4-laboratoriya ishi: Elementlarning davriy va davriy bo`lmagan xossalari Reja



Download 46,57 Kb.
bet1/6
Sana21.01.2022
Hajmi46,57 Kb.
#396808
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DiazEd1PYqmauPdljKwXsBIw95h9Cj8 (1)


4-laboratoriya ishi: Elementlarning davriy va davriy bo`lmagan xossalari

Reja:

1.Davriy sistemaning yaratilishi haqida qisqacha ma`lumot.

2. Davriy sistemadagi o`xshashliklar.

3. Elementlar davriy xossalarining o`zgarishi.

4. Elektromanfiylik. Atom va ion radiuslari. Atomlarning magnit xossalari

Kimyo alohida fan sifatida XVIII-XIX asrlarda shakllangan bo'lsada bu fanning asoslari eramizdan avval qadimgi Yunonistonda yashab ijod etgan Levkipp, Demokrit, Epikur kabi tabiatshunos olimlar hamda VIII- XI asrlarda yashab o'tgan buyuk ajdodlarimiz: Ahmad Al-Farg'oniy, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo Ar-Roziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino singari ensiklopedik olimlar tomonidan qo'yilgan. Bu borada ularning yozib qoldirgan ilmiy asarlarida keltirilgan ma'lumotlar muhim ahamiyatga egadir. Bu asarlarda dunyoning moddiy tuzilishi haqidagi ilmiy fikrlar bilan birgalikda kimyo fani asoslarini tashkil etuvchi moddiy dunyo unsurlarini toifalash hamda amaliy kimyo uslublari haqida qimmatli ma'lumotlar bayon qilinganligi e'tiborga loyiqdir.

Ar-Roziy moddiy unsurlarning eng kichik birligi − atomlar haqida, ularni yanada kichikroq zarralarga bo'linishi to'g'risida fikrlar bergan bo'lsa, Farobiy, Beruniy asarlarida moddiy dunyo tarkibiy qismlari, ma'dan va qimmatbaho toshlarni sinflash haqida ma'lumotlar keltirilgan. Buyuk tabib Abu Ali ibn Sino o'sha davrda ma'lum bo'lgan barcha dorivor moddalarni xossalari asosida toifalarga bo'lib chiqqan. Dorivor moddalarni tarkibi va xossalariga ko'ra turli sinflarga toifalash singari dastlabki ilmiy bilimlar keyinchalik kimyoviy elementlarning xossalari asosida sinflashga asos bo'lib xizmat qilganligi tabiiy.

XVII-XVIII asrlarga kelib kimyo fani g'arb mamlakatlarida keng miqyosda rivojlana boshladi, fan va texnika taraqqiyoti yangi moddalar yaratish, kimyoviy elementlarni alohida ajratib olish imkoniyatlarini yaratdi. Kimyogarlar uchun ma'lum bir tartibga keltirilmagan katta hajmdagi yangi ma'lumotlar bilan ishlashda yangi olingan turli-tuman moddalarning toifalarga bo'linmaganligi, sinflanmaganligi o'ziga xos qiyinchiliklar keltirib chiqara boshladi.

Dastlab qadimda Alkimyogarlar tomonidan 7 ta element (Oltin-Quyosh, Temir-Mars, Simob- Merkuriy, Mis-Venera, Qalay-Yupiter, Qo’rg’oshin-Saturn, Kumush-Oy) ma’lum bo’lgan. Keyinchalik ularning soni 13 ta ga yetdi.

Keyinchalik XVIII аsr oxiridаn boshlab ko’plab elementlar mа’lum bo’la boshladi. XVIII asr oxirlariga kelib 25-30 ta element ma'lum bo’lib, XIX asrning birinchi choragida yana 19 ta element kashf qilindi. Hozirgi kunda esa 119 ta kimyoviy element kashf etilgan. Mavjud barcha moddalar shu kimyoviy elementlardan tashkil topgan bo'lib, ularning har birining xossalari turlichadir.

Elementlаrning kаshf qilinishi bilаn ulаrning аtom mаssаsi, fizik xossаsi vа kimyoviy xossаlаri o’rgаnib borildi. Bu tekshirishlаr nаtijаsidа bа’zi element oilalаrining аvvаldаn mа’lum bo’lgаnligi (mаsаlаn, ishqoriy metаllаr, ishqoriy-yer metаllаri, gаlogenlаr) gа o’xshаsh element guruhlаri shаkllаnib bordi.




Download 46,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish