4- mavzu- Yunon-fors urushlari
Reja :
1. Miloddan avvalgi V-IV asrlarda Yunoniston.
2. Yunon-Eron urushi sabablari va boshlanishi,oqibatlari.
3. Miloddan avvalgi V-IV asrlarda Yunonistonning iqtisodiy rivojlanishi.
TAYANCH SО‘ZLAR.
Yunoniston-Eron urushlari haqida ma’lumot beruvchi yozma manbalar. Esxel, Plutarx, Diodor va boshqa tarixchilarning asarlari. О‘rta yer dengizidagi xalqaro ahvol. Yunoniston-Eron urushlarining kelib chiqish sabablari, olib borilgan janglar natijalari. Afina va Eritriya shaharlaridagi qо‘zg‘olonlar. Yunoniston-Eron urushlarining ikkinchi bosqichi. Marofon jangi. Forslarning Yunonistonga qarshi uchinchi jangi. Salamin jangi. Mil.avv. 779-749 yillarda harbiy raqobat va urushlar. Dellos ittifoqi. Yunoniston-Eron о‘rtasidagi tuzilgan Kalliy sulhi va uning natijalari.
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda Yunoniston.
Yunoniston-Eron urushlariga oid asosiy manba Gerodotning “Tarix” asari bо‘lib, bu asar er.av. 478 yil voqealari bilan uzilib qolgan. Esxil “Forslar” tragediyasida Salamin yaqinidagi dengiz janggini yorqin obrazlarda tasvirlagan. Keyin Yunoniston-Eron urushlarini sitsiliyalik Diodor tasvirlagan. Plutarx о‘sha zamon siyosiy va harbiy arboblari Felistok, Aristid va Kimonning tarjimai hollarini bayon qilar ekan, grek-fors urushlarini yoritgan. Afina va boshqa jang bо‘lgan joylarni arxeologlar qazib qimmatli materiallar topganlar.
Er.av. VI asr о‘rtalarida paydo bо‘lgan Eron davlati tezda Yaqin Sharqdagi hamma davlatlarini zabt etgan ulkan davlatga aylangan edi. Er.av. VI asr oxirlarida Eron о‘z qudratining chо‘qqisiga chiqqan. Podsho Doro I g‘oyat katta davlatni idora qilish sistemasini tashkil etgan. Qо‘shin harakat qiladigan strategik va savdo yо‘llari takomillashtirilgan, istilo qilingan mamlakatlardan Eron poytaxtiga undirilgan boj-xiroj muntazam tashilgan. Qaram mamlakatlar iqtisodiy holdan toydirilishi Eron podsholarini yangi territoriyalar istilo qilishga undagan. Er.av. VI asrdayoq forslar Egey dengizining Kichik Osiyo sohilidagi grek polislari, shaharlarini о‘ziga bо‘ysundirgan edi. Forslar Marmar va Kora dengizning Yevropa qirg‘oqlaridan dorakiyalik va skiflarning qarshiligiga uchragan. Doro I Kichik Osiyo sohilida о‘z mavqeini mustaxkamlash uchun Eramizdan avval 513 yilda Frakiya va Shimoliy Qora dengiz bо‘ylariga yurish boshlangan. Doro I qо‘shini turli xalqlardan tashkil etilgan. Hatto greklardan iborat injener-saper otryadlari xam bо‘lgan. Ular yordamida Bosfor orqali va Dunay daryosi orqali ponton kо‘priklar qurilgan. Doro I ning skiflarga qarshi yurishlari muvoffaqiyatsiz chiqqan. Lekin bu yurishlar natijasida forslar Vizantiyni va Bolqon yarim orolining sharqiy qismini egallagan. Makedoniya forslar oliy hokimiyatini tan olgan. Eron Yunonistonga juda yaqinlashib qolgan. Eron Qora dengizga boruvchi dengiz yо‘lini egallab olib, Yunonistonning Qora dengiz bо‘yi bilan aloqasini buzgan. Eron Misrdagi greklarning novkrotis koloniyasi bilan aloqasini izdan chiqargan. Greklarning g‘alla olib kelishiga putur yetkazgan. Greklarning ashaddiy raqibi finikiyaliklarni forslar rag‘batlantirganlar. Forslar aristokrat greklarni ham qо‘llaganlar .
Yunoniston polislari bir butun davlat emas edi. Aristokratiya bilan demos orasida, savdo-hunarmandlar orasida kurash davom etayotgan edi. Grek polislari shavqatsiz tashqi dushmanga qarshi kelgan edi. Grek polislarining demosi kuchlar nisbati notinchligini anglab Eronga qarshi aktiv harakat qilishdan о‘zini saqlab turdi.
Kichik Osiyoning grek shaharlari Eron soliq sistemasidan, ayniqsa kо‘p jafo kо‘rgan. Naksos foshda aristokratiya ag‘darilgan va aristokratlar Ioniyaga qochganlar. Ular Milet tirani Aristogorga murojaat qilganlar. Aristogar Eron yordamida Naksosni zabt etmoqchi bо‘ladi. Lekin amalga oshira olmaydi. Doro I g‘azabidan qо‘rqib, Miletga qaytadi va Eronga qarshi qо‘zg‘olon boshlaydi. Er.av. 500 yilda Kichik Osiyoning kо‘p grek shaharlariga Miletdan boshlangan qо‘zg‘olon yoyilgan. Qо‘zg‘olonlarni forslar kutmagani uchun g‘alabaga erishgan. aristogor yordam sо‘rab Yunoniston shaharlariga borgan. Kо‘p polislar Eron bilan tо‘qnashuvdan qо‘rqqan. Afina kо‘p jafo chekkan, u 20 ta harbiy kema yuborgan. Evbeydagi Eritriya shahri 5 kema yuborgan. Lekin kuchlar teng bо‘lmagani uchun qо‘zg‘olonlar er.av. 494 yilda batamom bostirilgan.
Yunon-Eron urushi sabablari va boshlanishi,oqibatlari.
Afina va Eritriyaning qо‘zg‘olonchilarga kо‘rsatgan ozgina yordami Doro I ga Bolqon Yunonistonsiga qarshi birinchi yurishni boshlash uchun bahona bо‘lgan. Er.av. 492 yilda quruqlikdagi kо‘p qо‘shin va harbiy flot Eron podshosining kuyovi Mardaniy qо‘mondonligida Yunonistonni istilo qilishga yuborilgan. Eron quruqlik qо‘shini Gellespotdan kechib о‘tib, Egey dengizining Frakiya sohili bо‘ylab yurgan. Dengiz floti sohili bilan suzib Fasos orolini zabt etgan. Frakiyaliklar Eronni ancha zaiflashtirgan. Eron floti dengiz bо‘ronida qolib, kо‘p qismi yakson bо‘lgan. Mardaniy Yunonistonga yetolmasdan orqaga qaytgan. Eron shohi shundan keyin Yunonistonga elchi yuborgan va Eron davlatini о‘z ustlaridan hukmronligini tan olishni talab etgan va forslarga rasman bо‘ysunganlar. Demokratik Afina va aristokratik Sparta Doro I talabalariga ochiq qarshi chiqa olgan. Afinada Eron elchilari qoyadan uloqtirilgan. Spartada Eron elchilari quduqqa tashlangan.
Er.av. 490 yilda Eron Yunonistonga qarshi ikkinchi yurish boshlagan. Eron flotiga tajribali qо‘mondon Datis qо‘mondonlik qilgan. Evbeyaga desant tushirib, Eritriyani tor-mor qilgan, sо‘ngraAttikaga yо‘l olgan. Forslarga xizmat qilayotgan Gippiy maslahati bilan Datis Afinadan 42 km beridagi Marafon qishlog‘iga о‘z qо‘shinini tushirgan. Greklarda yakdillik bо‘lmagan. Eron qо‘shinining Maravonga tushirilgani ma’lum bо‘lgach, Afina xalq yig‘ini forslarning Afinaga hujumini kutmasdan, Marafon yonida jang boshlashga qaror qilgan. Spartaliklarni yordamga chaqirgan. Greklar qо‘shini 10 ming kishiga yetgan va unga II ta strateg qо‘mondonlik qilgan. Eron qо‘shini otliq askarlar va piyoda kamonchilardan iborat bо‘lib, grek qо‘shinidan kо‘p bо‘lgan. Ilgari Eron qо‘shinida xizmat qilgan strateg Miltiad birinchi bо‘lib xujum qilish fikrini amalga oshiradi. shiddatli jangda greklar g‘olib chiqqan, hatto Afinaliklar forslarning yetti kemasini qо‘lga tushirganlar. Miltiad forslarning niyatini payqagan. Forslar himoyasi Afinaga qarab suzgan edilar. U qisqa yо‘l bilan Afinaga qо‘shinni о‘tkazgan. Afinaga (Marafoncha yugurish shundan kelib chiqqan) chopar yuborilgan. Chopar yetib borib “Quvoninglar biz yengdik!” deb shu zahoti yuragi yorilib о‘lgan. G‘oliblar Afinaga kelib port va gavanlarni himoyasiga turganlar. Eron floti xujum qilishga jur’at qila olmagan va qaytib ketgan. Sparta otryadi yordamga yetib kelgan.
Afinaliklarning Marafon yonida forslarning kuchli desanti ustidan g‘alaba qozonganligi katta ma’naviy va siyosiy ahamiyatga ega bо‘lgan. Eronga qarshi xalq harakati kuchaygan. Eron Yunonistonni istilo qilishdan voz kechmagan. G‘alayonlar uni vaqtincha tо‘xtatib turgan. Er.av. 486 yilda Doro I о‘ladi. Greklar bu nafasni rostlab olishdan foydalana olmagan. Eronning yana xujumi yaqinlashgach, Fessaliya bilan Beotiya Eron podshosini tan olgan. Peloponnes о‘z betarafligini e’lon qilgan.
Eronga qarshi kurash taktikasida Afinada bahs bо‘lgan. Qishloq jamoasi, yer egaligi quruqlikda, savdo-hunarmand ahli flotni kuchaytirish tarafdorlari edilar. Flotni kuchaytirish tarafdorlari Felistokl, quruqlikda jang qilish tarafdorlari Aristid tarafdorlaridan ustin chiqqanlar. (Er.av. 483-482 yillarda Aristid ostrakizm yordamida Attikada quvilgan) Attikaning janubidagi Lavrion kumush konlaridan qazib olingan kumushlar flot qurishga sarflangan. Er.av. 430 yilga kelganda Afina Yunonistonda eng kuchli flotga ega bо‘lganki, bu flotda 180 triyer tez suzuvchi harbiy kemalar bor edi.
Forslar Yunonistonga qarshi uchinchi yurishiga katta tayyorgarlik kо‘rishgan. Qо‘shinlar tag‘in Egey dengizining ilgari zabt etilgan shimoliy sohili bо‘ylab borishi lozim edi, flot esa qirg‘oq bо‘ylab suzib borishi kerak edi. Flotning halok bо‘lmasligi uchun. Akte burni yonidagi kema qatnaydigan torroq kanal qazildi. Gerodotning ma’lumotiga kо‘ra Yunoniston barcha kuchlari 5283220 kishi bо‘lgan. Bu albatta mubolag‘a. Eron shohi Kayxisrav о‘sha davrda 150 ming kishi tо‘play olishi mumkin edi .
Yunonistonda urushdan avval hammani vahima bosdi. Er.av. 48I yilda Afina bilan Sparta о‘rtasida ittifoq tuzilib, bu ittifoqqa kо‘pgina grek polislari kirdi.
Er.av. 480 yilda forslarning Yunonistonga uchinchi yurishi boshlandi va Kayxisravning о‘zi boshchilik qildi. Fors qо‘shini yozda Makedoniyaga yetib keldi. Makedoniya bilan Fessaliya Kayxisravga itoat qilishdi. Flot Shimoliy Yunonistonga chiqib oldi. Greklar fors qо‘shinini Fessaliya bilan Yunoniston chegarasida kutmoqchi edi. Fessaliya forslar tomoniga о‘tgach, greklar chekinib, Fessaliya bilan О‘rta Yunoniston orasidagi “Fermopil yо‘lagi” yonida mudofaa tutganlar. Greklar qо‘shiniga Sparta podshosi Leonid qо‘mondonlik qilgan. Fermopil yonida greklarning 7200 ta qо‘shini bо‘lgan. Leonid о‘z qо‘shinlari bilan ikki kun forslar xujumini qaytargan. Lekin bir xoin forslarga aylanma yо‘lni kо‘rsatib bergan. Leonid hamma grek otryadlariga chekishni buyurgan. Lekin о‘zining 300 spartalik askari va bir oz serg‘ayrat kishilari bilan forslarga qarshi qattiq jang qilib uchinchi kuni halok bо‘lgan. 27I ta Triyerdan iborat ittifoqchi grek floti Efbeya oroli yonida uzoq dengiz jangi olib borgan. Leonidning halok bо‘lgach, grek floti janubga chekingan.
Salamin bо‘g‘ozi yonida grek floti Eron flotini tor-mor qilgan va urushning borishida tub burilish yasagan. Kayxisrav Kichik Osiyoga ketib qolgan. Er.av. 479 yilda mardoniy boshchiligidagi fors qо‘shini Attikaga bostirib kirgan va qisqa muddatda Afinani ishg‘ol qilgan.
Sparta qо‘shini yetib kelgach, forslar Attikadan Beotiyaga chekingan. Forslar greklarini birlashgan qо‘shinga xujum qilgan. Forslar yengilgan, Mardoniy halok bо‘lgan. Forslarning qolgan qismi Fessaliya orqali Frakiyaga chekingan. Greklar qо‘liga g‘oyat katta о‘lja tushgan. Urush Yunoniston doirasidan chiqqan Qora dengiz bо‘g‘ozi va dengiz doirasiga chiqqan. Samos, Xios, Lesbos orollari grek ittifoqiga qо‘shilgan. Samos oroli bilan Kichik Osiyodagi Mikole buruni о‘rtasida Eron flotining qoldig‘i yakson qilingan.
Er.av. 478 yilda urush harakati Vizantiy rayoniga kо‘chgandan keyin Sparta urushdan chiqqan. Afina greklar qо‘shiniga bosh bо‘lib qolgan.
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda Yunonistonning iqtisodiy rivojlanishi.
Er.av. 478 yilda forslar ustidan uzil-kesil g‘alaba qozonish uchun Afina forslarga qarshi kurashda ishtirok etgan polislar, Egey dengizi orollari, Kichik Osiyodagi grek shaharlarini harbiy ittifoqqa birlashtirgan. Shu tariqa Afina rahbarligida I-Afina dengiz ittifoqi vujudga kelgan va bu ittifoq Eron bilan urushni oxiriga yetkazgan. Bu ittifoqning xazinasi Demos orolida turgan.
Forslar bilan urush orada uzilishlar bilan to er.av. 449 yilga qadar davom etgan, greklar Eronning zaiflashganidan foydalanib О‘rta dengizning sohil bо‘yi rayonlariga Nil deltasiga askar tushirganlar, Eron floti tor-mor keltirilib, Kiprga desant tushirilgan.
Er.av. 449 yilda sulh tuzilgan. Bu sulh afinaliklar vakili Kalmiy nomi bilan Kalliy sulhi deb ataladi. Abadiy tinchlik о‘rnashilgan. Forslar Kichik Osiyodagi grek shaharlarini va Egey dengizidagi hamma orollarni mustaqil deb taniganlar. Eron harbiy dengiz flotining Egey dengizida suzishi taqiqlangan. Afina I-Afina dengiz ittifoqidan foydalanib, grek dunyosidagi eng qudratli davlat bо‘lib qolgan .
Yunoniston-Eron urushlari о‘z vatanining ozodligi va mustaqilligini Eron istebdodidan saqlab qolgan greklarning g‘alabasi bilan tamomlangan. Oralarida birlik bо‘lmasada, greklar qat’iy paytlarda birlashishni va bosqinchilarga qaqshatqich zarba berishni bilardilar. Urushning ikkinchi davrida Eronning kuchlari holdan ketganligiga ishonch hosil qilgach, grek askarlari imkoniyatlari boricha Eron sohillarini talaganlar va asirlarni qullarga aylantirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |