4-Mavzu. Ish joylarini tashkil etish va rejalashtirish



Download 51,81 Kb.
bet1/2
Sana08.12.2022
Hajmi51,81 Kb.
#881040
  1   2
Bog'liq
Ma\'ruza-4 (4,2)


4-Mavzu. Ish joylarini tashkil etish va rejalashtirish
Reja

  1. Ish joylarini tashkil etish va unga qo’yiladigan talablar

  2. Ish joyiga xizmat ko’rsatishni to’g’ri tashkil qilish

  3. Ish o’rinlarini rejalashtirish

Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning eng muhim yo’nalishlaridan biri ish o’rinlarini tashkil etishdir. Chunki ish o’rinlarini oqilona tashkil qilish mehnatni tashkil etish tizimining eng asosiy bo’g’inidir. Har bir ishchining o’ziga biriktirilgan ishlab chiqarish vazifasini o’z vaqtida bajarishi, mehnatining unumdorligi, avvalo, u ishlaydigan ish o’rnining to’g’ri tashkil etilishiga bog’liqdir.


Ish o’rni deb bajariladigan ishning mazmuniga bog’liq holda zarur jihoz va boshqa mehnat vositalari bilan ta’minlangan, ishlab chiqarish jarayonining bir yoki bir nechta texnologik operatsiyalarini bajarishga mo’ljallangan, bir yoki bir necha ishchi ishlaydigan muayyan ishlab chiqarish maydoniga aytiladi.
Ish o’rinlari bir necha turga bo’linadi:
- Mehnatni tashkil etish shakliga ko’ra ish o’rinlari yakka va jamoa (brigada) ish o’rinlariga bo’linadi. Ish o’rni, yakka tashkil qilinganda bir ish o’rnida bitta ishchi o’ziga yuklatilgan vazifani bajaradi. Bunda har bir ishchining bajargan ishini aniq hisobga olish oson bo’ladi, texnologik jihozlardan foydalanishda ishchining ma’suliyati ortadi.
Bitta ish o’rnida texnologik operatsiyani bir kishi bajara olishi mumkin bo’lmaganda jamoa ish o’rinlari tashkil qilinadi. Masalan, tikuvchilik korxonalarining bichish sexlarida qo’lda to’shama, bo’rlama tayyorlash, remont mexanika sexlarida texnologik jihozlarni o’rta va kapital ta’mirlash va boshqalar.
- Ish o’rinlarini texnik jihatdan jihozlanishiga ko’ra, ular qo’lda bajariladigan, mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan ish o’rinlari mavjud.
- Ish o’rinlariga xizmat ko’rsatilishiga ko’ra bir stanokli, ko’p stanokli ish o’rinlari mavjud.
- Bajariladigan ishning mazmuniga ko’ra ish o’rinlari universal va ixtisoslashgan bo’ladi.
- Ish o’rinlari bajariladigan texnologik operatsiyalarning xarakteriga ko’ra tikuvchi, bichuvchi, qolipga tortuvchining ish o’rinlariga va boshqalarga ajratiladi.
- Ishlab chiqarishni tashkil qilish shakli, ixtisoslashtirish darajasi va mahsulot nomenklaturasining doimiyligiga ko’ra ishlab chiqarishning yakka, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlaridagi ish o’rinlariga ajratiladi. Engil sanoat korxonalaridagi ish o’rinlarining tasnifi 1.4-rasmda ko’rsatilgan.
Asosiy xususiyatlari bo’yicha ish o’rinlarini tasniflash uni tashkil qilinishida muhim ahamiyatga ega bo’lib, u ish o’rinlarini tashkillashtirish bilan bog’liq masalalarni tezkorlik bilan echilishiga yordam beradi, yuqori unumli ishni ta’minlashga yo’naltirilgandir. Engil sanoat korxonalari uchun umumiy bo’lgan ish o’rinlarining turlarini tahlil qilish asosida har bir ishlab chiqarishning xususiyatlarini hisobga olgan holda, alohida ish o’rnini oqilona tashkil qilish yo’llari belgilanadi, unga qo’yilgan talablar o’rnatiladi.
Ish o’rinlarini tashkil qilinishi va unga xizmat ko’rsatish mehnatni oqilona tashkil qilinishining asosiy yo’nalishidir. Ish o’rnini oqilona tashkil qilish deganda jihozlarning texnik imkoniyatlaridan, ishchining ish kuchi va ish vaqtidan to’liq foydalanishga, ish sharoitlarining qulay bo’lishiga qaratilgan tadbirlar majmuasi tushuniladi.


Download 51,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish