1857 yilda ingliz olimi Odling va fransuz olimi Shankurtua elementlarning atom massalari ortib borishi bilan ularning kimyoviy xossalari o’zgarishida davriylik borligini payqadilar. O’tgan asrning 60-yillarida 64 ta kimyoviy elementlar ma’lum bo’lib, ular qatoriga oltin, kumush, temir, mis, oltingugurt va boshqalar kirgan edi. Keyinchalik azot, kislorod, vodorod va boshqa elementlar ochildi. Fransuz olimi De-Shankurtua 1863 yilda elementlar sistemasini tuzish uchun silindr o’qiga nisbatan 45° bo’ylab silindr sirtiga spiral chiziqlar chizdi. Har ikki spiral orasini 16 bo’lakga bo’ldi. Spiral chiziqlarga barcha elementlarni ularning atom og’irliklari ortib borish tartibida joylashtirganida, o’zaro o’xshash elementlarning atom og’irliklari orasidagi ayirma 16, 32, 48.. ga teng bo’lishini aniqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |