4 – Mavzu. Ta’minotchini tanlash masalasi
Reja:
4.1. Tovarlar taqsimoti kanalini tanlash
4.2. Tashish usuli va tashuvchini tanlash
4.3. Mahsulotlarni yetkazib berish tizimini boshqarish
4.4. Mol yetkazib beruvchi tanlovi
4.5. Mol yetkazib beruvchini tanlashdagi asosiy talablar
4.1. Tovarlar taqsimoti kanalini tanlash
Tovarlar sotish doirasini tanlashda ishlab chiqaruvchi va savdo firmalari quyidagi taqsimot kanallaridan foydalanadilar:
Ishlab chiqaruvchi-iste’molchi
Ishlab chiqaruvchi-ulgurji sotib oluvchi-iste’molchi
Ishlab chiqaruvchi-ulgurji sotib oluvchi-mayda ulgurji sotib oluvchi-iste’molchi.
Ko’rinib turibdiki, taqsimot xar xil ko’rinishlarda, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri “ishlab chiqaruvchi-iste’molchi” dan tortib, ko’pgina vositachilar orqali amalga oshirilishi mumkin. Taqsimotning har xil variantlari quyidagi miqdor tuzilishlari va sifat tarkiblari bilan tavsiflanadi: sotish va taqsimot bilan bog’liq tovar tavakkalligini o’ziga olish va tovar taqsimoti bilan shug’ullanish imkoniyati; savdo usullari va tajribasi bilimiga ega bo’lish; tovar sotish hajmi; tovarlarni topish va iste’mol qilish tumanlarining geografik joylashuvi; vositachilar xizmati samaradorligi; tovarlarning iste’molchilik xususiyatlari; taqsimot kanali samaradorligini taqqoslash.
Taqsimot tizimi elementlari soni, ya’ni ishlab chiqaruvchi va iste’molchi orasidagi vositachilar soni qancha kam bo’lsa, vaqt jihatdan tovarlar sotuvi shuncha tez amalga oshadi. Ammo shu bilan bir vaqtda, ishlab chiqaruvchining tovarlarni saqlash va tovarlarni sotishni ta’minlashdagi xarajatlari ko’payadi. SHuning uchun tovarlar taqsimotining optimal turini tanlashda har bir variantning samaradorligi hisoblab topilishi va tahlil qilinishi kerak.
4.2. Tashish usuli va tashuvchini tanlash
Har bir ishlab chiqarish yoki savdo firmasi oldida mahsulotlarini o’z kuchi bilan tashish yoki tashqi tashuvchi xizmatidan (ekspeditor) dan foydalanish masalasi turadi.
Bu masalani yechishda “ha” deyish uchun tashishga talab muqim va yetarli darajada bo’lgandagina, tashishni o’z avtomobillari orqali amalga oshirish mumkin, “yo’q” deyish uchun tashishga talab kam, ularni amalga oshirish uchun quvvatlar yetarli emas va boshqa tashish bilan bog’liq omillarni hisobga olish zarur. Bunda tanlash mezoni sifatida foydaning maksimal miqdori olinadi. Ammo vaqt va miqdor jihatdan har xil o’zgarishlar bo’lishi bu hisoblarni ancha qiyinlashtiradi.
Ishlab chiqarish va savdo firmalari faoliyatlari samaradorligiga tashuvchini tanlash katta ta’sir ko’rsatadi. Tashuvchini tanlash murakkab masala hisoblanadi.
Kuchli bozor raqobati sharoitida tashuvchilar tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar farqlanish tomoniga kuzatilmoqda, ya’ni iste’molchilarga keng miqyosdagi har qanday sifatli xizmat ko’rsatilmoqda. Erkin tanlash miqyosi kengayib, turli xildagi va bir-biridan farq qiluvchi iste’molchilar talabi to’liq qondirilmoqda. SHu bilan bir vaqtda, xizmatlar nomenklaturasi shunday darajaga yetishi mumkinki, iste’molchi chalkashishi, tanlash qiyin bo’lib, ko’p vaqt talab qilishi mumkin.
Bu masala, ayniqsa, yuklarni shaharlararo va xalqaro tashish bozorida ko’zga tashlanishi mumkin. Tashuvchi yoki terminal ombori alohida faoliyat yuritishi ishni qiyinlashtirib, bunda faqat ekspeditorlargina bu xizmatlarni birlashtirib, iste’molchi talabini qondirishi mumkin.
Ishlab chiqarish va savdo firmalarining tashuvchini (ekspeditor) tanlashi va baholashi tanlov asosida oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |