aqlning ustunligini ta'minlay olisli. His-hayajonga berilmaslik. Voqelik paytida
o'ziga-o'zi dalda berish, atrofdagilarga baland ovozda ko'rsatmalar berish. Yordam
ko'rsatish.
Zilzila paytida shoshilmasdan tez harakat qilish juda ko'plab zararlar kelib
chiqishining oldini oladi. Bunday paytda kishi qo'rquvni yenga olsa, sovuqqonlik
bilan tezkor harakat qilsa u o'zini va o'zgalarni xavfdan saqlab qolishi mumkin.
Zilzilaga oldindan tayyorgartik ko'rish, umuman olganda
siz qiladigan
mashq quyidagi harakatlardan iborat bo'ladi. Siz uni ishxonada, uyda, ta'lim
muassasasida bajarib turing. O'tiring, qo'llaringiz bilan boshingiz
hamda
bo'yningizni berkiting va suyaning.
Xavfsiz joyni topib, o'tiring, yoting.
Boshingiz va bo'yningizni berkiting.
Chuqur nafas oling va tinchlaning.
Zilzila tugaguncha o'z joyingizda qoling.
O'zgalarni tinchlanishga chaqiring.
Ortiqcha harakat qilmang.
Bino ichda bo'lganingizda zilzila yuz berdi. Yuqorida
aytilgandek harakat
qiling, xavfsiz joylarni egallang. Zilzila o'tib ketmaguncha o'z joyingizdan
qimirlamang. Zilzila tugadi, Takror zilzila bo'ladi. Shu paytda bino ichida
bo'lsangiz sovuqqonlik bilan tez harakat qiling. Gaz, suv jumraklarini yoping.
Elektr qo'shgichlarini o'chiring. Oldindan tayyorlangan oziq-ovqat, suv zaxiralari
hamda zarur hujjatlarni olib tashqariga chiqing.
Agar siz ko'p qavatli bino ichida bo'lsangiz tashqariga
chiqishga
shoshilrnang. Chunki -zilzila siz chiqishingiz mumkiri bo'lgan zina va liftlarni
shikastlagan, bu esa sizga zarar yetkazishi mumkin. Liftdan foydalanmang. Zina va
liftlar soz holatda deyilmaguncha o'z o'rningizda qoling. Tashqaridan yordam
kuting. O'zingiz haqingizda tashqaridagilarga xabar berishga urining. Tashqaridan
albatta yordam bo'ladi.
Agar siz biron bir ko'chki ostida qolgan bo'lsangiz unda atrofni ehtiyotlik
bilan kuzating. O'zingizcha harakat qilmang. Chunki, siz ustingizdagi ko'chkini va
uni qanday holatda ekanini bilmaysiz. Bu harakatingiz sizning zararingizga
ishlashi mumkin. Vahimaga, qo'rquvga berilmang. Ularni yengishga harakat qiling.
Ko'chki sizga qanday jarohat yetkazganini bilishga intiling. Bu paytda
sizning eng
yaqin qutqaravchingiz, bu sizning o'zingiz. Vaziyatni to'g'ri baholang. Qo'rquv
hissini enging, sovuqqon bo'lishga intiling. His-hayojonga berilmang. Iroda kuchi
har narsaga qodir ekanligiga o'zingizga—o'zingiz dastlabki yordam ko'rsatishga
harakat qiling. Agar sizning harakat qilishingiz imkoniyati bo'lmasa, yaxshisi
ortiqcha kuch ishlatmay uni tejang. Tashqaridan yordam chaqiring. Bunga sizni
ovozingiz yetmasa, biron bir narsani taqillatish orqali o'zingiz haqingizda xabar
bering. Ustingizdagi ko'chkilarni olib tashlashga urinmang. Tashqaridan yordam
kuting, u albatta keladi. Qo'l ostingizda bo'lgan suv va oziq-ovqat zahirlarini
tijamkorlik bilan ishlating.
Siz bir qavatli uylardan tashqariga chiqa oldingiz. Yoki siz tashqarida
ekanligingizda zilzila yuz berdi. Tashqarida xavfsiz,ochiq joyga chiqing. Binolar,
elektr simlari va daraxtlardan uzoqlashing. Chunki, aynan bino devorlaridagi turli
xil bezak va predmetlar, oynalar sinig'i, elektr simlarining uzilishi, simyog’och va
daraxtlarning qulashi kishiga shikasit yetkazishi va og’ir
oqibatlarga olib kelishi
murnkin. Shu sabab o'zingiz uchun joy toping. U yerdan atrofni kuzating,
o'zgalarga yordam bering. Ko'pincha zilzilalar binolarga shkast yetkazmasligi,
ammo xonadon ichidagi buyumlar va mol- mulkka
katta zarar yetishi, mebel, idish-
tovoqlar, oynalar, kitob javonlarining ag'darilishi sizga, ayniqsa yosh bolalarga
katta xavf solishi mumkin. Lekin siz uyingiz ichidagi narsalar:
Do'stlaringiz bilan baham: