3-ma’ruza minerallar – tog‘ jinslarining tarkibiy qasmi reja



Download 22,24 Kb.
Sana09.12.2022
Hajmi22,24 Kb.
#882379

3-MA’RUZA


MINERALLAR – TOG‘ JINSLARINING TARKIBIY QASMI


REJA
3.1. Minerallar haqida tushuncha
3.2. Minerallarni sinflarga ajratish
3.3. Minerallarningfizikxususiyatlari


Tayanch so‘z va iboralar
. Minerallar, ekzogen, metamorfik, asosiylari, ikkinchi darajali minerallar, noyob minerallar, tog` jinslarini, fizik xususiyatlari, qattiqligi, rangi, yaltiroqligi, shaffoflik, ulanish sirtining mavjudligi, siniq parchasi , solishtirma og`irligi


3.1. Minerallar haqida tushuncha

Mineral atamasi qadimgi "mineral" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, ma'dan toshini, ma'danning bir qismini anglatadi.


Bir xil fizik xususiyatlarga va kimyoviy tarkibga ega bo'lgan va ma'lum fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo'lgan moddaga mineral deyiladi.Minerallarning shakllanishi asosan mineral hosil qiluvchi zarrachalarni suyuqliklardan ajratish bilan boshlanadi. Albatta, suyuqlikdagi minerallar kontsentratsiyasining ko'payishi, kimyoviy muhit, harorat va bosim kabi asosiy omillar ushbu jarayonlarning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.Mineral tabiiy kimyoviy jins yoki tug`ma element bo`lib, yer qobig`i yoki uning sirtida fizikaviy yoki kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo`ladi.
Minerallarning umumiy soni 3000 ga yaqindir. Ulardan tabiiy jinslar tashkil qiluvchilari 50 ga yaqin bo`lib, asosiy tabiiy jinslarni tashkil etuvchilari 15 taga yaqin.


3.2. Minerallarni sinflarga ajratish

Agregat holat bo`yicha:


a) qattiq jismlar (dala shpatlari, kvars va boshqalar);
b) suyuq minerallar (suv, neft, simob va boshqalar);
c) gazsimon (etan, butan, propan).

Minerallarni kimyoviy tarkibi bo’yicha sinflarga ajratish jadvali



Sinfi

Nomi

Kimyoviy ifodasi

Kelib chiqishi

1

Tug`ma

Oltin, platina, oltingugurt

Au, Pt, S

turlicha

2

Goloidlar

agalit, silvin

NaCl, KCl

qorishmalardan

3

Sulfidlar

pirit

FeS2

turlicha

4



Gidrokisel, okisel

kvars

SiO2

kristallizatsiya




Kislorodli kislotalar tuzlari:

5

a) karbonatlar

kalsit, dolomit

CaCO3, CaMg(CO3)2

qorishmalardan

6

b) sulfatlar

gips, angidrit

CaSO42H2O, CaSO4

qorishmalardan

7

v) silikatlar va amino-kislotalar

1) dala shpatlari:




8

a) ortoklaz

K2OAl2O36SiO2




9

b) plagio-klazlar

K2OAl2O36SiO2Q+ +CaOAl2O32SiO2

Magmaning sovishi natijasida
Magmaning sovishi natijasida

10




albit

100…90% 0…10%

11




oligoklaz

90…70% 10…30%

12




andezit

70…50% 30…50%

13




labrador

50...30% 50…70%

14




bitovnit

30…10% 70…90%

15




anortit

10… 0% 90…100%

16




2)rogovaya obmanka slyuda

murakkab



17




3)loyli minerallar (montmorillonit, kaolinit, gidroslyuda)

Paydo bo`lish sharoiti bo`yicha:


1. Endogen – suv ostida normativ o`zgarishlar natijasida kristallarga aylanadi.
2. Ekzogen – suv ostida kristallashish va yer sirtida kimyoviy nurash jarayoni bilan bog`liq bo`lgan minerallar.
3. Metamorfik – oldin hosil bo’lgan minerallarning yuqori harorat ta’sirida va yuqori bosim ta'sirida o`zgarishi natijasida hosil bo`lgan minerallar.
Tog` jinslarini tashkil etishda qatnashish darajasi bo`yicha:
1. Asosiylari – u yoki bu jinsning hosil bo`lishida har doim qatnashadi. Dala shpatlari yer qobig`ining 58% ini tashkil etadi, kvars - 13 % ini va h.k.
2. Ikkinchi darajali minerallar. Tabiiy jinslarning kam qismini tashkil etadi. Lekin tog` jinslarining xususiyatlariga o`z ta'sirini o`tkazadi.
3. Noyob minerallar - tog` jinslarini hosil bo`lishida ishtirok etmaydi.
Kimyoviy tarkibi bo`yicha: tug`ma, goloid, sulfid, okisel, gidroksel, kislorodli kislotalar tuzlari.


3.3. Minerallarning fizik xususiyatlari

Asosiy tabiiy jinslarni tashkil etuvchi minerallarniularning fizik xususiyatlariga qarab aniqlash mumkin. Minerallarning fizik xususiyatlari:


1. Qattiqligi – minerallarning tashqi mexanik ta'sirlarga bo`lgan qarshilik ko`rsata olish qobiliyati.
Minerallarning qattiqligi Moos shkalasi bo`yicha aniqlanadi. Bu shkala bo`yicha har bir mineral o`z qattiqligiga ega.
Moos shkalasi:



1 – talk

2 – gips

3–kalsit

4–flyuorit

5 – apatit

6 – dalashpati

7 – kvars

8 – topaz

9 – korund

10 – olmos

2. Rangi:


- och rangli – kvars, gips, albit, ortoklaz, kalsit;
- to`q rangli – labrador, rogovaya obmanka.
3. Yaltiroqligi – mineralning yorug`lik nurini qaytarish qobiliyati. Barcha minerallar yaltiroqligi bo`yicha 2 guruhga bo`linadi:
- metallik yaltiroqlik – pirit, magnetit, grafit, rogovaya obmanka;
- nometallik yaltiroqlik:
a) shishasimon – dala shpatlari, kalsit;
b) shoisimon – asbest, tolali gips;
c) perlamutrli – slyuda, talk, plastinkali gips;
d) yog`li – kvars, oltingugurt;
e) xira – kaolin, magnezit.
4. Shaffoflik – minerallarning o`z tanasidan yorug`lik nurlarini o`tkaza olish qobiliyati (o`ta o`tkazuvchan, o`rtacha, kuchsiz, o`tkazuvchanlik mavjud emas);
5. Ulanish sirtining mavjudligi – mineralning xaqiqiy yoki mumkin bo`lgan qirralariga parallel tekisliklar hosil qilib parchalanish qobiliyati:
- o`ta mukammal – qo`l kuchi bilan yengil varoqlarga ajraladi (slyuda);
- mukammal – zarba natijasida tekis sirt hosil qilib parchalanadi (kalsit);
- nomukammal – zarba natijasida notekis sirtlar bilan chegaralangan tasodifiy shakldagi parchalarga bo`linadi (labrador, rogovaya obmanka);
- mavjud emas – kvars.
6. Siniq parchasi – bo`linishda mineral sirtining shakli quyidagicha bo`ladi: tekis, notekis, zirapchali, chig`anoqli.
7. Solishtirma og`irligi:
- yengillari – < 2,5 g/sm3;
- o`rtacha – = 2,5…4,0 g/sm3;
- og`irlari – > 4,0 g/sm3.
8. O`ziga xos xususiyatlari: ta'mi (achchiqtosh), hidi (sera), tuzli kislota bilan munosabati (kalsit, dolomit).

Nazorat savollari:



  1. Mineral nima?

  2. Minerallar qanday alomatlari bo`yicha sinflarga ajratiladi?

  3. Minerallarning asosiy fizik xususiyatlari.

  4. Moos shkalasidan nima maqsadda foydalaniladi?


Download 22,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish