3-modul. Tabiiy tusdagi favquloda vaziyatlar
3-mavzu. Zilzila va undan ogohlantirish, muhofazalanish tadbirlari
Reja.
A)Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining seysmik hududda joylashganligi.
B)O’zbekistonda seysmik jarayonlar.
C)Yer silkinishi davrida o’quvchilarni to’g’ri harakat qilishga o’rgatish.
Tayanch suzlar.
Zilzila, Tabiiy tusdagi F V, seysmik, yong'in, suv toshqini, portlash, kimyoviy
zararlanish, qor ko'chkisi, yer surilishlari, tog' o'pirilishlari, avariya.
Tabiiy ofatlar orasida eng ko'p talofat olib keladigan hodisa zilzila
hisoblanadi. Chunki u o'zi bilan boshqa turdagi halokatlar va avariyalarni keltirib
chiqarishi mumkin.
Zilzilalar qadimdan inson hayotiga xavf solib keluvchi tabiat hodisasi
hisoblangan. Bu hodisadan juda ko'plab shahar va qishloqlar vayronaga aylangan,
insonlar nobud bo'lgan. Kuchli zilzilalarning doimiy takrorlanib turishi natijasida
mumkin bo'lgan talofatlarni kamaytirish maqsadida turli xil choralar va tadbirlar
amalga oshirib kelingan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha dunyoda uchta seysmik kamarlar mavjud bo'lib,
zilzilalarning asosiy qismi shu hududlarda yuz beradi. Bular Tinch okeani,
Atlantika okeani osti tog'laridagi, O'rtayer dengizi-Osiyo seysmik kamarlari
hisoblanadi.
Markaziy Osiyo, shuningdek, O'zbekiston O'rtayer dengizi - Osiyo seysmik
kamarida joylashgan bo'lib, bu kamarda dunyo bo'ylab yuz berayotgan
zilzilalarning 15% to'g'ri keladi.
O'rtayer dengizi — Osiyo seysmik kamari G'arbda Atlantika qirg'oqlaridan
boshlanib, O'rtayer dengizi, Kavkaz, Markaziy Osiyo mintaqalari orqali Janubi-
sharqiy yo'nalishida davom etib Tinch okeani bilan tutashadi.
Markaziy Osiyoda yuz berayotgan zilzilalar qobiq zilzilalar hisoblanib, ular
70 km gacha bo'lgan chuqurliklarda yuz beradi. Bu zilzilalar asosan gorizantal
ko'rinishga ega. Mintaqada yuz berayotgan zilzilalarning kelib chiqishiga asosiy
sabab Janubdan Shimolga qarab harakat qilayotgan Hind plitasi bilan Yevroosiyo
plitalarining to'qnashuvidir.
Tarixga e'tibor berib qaralsa O'rtayer dengizi — Osiyo seysmik kamari
yo'nalishida joylashgan davlatlar va xalqlar kuchli zilzilalar asoratidan aziyat
chekib kelganlar. Plitalarning surilishi natijasida yosh tog'larning paydo bo'lishi
zilzilalarning xavfli tus olishiga sabab ham bo'lmoqda. O'tgan 100 yil davomida
mintaqa mamlakatlarida yuz bergan 1887-yilning 28-maydagi Verniy (Olma-ota),
1897-yil 5-sentabrdagi O'ratepa, 1907-yil Hisor tizma tog'ida yuz bergan Qoratog',
1911-yildagi Sarez, 1911-yil 4-yanvardagi Kebin, 1929-yil 1-maydagi Ashxabod,
1946-yildagi Chotqol va boshqa kuchli zilzilalar og'ir oqibatlarga olib kelganligi
ma'lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |