4-MODUL. SILJISH DEFORVATSIYASI
14-MAVZU: SILJISHDA KUCHLANISH VA DEFORMATSIYA.
1.Sof siljishda kuchlanish va deformatsiya
2.Sof siljishda GUK qonuni.
3. Elastik doimiylari G, E va orasidagi munosabat.
4. Sof siljishdagi potentsial energiya.
MA'RUZADAN KO’ZLANGAN MAQSAD: Sof siljish, sof siljishda GUK qonuni,
potentsial energiya, siljishga ishlaydigan birikmalar to’g’risida talabalarga tushunchalar berishdan iborat.
TAYANCH SO`Z VA IBORALAR: siljish, sof siljish, siljish deformasiyasi, sof siljish yuzachalari, sof siljishdagi potensiyal energiya,siljishga ishlaydigan birikmalar, parchin mixli birikmalar, payvand birikmalar, usma-ust payvandlash,uchma-uch payvandlash.
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR
1. James M. Gere. Mechanics of materials. Brooks/coole 2015.p. 926.
2. С. Шадманова. Материаллар қаршилиги. Ўқув қўлланма.Т.2018.-169 б
3. Ўрозбоев М.Т. Материаллар қаршилиги асосий курси. /Олий ўқув юртлари учун
дарслик./ -Т.: Ўқитувчи, 1973. - 512 б
4. Набиев А. Материаллар қаршилиги. Олий ўқув юртлари учун дарслик.Тошкент:
Янги аср авлоди, 2008 -380 б.
5. Қорабоев Б. Материаллар қаршилиги. Олий техника ўқув юртлари учун
дарслик.Тошкент: Фан ва технология, 2007-192 б.
1.Sof siljishda kuchlanish va deformatsiya.
Ba'zi hollarda konstruktsiya elementlarining mustahkamligi, shuningdek bikirligi materialning siljishga qarshiligi bilan bevosita bog`liq bo`ladi. Bunda siljish deformatsiyasini unga mos keluvchi kuchlanish holatini o`rganish zaruriyati paydo bo`ladi.
Nuqtaning deformatsiyalangan holati tushunchasida umumiy holda uning tarkibiga siljish deformatsiyasi ham kirishi aniqdir.
Deformatsiyaning bu turini batafsil o`rganish uchun sof siljish tushunchasi kiritiladi.
Nuqta atrofida ma'lum yo`nalishda ajatib olingan to`g`ri to`tbuchakli element sof siljishda faqat sof siljish deformatsiyasiga uchraydi, uning tomonlari cho`zilmaydi. Ajratilgan elementning tomonlariga faqat urinma kuchlanishlargina ta'sir qiladi.
Shunday qilib, sof siljish deganda ma'lum yo`nalishlarda olingan o`zaro perpendikulyar ikkita yuzachaga faqat urinma kuchlanishlargina ta'sir etadigan kuchlanish va deformatsiyalanish holati tushuniladi.
Bu yuzachalar sof siljish yuzachalari deyiladi. U larni berilgan deb hisoblab, hamda o`tgan ma'ruzalarning formulalaridagi
(13.1)
deb qabul qilib quyidagilarni hosil qilamiz:
2. Sof siljishdagi GUK qonuni.
Cho`zilgan yoki siqilgan sterjenlarning qiya yuzalarida urinma kuchlar vujudga kelganidan ularda siljish deformatsiyasi orasida biror bog`lanish bor degan xulosaga kelamiz.
Sof siljishda kubning tomoniga ta'sir qilgan urinma kuchlanish bosh normal kuchlanishga teng ekanligini ko`rgan edik, shu sababli quyidagi ifodani yozamiz:
(13.2)
13.1-shakl 13.2-shakl
3. Agar formulaning o`ng tomonidagi u oldiga yozilgan o`zgarmas miqdorni G bilan belgilasak formulani quyidagicha yozish mumkin bo`ladi:
(13.3)
bundan ; (13.4) bo`ladi.
formulaga siljishdagi Guk qonuni deyiladi. formula esa siljishdagi elastiklik moduli bilan cho`zilishi yoki siqilishdagi elastiklik modullari hamda Puasson koeffitsiyenti orasidagi bog`lanishlarni ko`rsatadi.
4. SILJISHDAGI POTENTSIAL ENERGIYA
Sof siljish deformatsiyasi tekis qo`llanish holatining xususiy holi bo`lganligidan uni deformatsiyaning tekis kuchlanish holati uchun chiqarilgan solishtirma potentsial energiya formulasi asosida yozamiz. Biz tekshirayotgan hol uchun bo`lganligidan bu formula shunday yoziladi:
(13.5)
Bosh kuchlanishlar va bo`lganligidan ; (a) hosil qilamiz. (b) вo`lganligi uchun (A) formula quyidagicha ifodalanadi: ; (v)
Sof siljishdagi Guk qonuniga asosan siljishdagi solishtirma potentsial energiyaning qiymati quyidagicha yoziladi:
; (d) demak siljishdagi deformatsiyaning solishtirma potentsial energiyasi urinma kuchlanishning yoki nisbiy deformatsiyaning kvadrat funktsiyasidir.
Nazorat savollari
1. Qanday kuchlanish hlati sof siljish deyiladi?
2. Tekis kuchlanish holati bilan cof siljish orasida qanday matematik bog`lanish bor?
3. Siljishdagi Guk qonuni qanday ifodalanadi?
4. E va G elastiklik modullari orasida qanday matematik bog`lanish bor?
5. Qanday deformatsiya ezilish deb ataladi?
6. Ezilish deformatsiyasi qanday sharoitda vujudga keladi?
7. Kesilish deformatsiyasi qanday sharoitda yuzaga keladi?
8. Siljishdagi potensiyal energiya qanday topiladi?
9. Qanday birikmalarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |