4-ilova
Mavzuga doir test savollari.
1. Ko'pdan quyon qochib qutulmas. Ushbu maqolda to’ldiruvchi vazifasida qo’llangan so'z qaysi so‘z turkumiga mansub? A. Son. B. Sifat. C. Ravish. D. Ot.
2. Vositasiz to’ldiruvchi ishtirok etgan gapni toping. A.Qaychi olib kelma, pichoq olib kel.. B. Inson go'zallikka intiladi. C. Yo’lon bilan yo’ldosh bo’lma. D Bu ro’lan Pirimqul Qodirov tomonidan yozilgan.
3. Vositali to’ldiruvchining so‘roq lari qaysi qatorda to`g‘ri berilgan? - A. Kimga. Nimaga, Kimda, Nimada,, Kimni. B. Qayerni, Qayerga, Qayerda` Qayerdan. C. Kim bilan. Nima bilan. Kimning. Nimaning. D. Kimga, Nimaga. Kimda, Nimada` Kimdan. Nimadan. Kim bilan, Nimai bilan. Kim haqida. Nima haqida` Kim tomonidan.
4. Ko’p o‘yla, oz so'zla. Ushbu gapda holning qaysi turi qo’llangan? A. Miqdor holi. B. Vaziyat (ravish) holi. C. Maqsad holi. D. Sabab holi.
5. Maqsad holi ishtirok etgan gapni aniqlang. A. Biz bahorda log'ga lola sayliga bordik` B. U uyalganidan qizarib ketdi. C. Bizning mardlar ko‘kka parvoz qilmoqda. D. Inson amaliy tafakkumi o‘rganish- ga hamisha ehtiyoj sezadi.
6. Gap bo’laklarining odatdagi tartibi qaysi qatorda qo’llangan? A. Gulga to’lsin bu yorug` dunyo. B. Muhabbat husndir har bir insonga. C. Dugonam osongina qutulgani uchun behad quvondi. D. Siz yoqqansiz menga hamisha. |
7. Gap bo’laklarining o‘zgargari tartibi qaysi qatorda qo’llangan? A. O'z kasbini sevmagan baxtiyoi bo’lmaydi. B. Mehnat 'sharafli yakun bilan fazilatlidir. C. Nega lablarimda kezar tabassum? D Temirchi qo'shnimizning bu jasorati meni hayratga soldi.
8. Ko‘p bilgan oz so'zlar. Ushbu gapdagi holning ifodalanishi qaysi qatorda to‘gkri ko'rsatilgan? A. Son bilan. B. Sifat bilan. C. Olmosh bilan. D. Ravish bilan.
9. Vositasiz to'ldiruvchiga qaysi qatorda to‘g`ri ta’rif berilgan? A. Tushum va qaratqich kelishigidan boshqa kelishikdagi so‘zlar bilan ifodalangan to‘ldiruvchilar. B. Ayrim ko'makchilar bilan kelgan so'zlar orqali ifodalangan to’ldiruv- chilar. C. Tushum kelishigidagi so`zlar orqali belgili yoki belgisiz ifodalan gan toldiruvchilar. D. Narsa-buyum, shaxsning belgisini bildirgan so‘zlar.
10. Orqada qolganlarning holiga voy!.. Ushbu gapda kesim qaysi so`z turkumi bilan ifodalangan? A. Undov so`z bilan. B. Qo‘shma fe’l bilan. C. Fe’l bilan. D. So`z birikmasi bilan.
11. Ot kesimli gapni aniqlang. A. Ü‘sha kuni sovuq qattiq edi. B. Pastak eshik g`irchillab ochildi. C. Shoikro’l qizining gapini cshitmadi. D. Xadichaning uzunchoq sarg'ish yuzi qizardi.
12. Sifatlovchi o‘z sifatlanmishiga qanday yo‘l bilan birikadi? A. Moslashuv yo‘li bilan. B. Bitishuv yo‘li bilan. C. Boshqaruv yo‘li bilan. D. Moslashuv yoki bitishuv yo‘li bilan.
13. Nega shuncha go‘zal ko‘rinar olam? Ushbu gapda kesimdan oldin kelgan gap bo’lagi qaysi qatorda to‘g‘ri koTsatilgan? A. Vositali to'ldiruvchi. B. Vositasiz to’ldiruvchi. C. Maqsad holi. D. Ravish holi.
14. Gapda tufayli ko'makchisi bilan kelgan so'zlar odatda holning qaysi turiga mansub bo‘ladi? A. Ravish holiga. B. 0 4rin holiga. C. Sabab holiga. D. Payt holiga.
15. Yaxshi qiz - yoqadagi qunduz. Ushbu gap qanday gap bolaklaridan tashkil topgan? A. Aniqlovchi, ega, to‘ldiruvchi, kesim. B. Ega. hol. kesim. C. Ega. kesim. D. Ega, kesim, to‘ldiruvchi.
16. Qaysi qatorda ega bilan kesim orasida tire noto‘g‘ri qo‘yilgan? A.Butun umidimiz - sendan. B. Bilim olish - yuksalish. C. Besh karra besh - yigirma besh. D. Hunarlining qo’li - gui.
17. Qaysi gapda izohlovchi qo’llan- gan? A. Kayfiyatsiz kishining ishi qachon o’ngidan kelgan? B. Xursandchilik kishining hayotga muhabbatini oshiradi. C. Qish faslining manzaralari zavqli bo’ladi. D. Vatan - Ona so'zi naqadar laziz!
18. Ot bilan ifodalangan sifailovchi aniqlovchi qaysi gapda qo‘llangan? A. Bir azobning bir rohati bor. B. Oltin kuz mevalarni g'arq pishirdi. C\ Supada qator o'tiribmiz. D. Shu pavtda uy eshigi ochildi.
19. Payt holi qo’llangan qatorni aniqlang. A. Borida g‘arra-g‘arra. yo`g‘ida bandayi bechora. B. Soy tubida toshlar jimirlab ko'ri- nadi. C. Oqayotgan tiniq suv quyosh nurida go’yo oynadek yarqiramoqda. D. Tog‘ning ro'parasida ko‘z ilg‘a- mas tekisliklar yastanib yotadi.
20. 0 ‘rin holi ishtirok etgan gapni toping. A. Obodonchilik ishlari hali oldinda. B. Qor yog'ar - osmondan oq ukpar tushar. C. Biz avtobusda keldik. D. Daraxtlarning shoxi qushlardan egildi.
21. Otlashgan sifatdosh ega vazifa- sida qollangan misolni aniqlang. A. Yurgan - daryo. o‘tirgan - bo‘yra. B. Tezyurar poyezdda ketdi. C. Kokpni yo’lonlagan ko'muvsiz qolar. D. Mehr ko'rsatganni hurmat qil.
Mashg’ulotni yakunlash.O’qituvchi mashg’ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag’batlantiradi va to’plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg’ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar) xususida o’z mulohazalarini bayon qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
2. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulo’lova, SH.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil.
3. R.lkromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev Ona tilidan mashqlar to‘plami (o'quv qo'Ilanma) TDPU, Toshkent, 2009-yil .
Do'stlaringiz bilan baham: |