4-MALIY MASHG`ULOT: Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari (to‘ldiruvchi, aniqiovchi, hoi). To‘ldiruvchi va uning ifodalanishi. Aniqlovchi va uning ifodalanishi. Hol, uning turlari yuzasidan mashqlar. (2 soat)
1-ilova.
Mavzuga doir qisqa savol-javob.
-Ikkinchi darajali bo`laklarni ayting.
- To`ldiruvchi, uning turlarini ayting .
- Vositsiz to`ldiruvchi haqida gapiring.
- Vositali to`ldiruvchi haqida gapiring.
-To`ldiruvchi va uning trlariga visollar keltiring
- Hol haqida gapiring.
- Holning ma’no turlariga misollar keltiring.
2-ilova
Mashqlar bajarish; (Talabalar mashqlarni sharti asosida navbat bilan bajaradilar va javoblarning to’liq va mukammal bo’lishi o’qituvchi va talabalar tomonidan qatьiy nazoratga olinadi.)
13-mashq. O’qing. To’ldiruvchilarni topib, turi va qanday ifodalanganini ayting. To’ldiruvchini o’zi bog’lanib kelgan (boshqarayotgan) so’z bilai birikma tarzida ko’chiring.
1. Men chollarning gapiga beixtiyor berilaman. Dam bobo’lga, dam uning o’rtog’iga tikilaman. Ular allaqanday xonlar, beklar, qo’rg’onlar, urushlar to’g’risida so’zlashadi. Allakimlar qandaydir katta darvozalarni berkitib qo’ygan, kimlardir shaharga suv bermagan, bog’dorlar qaylargadir qochib ketgani uchun bog’larda mevalar pishib, sasib-chirib ketgan. Bu gaplar menga ertakdan ham qiziq tuyuladi. Nihoyat chollar jim bo’lishadi, go’yo yoshliklarini sog’inganday, boshlarini quyi solishadi. (O.)
2. Sen yana yashnab ketasan, seni bo’stonga aylantirayotgan xalqing hech kam bo’lmaydi. Sen davr suradigan zamon keldi. SHu zamonni, mustaqil hayot zaminini qurayotganlarga men chin yurakdan zafar, o’lad tilayman. Nasib etsa oz bo’lsa ham ularga qo’limdan kelganicha yordam beraman. (O’.U.)
14-mashq. O’qing. Avval vositasiz, so’ngra vositali to’ldiruvchilarni o’zi bog’lanib kelgan so’z bilan birikma tarzida ko’chiring, farqini tushuntiring.
1. Shu kichkina oppoq qo’lchalar Vatan burchini oqlar, albatta! (Mirm.) 2. Naqqoshga yasatig’liq bir ot in’o’l qilinadi, qolgan mehmonlarga esa qimmatbaho sarpolar kiygizildi. (L. Batь.) 3. Erkni, qirni, daryolarni, cho’lni qo’msab qoldi dil. (SH. Rustaveli.) 4. Munavvar balanddan olingan tuproqni yerning chuqurroq yeriga to’kkach, ... bir kosa qatiq keltirib, mehmon oldiga qo’ydi. (S. Nazar.) 5. Uzoq-uzoq elatlarga, ellarga, Janub yoqda turfa-turfa gullarga, Mushtoq bo’lgan qancha-qancha dillarga Bizdan salo’l eltadilar turnalar. (H. G’.)
Do'stlaringiz bilan baham: |