tayyorlashga kirishadi. Shahar va qalʼa atrofini dushman halqa qilib oʻrab oladi. Manjaniqaan otilgan toshlar orolga yetmagandan soʻng moʻgullar xoʻjandlik yoshlar va ilgari olingan asirlardan hashar tarzida foydalanishga qaror qiladilar. taxminan 50 ming hasharchi tevarakatrofdan tosh, shoxshabba va xashak keltirib daryoga tashlaydi, moʻgʻullarning 20 ming kishilik qoʻshini esa jangga kirishadi. Temur Malik usti namat hamda sirkali loy bilan suvalgan, oʻq otish uchun darichalari bor kemalar yasatadi. Kunda tongda har ikki tomonga 6 tadan kemada suzib kelib, yovga qirgʻin keltiradi. Oxir oqibat vaziyat tanglashgach, Temur Malik orolni tashlab ketishga majbur boʻladi. U qolgan askarlari va yuklari ortilgan 70 qayikda Sirdaryoning quyi oqimi boʻylab suzib Barchinligʻkent (Qiziloʻrdadan taxminan 50 km jan.da boʻlgan) yaqinida moʻgʻullar daryoni toʻsib qoʻyadilar. Temur Malik. qirgʻoqqa tushib, dushman bilan jang qiladi. Koʻp talafot berib, yolgʻiz oʻzi Kizilqum choʻli orqali 1220 yilning yozida Xorazmga yetib keladi. Askar toʻplab Joʻjixon qoʻshiniga kuchli zarba beradi. Kasba shahrini moʻgʻullardan ozod qiladi. Ammo, saltanatda yuzaga kelgan mushkul siyosiy vaziyat tufayli Xorazmni tark etadi. Temur Malik 1221-1232 yillar davomida Sulton Jaloliddin bilan birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurash olib boradi. Jaloliddin halokatidan keyin oʻz yurtiga qaytadi. Maʼlum vaqtdan soʻng Temur Malik moʻgʻullar tomonidan qoʻlga olinadi va qatl qilinadi. Temur Malik jasorati haqida Mirmuhsin "Temur Malik" romani yozgan. Ashrafiy "Temur Malik" nomli simfonik poema yaratgan va Navoiy teatriyaa uning "Temur Malik" baleti qoʻyilgan. Toshkent shahridagi shoh koʻchalarning biriga Temur Malik nomi berilgan.
Mahmud Torobiy Buxoroning Torob qishlogʻi 1238 yilda tug’ilgan. —Buxoroda moʻgʻullar zulmiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon rahbari. Hunarmand oilasida tugʻilgan. Gʻalvirchilik bilan shugʻullangan, shu bilan birga tabiblik ham qilgan. U kuchli nufuzga ega, tasavvuf gʻoyalari bilan tanish shaxs boʻlgan. Buxoroda moʻgʻullarga qarshi boshlangan qoʻzgʻolonga mashhur ulamo Shamsuddin Mahbubiyning taklifi bilan rahbarlik kilgan. Buxoro atrofida moʻgʻullarga qarshi boʻlgan jangda halok boʻlgan. Qabri ustiga XIII asrda qurilgan daxma O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, qayta taʼmirlandi. Mahmud Torobiy haqida Oybek "Mahmud Torobiy" opera librettosi va dostonini, Asad Dilmurod "Mahmud Torobiy" tarixiy romanini yozgan. Buxoro viloyati Jondor shaharchasida haykal oʻrnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |