4-mavzu. İlmiy tadqiqot tiplari. Reja



Download 50,46 Kb.
bet1/6
Sana14.07.2022
Hajmi50,46 Kb.
#796199
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 mavzu IDM Uzb


4-mavzu. İlmiy tadqiqot tiplari.
Reja:

  1. İlmiy tadqiqot tiplarining tasnifi: fundamental tadqiqotlar va ularda voqelik xodisalari va qonunlari xaqida yangi bilim olish imkoniyati.

  2. Amaliy tadqiqotlar va ularni moliyalashtirish imkoniyati. Tadqiqotchilik loyiha konstruktorlik ishlanmalari: (mutlaqo mahfiy tadqiqotlar). İnnovacion tadqiqotlar. Yoshlarning fundamental, amaliy va innovacion loyihalari.

  3. Xalqaro jamg’armalarning ilmiy loyihalari va ularda ishtirok etishning ahamiyati. Nodavlat notijorat tashkilotlarning ijtimoiy loyihalari. Fundamental, amaliy, innovacion, tadqiqot ishlanmalarning o’zaro aloqasi va farqi.

  4. Fan va ishlab chiqarishning aloqadorligi. İlmiy bilishning o’sish qonuniyatlari. Fanning o’sish nuqtalari. İlmiy tadqiqotda vorisiylik va novatorlik.


Tayanch tushunchalar: Umumilmiy usullar, empirik, kuzatish, eksperiment, taqqoslash, tavsiflash, o’lchash, formallashtirish, aksiomatik, gipotetik, analiz, umumlashtirish, ideallashtirish, analogiya, strukturaviy, ehtimoliy, etnometodologiya, metodologiya, kumatoid, situacion, postanalitik, an`ana, teleologik, keys-stadis, kauzap, telenom.
Umumilmiy metodlar va usullar tuzilmasida ko’pincha uch daraja ajratiladi:
– empirik tadqiqot metodlari;
– nazariy bilish metodlari;
– tadqiqotning umumiy mantiqiy metodlari va usullari.
Mazkur metodlar, usullar va amallarning mazmunini qisqacha ko’rib chiqamiz.
Empirik tadqiqot metodlari.
1. Kuzatish–narsa va hodisalarni izchil passiv kuzatish. Asosan, sezgi a`zolarining ma`lumotlariga tayanadi. Kuzatish jarayonida biz bilish ob`ektining nafaqat tashqi tomonlari haqida, balki, pirovard maqsad sifatida uning muhim xossa va munosabatlari haqida ham bilim olamiz. Kuzatish bevosita yoki turli asboblar va boshqa texnik uskunalar yordamida bilvosita amalga oshirilishi mumkin. Fan rivojlanishi bilan kuzatish tobora murakkablashib, uning vositalari ko’payib bormoqda. İlmiy kuzatishga qo’yiladigan asosiy talablar: maqsad (kuzatish ob`ekti)ning aniqligi; qayta kuzatish orqali yoki boshqa metodlar (masalan, eksperiment) yordamida nazorat qilish mumkinligi. Kuzatish natijalarini talqin qilish, asboblarning ko’rsatkichlarini o’qish va shu kabilar muhim ahamiyatga ega.
2. Eksperiment–o’rganilayotgan jarayonga faol va izchil aralashish, eksperimentning maqsadlariga muvofiq maxsus yaratilgan hamda nazorat ostiga olingan sharoitlarda tadqiq qilinayotgan ob`ektni tegishli tarzda o’zgartirish yoki uni aks ettirish. Eksperiment jarayonida o’rganilayotgan ob`ekt uning mohiyatini buzib ko’rsatishi mumkin bo’lgan nojo’ya ta`sirlardan ajratiladi va «sof shakl»da ifoda etiladi.
Eksperimentning asosiy xususiyatlari:
a) tadqiqot ob`ektiga (kuzatishdagiga qaraganda) yanada faolroq munosabat, shu jumladan, uni o’zgartirish va qayta tuzish;
b) ob`ektning xulq-atvorini nazorat qilish va natijalarni tekshirish imkoniyatining mavjudligi;
v) tadqiqotchining xohishiga ko’ra, o’rganilayotgan ob`ektni bir necha marta aks ettirish mumkinligi;
g) hodisalarning tabiiy sharoitlarda kuzatilmaydigan xossalarini topish imkoniyatining mavjudligi.
Eksperimentlarning turlari juda xilma-xildir. Vazifalariga qarab tadqiqot (qidirish), tekshirish (nazorat) va aks ettirish eksperimentlari farqlanadi. Ob`ektlarning xususiyatiga qarab fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy va h.k. eksperimentlar farqlanadi. Sifat va son eksperimentlari ham mavjud. Fikriy eksperiment–ideallashtirilgan ob`ektlar haqida fikr yuritish proceduralari tizimi hozirgi zamon fanida keng tarqalgan.
3. Taqqoslash–ob`ektlar (yoki ayni bir ob`ektning rivojlanish bosqichlari)ning o’xshash yoki farqli jihatlarini, ya`ni ularning ayniyligi va tafovutlarini aniqlovchi bilish operaciyasi. U faqat turkum hosil qiluvchi turdosh predmetlar majmuidagina ma`no kasb etadi. Predmetlarni turkumda taqqoslash ayni tadqiqot uchun muhim belgilarga qarab amalga oshiriladi. Bunda bitta belgiga qarab taqqoslanayotgan predmetlarni boshqa belgiga qarab taqqoslash bo’lmasligi ham mumkin. Taqqoslash mantiqiy usul–analogiyaning (quyida qarang) negizi hisoblanadi va qiyosiy-tarixiy metodning asosi bo’lib xizmat qiladi. Uning maqsadi–ayni bir hodisa yoki birgalikda mavjud har xil hodisalar rivojlanishining turli bosqichlari (davrlari, darajalari)ni bilishda umumiy va xususiy holatlarni aniqlash.
4. Tavsiflash–tajriba (kuzatish yoki eksperiment) natijalarini fanda qabul qilingan ma`lum belgilash tizimlari yordamida qayd etishdan iborat bilish operaciyasi.
5. O’lchash–qabul qilingan o’lchov birliklarida o’lchanayotgan kattalikning son miqdorini topish maqsadida ma`lum vositalar yordamida bajariluvchi amallar majmui.
Shu o’rinda qayd etib o’tish kerakki, empirik tadqiqot metodlari hech qachon «ko’r-ko’rona» amalga oshirilmaydi, balki har doim nazariy jihatdan belgilangan, ma`lum konceptual g’oyalar bilan yo’naltirilgan bo’ladi.

Download 50,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish